ILMIY AXBOROTNOMA
PEDAGOGIKA
2017-yil, 4-son
128
faoliyatlari uchun eng zarurlarini tanlab olish, ularga didaktik qayta ishlov berish hamda ulardan
kundalik pedagogik faoliyatda samarali foydalanish maqsadida professor-oʻqituvchilar ishchi
rejalarida aks ettirish boʻyicha ishlar amalga oshirildi.
Bu yerda biz ulardan ayrimlarini qarash bilan chegaralanamiz. Movarounnahr allomalari va
mutafakkirlarining psixologiya fani rivojiga qoʻshgan merosidan Oliy ta’lim muassasasi oʻquv-tarbiya
jarayoniga joriy etish uchun material tanlab olishda asosiy e’tiborni talabalarda kuchli ehtiros va
hissiyotni uygʻotadiganlariga qaratish joizdir. Bundan kutilgan maqsad boʻlajak oʻqituvchilarning
ichki imkoniyatlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga yoʻnaltirish, u yoki bu bilimlarni egallashga faol
undash va turgʻun qiziqishlarini uygʻotishdan iborat. Shu boisdan ham boy milliy psixologiya fani
xazinasidan psixologiya fani dasturi mavzu va savollariga mos material tanlab olishda, uning
yangiligiga e’tibor berish, Beruniy, Ibn Sino, Az-Zamaxshariy kabi qomusiy olimlarning fanga
boʻlgan kuchli e’tiqodlari, irodaviy zoʻr berishlari, barcha toʻsiqlar, aziyatlarni mardonavor engib
fanda misli koʻrilmagan natijalarga erishganliklari bilan bogʻliq tarixiy materiallardan misollar
keltirishda foydalanish, buyuk kashfiyotlar, allomalarning ilmiy va hayotiy faoliyatlaridan qiziqarli
misollar keltirish, psixologik bilimlarni kundalik hayotimizda amalga oshirish kabi motivlarga e’tibor
berish maqsadga muvofiqdir.
Mazkur fanning namunaviy dasturiga muvofiq, “Psixologiya fanining tarmoqlari” (I bob)
mavzusida “Etnopsixologiya tarmogʻi” Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar”, “Hindiston”, “Ijtimoiy psixologiya tarmogʻi” Abu Nasr Forobiyning “Fozil shahar
aholisining fikrlari”, Tibbiy va zoopsixologiya tarmoqlari” Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari”,
“Ash shifo”, “Donishnoma” asarlarida ilk bor ishlab chiqilganini, “Sport psixologiyasi” tarmogʻi
(fani)ni vujudga kelishida Abu Ali ibn Sinoning kishilar hayotida jismoniy madaniyatning
ahamiyatiga, jismoniy mashqlar bolaning yoshiga, kuchiga, hayotiy tajribasiga mos ravishda olib
borish zarurligiga, ularning kishi organizmini mustahkamlashga ham, ruhiyatini tetiklashtirishga ham
aqliy qobiliyatlarini oʻsishiga ham ijobiy ta’sir koʻrsatishiga ham topgan ilmiy va amaliy javoblari
“Tib qonunlari” asarining 1-kitobida aks ettirganini muhim oʻrin tutishini, gʻarblik olimlarning yangi
davrda psixologiyaga doir qilgan kashfiyotlarining anchagina qismini ulardan ming yil avval buyuk
ajdodlarimiz (Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy va b.q.) tomonidan
kashf qilinganligini talabalarga koʻrsatish, ularda ulugʻ allomalar va mutafakkirlarimizga ruhiga mehr-
sadoat uygʻotadi.
Mazkur fan namunaviy dasturiga muvofiq “Psixologiya fanining metodlari va uning vazifalari”
mavzusida “Psixologiya metodlari” sifatida faqat “Kuzatish, eksperiment”ni oʻrganish koʻzda tutilgan,
xolos. Ya’ni Sharqda insonshunoslik, insonni bilish metodikasi boʻyicha ming-ming yillik tajriba
mavjudligi inobatga olinmagan.
Insonni bilishning oddiy sharqona usuli pedagogik tashxis hisoblanadi. Bu borada genetik,
biastrologik va biografik metodlar eng ommalashgan usullardir. Genetik metod-butun jahon olimlari
tomonidan tan olingan hamda pedagogik-psixologik amaliyotda oʻzini oqlagan metod boʻlib, uni sobiq
sovet pedagogika-psixologiya fanlari, ta’lim-tarbiya tizimi inkor qilib keldi, unga amal qilmadi, ya’ni
barcha ta’lim-tarbiya oluvchilarga bir xil andozali ta’lim-tarbiya joriy qilindi. Bu esa muqarrar
ravishda sovet ta’lim-tarbiya tizimini inqiroziga sabab boʻldi.
Sobiq sovet tizimi davrida taqvo sifatida rad etilgan shaxsni oʻrganishga sharqona biastrologik
metod eng samarali kalitdir. Zero, bola ota-onaning farzandi boʻlishi bilan birga tabiatning ham,
ijtimoiy borliqning ham mevasidir.
Ma’lumki, har bir inson makon va zamonda shakllanadi. Ayniqsa, u murgʻakligida ota-onadan
olganidek,tabiat, ma’naviy-ruhiy muhit, jamiyat ta’sirida kamol topadi. Xalqimizda “Qon bilan
kirgan” barcha xususiyatlar barqaror ekanligi haqida hikmat bor. Sharqona metod bola tugʻilgan yil
fasli, qaysi burjning ta’sirida boʻlishini hisobga oladi. Bir burj ostida tugʻilgan bolalar bir ota-onaning
bolalariga nisbatan ham yaxshiroq xususiyatga ega boʻladilar. Bir sinf, bir xil mijozdagi bolalarni
oʻqitishda bu tabiiy yaqinlik, ta’lim-tarbiya natijalarida oʻz aksini topadi.
Bolaga tashxis qoʻyishda ommalashgan biografik metodning imkoniyatlarini yoddan
chiqarmaslik kerak. Chunki, Sharq xalqlarida “Qush uyasida koʻrganini qiladi” degan naql bolaga
baho berishda asosiy qoidaga aylangan.
Yuqorida bayon qilinganlardan koʻrinadiki, bolaning qobiliyati, layoqati, tarbiyalanganlik
darajasini aniqlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot metodlari kabi milliy qadriyatlarimizni tiklanishi,
Do'stlaringiz bilan baham: |