ILMIY AXBOROTNOMA
PEDAGOGIKA
2017-yil, 4-son
129
shubhasiz uzluksiz ta’lim tizimining barcha boʻgʻinlari amaliyotida munosib oʻrin egallashi barobarida
talabalarga kelgusi pedagogik faoliyatlarida milliy dastur talablariga muvofiq oʻquvchilarning
tugʻilgan yili, fasli, burjlarini oʻrganish orqali ular orasidan iqtidorli yoshlarni aniqlash, ular
iste’dodini rivojlantirish boʻyicha maqsadli ishlarni olib borishga imkon yaratidi.
Mazkur fanning “Emotsiya va iroda psixologiyasi” deb nomlangan 3-bobining “Emotsiya
jarayonlarining xarakteristikasi” mavzusini oʻrganish jarayonida kafedra professor-oʻqituvchisi Abu
Ali ibn Sinoninig bolalarni musiqaga qiziqishlari, musiqaning insonni estetik, axloqiy-etik va jismoniy
takomillashtirsh boʻyicha keng imkoniyatlari, uning ijobiy emotsional hissini uygʻotish va ma’naviy-
ruhiy poklash qobiliyatini yoritib berishi barobarida ulugʻ alloma musiqa “Musiqa psixoterapevtik
vosita hisoblanadi va u inson psixologiyasiga ta’sir qiladi”, degan gʻoyasini keyinchalik Evropada
XVI asrdan boshlab amaliyotda oʻz tasdigʻini topa boshlaganligini;
“Donishnoma”, “Musiqa ilmi haqida risola” asarlarida esa ulugʻ alloma musiqaning tarbiyaviy
jihatlariga toʻxtalib, uni oʻziga jalb qiluvchi kuchli psixologik ta’sir vositasi sifatidagi imkoniyatlarini
ochib berganini; “Tib qonunlari” asarida musiqaning ta’sir kuchidan foydalangan holda bolalarning
kichik yoshidan boshlab musiqa vositasida ularda musiqiy hissiyotlarni tarkib toptirish, ularning ichki
kechinmalariga ta’sir eta olish qudratini tarbiya masalalarida foydalanishning mazmuni, shakli va
vositalari bilan boʻlajak oʻqituvchilarni tanishtirib borish, ularning kelgusi pedagogik faoliyatlarida,
dars va sinfdan tashqari mashgʻulotlarda oʻquvchilarni musiqaga boʻlgan qiziqishlarini oʻstirishda,
musiqaga layoqatli bolalarni namoyon qilishda, ularni musiqa maktablariga yoʻllashda asqotadi.
“Irodaviy harakatlar va irodani boshqarish. ... Odamda iroda sifatlarining taraqqiyoti... Irodani
tarbiyalash va kishining oʻz irodasini tarbiyalashi” savollarini oʻrganish jarayonida talabalarni Abu Ali
ibn Sino oʻz ona shahri Buxorodan ham Urganchdan oʻzaro ichki urushlar tufayli quvgʻin qilinganda
ham hech qachon tushkunlikka tushmaganini, barcha qiyinchiliklarga sabr-toqat bilan bardosh berib,
oʻzi tanlagan ijod yoʻlidagi toʻsiqlarni yengib oʻtganini, oʻzidagi irodaviy kuchlarni safarbar qilib, oʻz
zamonasining deyarli barcha fan sohalari boʻyicha insoniyat uchun zarur boʻlgan ilmiy-nazariy va
amaliy ishlarni bir zumga ham toʻxtatmaganini, buyuk qomusiy olim irodaviy xatti-harakatlarning eng
namunaviy koʻrinishlarini namoyon qilib, oldiga qoʻygan maqsadga erishish uchun tinimsiz
intilganini, vujudga kelgan barcha tashqi qiyinchiliklarni mardonavor yengib, oʻz hayotidagi eng
muhim narsa-ilmiy tadqiqot bilan mashgʻul boʻlganini, irodaviy zoʻr berish va irodaviy faoliyati orqali
fanning qator sohalari boʻyicha misli koʻrilmagan darajada yutuqlarni qoʻlga kiritganini; alloma
oʻzidagi eng yaxshi ruhiy kuchlarning hammasini safarbar qilib, oʻz zamonasining tibbiyot, falsafa,
mantiq, she’riyat, musiqa nazariyasi, psixologiya, pedagogika, tabiiy-matematika kabi fanlar
taraqqiyotiga bemisl hissa qoʻshib jahon ahlini hayratga solayotganini talabalarga ma’ruza, seminar
mashgʻulotlarida hamda mustaqil ta’lim jarayonida muntazam ravishda tushuntirib borish shubhasiz
ularda oʻzbek xalqiga mansubligidan gʻurur-iftixorni hamda irodaviy sifatlarning shakllanishiga ijobiy
ta’sir koʻrsatadi.
Shuningdek, Abu Ali Ibn Sinoning inson oʻzidagi tasodifiy ta’sir tufayli paydo boʻlgan salbiy
sifatlardan qutilish uchun oʻz irodasini safarbar etmogʻini; agar bu sifatlar uning odatiga aylanib
qolgan boʻlsa, u kishi tabiatiga moslashib yomonlikka oʻrganib qolishini; har bir inson oʻzidagi yaxshi
sifatlarining, ya’ni barcha ruhiy kuchlarga aloqador adolat, ezgulik va ularning juziy tomonlari
boʻlmish sabr-toqat, ziyraklik, tirishqoqolik, qat’iyyatlilik va b.q. etishmasligini sezishi, oʻz irodasiga
tayanib ezgu sifatlarni oshirish hisobiga oʻzidagi etishmovchiliklarni kamaytirishi lozim degan
oʻgitlarini aniq misollarda talabalarga izohlab berish ularning kelgusi pedagogik faoliyatlarida kasbiy
mahorat, kompetensiyalarini oshirishlari uchun matonat bilan ishlashlariga turtki boʻladi.
Tarixda “Jorulloh”, “Arablar va ajamlar ustozi” kabi sharafli nomlarga sazovor boʻlgan
Mahmud az-Zamaxshariy bobomiz jismoniy nogironligiga qaramay Xorazm diyoridan olis
Arabistonga borib, koʻplab ilmiy safarlar qilib, oʻzining “Muqaddimat ul-adab” asarida arab tili
gramatikasini mukammal tarzda ishlab chiqdi, ilm-fanning koʻplab boshqa sohalarida ham shuhrat
qozongan, oʻzining teran bilimi va ilmiy salohiyati bilan butun islom olamini lol qoldirganini
talabalarga koʻrsatish orqali ularning oʻquv-biluv faoliyatlariga jonu dili bilan berilib, zoʻr qiziqish va
gʻayrat bilan ishlashlariga erishish mumkin.
Muhammad paygʻambar oʻz hadislarida kishi oʻz irodasiga ega boʻlishini va gʻazab kelganda
uni boshqara bilishni qahramonlik belgisi deb aytganlarini hamda “Kurashda yiqitgan qahramon emas,
balki “gʻazab” kelganda uni bosa oladigan kishi eng kuchli odamdir” deb yozilgan 300-nchi hadisni
Do'stlaringiz bilan baham: |