Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

 
UDK: 407
PEDAGOGLARDA XORIJIY TILLAR BOʻYICHA KASBIY KOMPETENTLIKNI 
RIVOJLANTIRISH AXBOROT-METODIK TA’MINOTINING DIDAKTIK TAMOYILLARI 
X.A.Mamatqulov
O
ʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Annotatsiya. 
Maqolada pedagoglarning xorijiy tillar boʻyicha kasbiy kompetentligini 
oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati yoritilgan. 
Kalit soʻzlar: 
innovatsiya, internet-resurs, integratsiya, kompetensiya, kompetentlik, kasbiy 
kompetentlik, kommunikatsiya, masofaviy ta’lim, motivatsiya. 
Дидактические факторы развития профессиональной компетентности педагогов по 
иностранным языкам 
Аннотация. 
В статье рассматриваются роль и значение информационно-
коммуникационных технологий в повышения уровня профессиональной компетентности 
учителей по иностранных языков. 
 
Ключевые слова: 
инновация, интернет-ресурс, интеграция, компетенция, 
компетентность, профессиональная компетентность, коммуникация, дистанционное обучение, 
мотивация. 
 


ILMIY AXBOROTNOMA 
PEDAGOGIKA
 
2017-yil, 4-son 
132 
Didactic principles of information-methodological resources on the development of pedagogues’ 
career competency in the field of foreing languages
Abstract. 
In this article the role and importance of ICT for improving professional competence 
of teachers from foreign languages is discussed.
 
Keywords: 
innovation, online resource, integration, competence, professional competence, 
creativity, linguistics, distance learning, motivation, pragmatics, sociolinguistics. 
Ta’limda islohotlarning amalga oshirilishi unda yuz berayotgan tezkor jarayonlarning sodir 
boʻlishi pedagog kadrlardan oʻz ishlariga mas’uliyatli munosabatda boʻlish vazifalarini yuklamoqda. 
Shu bois, ta’lim tizimida pedagoglar faoliyatini zamon talablari darajasida yuritilishini 
ta’minlashga qaratilgan tadbirlar salmogʻi uzluksiz ortib bormoqda. Ma’lumotlar koʻlamining ortib, 
pedagoglar ish yuklamalarining koʻpayib borish holatlari ularning oʻz ustida samarali ishlashi uchun 
imkoniyatlarni chegaralaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi pedagoglar ish 
samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, ma’lumotlarning haddan ziyod koʻpligi va mazkur 
ma’lumotlar orasidan oʻz faoliyatlarida zarurlarini tanlab olish ma’suliyatini ham keltirib 
chiqarmoqda. Ushbu muammolar echimini topish maqsadida pedagoglarning zaruriy ma’lumotlarini 
osonlik va qulay sharoitda oʻzlashtirish uchun ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari imkoniyatlaridan kengroq va samarali foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi. 
Tadqiqotimiz doirasida axborot-metodik ta’minotni shakllantirish va amaliyotga tadbiq 
etishning toʻrt bosqichini taklif etiladi. Ulardan birinchisida ta’lim dasturlari, ma’ruza matnlari, 
nazorat uchun moʻljallangan savollar, modulning mazmunini qamrab oluvchi nazorat topshiriqlari va 
nazorat savollari, individual topshiriqlarga oid uslubiy tavsiyanomalarning elektron shakllari ishlab 
chiqiladi. Ikkinchi bosqichda ishlab chiqilgan oʻquv-uslubiy materiallarni joylashtirish uchun dasturiy 
platforma yaratiladi. Uchinchi bosqichda modullarga doir axborot-metodik ta’minot yaratilib, uni 
oʻqitishning masofali va zamonaviy texnologiyalari boʻyicha amalga oshirish orqali oʻzlashtirish 
imkoniyatlari ta’minlanadi. Toʻrtinchi bosqichda tinglovchining bilish faoliyatiga mos boshqarish 
elementlari kiritiladi hamda ta’lim jarayoni yakuni boʻyicha tinglovchi bilim, koʻnikma va 
malakalarining mavjud talablarga mosligini aniqlovchi dasturiy ta’minot orqali nazorat va monitoring 
tizimi ishlab chiqiladi.
Ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari vositalarini ta’limga joriy etish, masofaviy ta’limning axborot-ta’lim resurslarini 
shakllantirish borasida pedagogik dasturiy va kommunikatsiya vositalaridan iborat axborot-metodik 
ta’minot ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Axborot-metodik ta’minotning asosini xorijiy tillar 
ta’lim yoʻnalishi boʻyicha axborot-ta’lim resurslari tashkil etadi. Mazkur axborot-metodik ta’minotdan 
mutaxassisligi chet tillri boʻlmagan pedagog kadrlar Internet tizimi orqali mustaqil xorijiy tillar 
boʻyicha oʻz bilim, malaka va koʻnikmalarini oshirishda foydalanishlari mumkin.
Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib pedagoglarning mustaqil 
ishlarini tashkil etish istiqbolli yoʻnalishlardan biri sanaladi. Ma’lumki, oʻquv materiallarining turli 
shakllari, jumladan, oʻrganiladigan jarayon va xodisalarni virtual shaklda aks ettiradigan elektron 
oʻquv-uslubiy resurslar, yangi mavzularni oʻzlashtirish jarayonida vujudga keladigan savollarga 
ixtiyoriy vaqtda javob olish imkoniyatini beradigan integrallashgan elektron lugʻat-ma’lumotnomalar 
pedagoglar tomonidan oʻquv fanlarini mustaqil oʻrganishga zarur boʻladigan resurslardan hisoblanadi.
Ta’limda integrallashgan elektron lugʻat-ma’lumotnomalar ikki muhim shartni 
qanoatlantirmogʻi lozim. Birinchidan, u barcha pedagoglarga istalgan vaqtda mavzular boʻyicha 
lugʻaviy materiallar haqida istalgan ma’lumotni olish imkoniyatiga ega boʻlish uchun sharoit yaratadi. 
Murojaat etiladigan lugʻaviy materiallar kompyuter ensiklopediyasi koʻrinishida, ikkinchidan, mazkur 
lugʻaviy materiallar takomillashtirilgan va oson toʻldiriladigan boʻlmogʻi lozim. 
Mustaqil ishni tashkil etishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatining 
mavjudligi ta’lim jarayonida bunday texnologiyalarni qoʻllashning muhim koʻrsatkichlaridan 
hisoblanadi. Axborot-metodik ta’minotdan foydalanib mustaqil ishni tashkil etish mazmuniga koʻra, 
bir necha didaktik vazifalarni bajarish imkoniyatlarini beradi, masalan: 
• ta’limning interfaol xususiyati asosida pedagoglarning fikrlash qobiliyatlari yanada 
rivojlantiriladi va oʻquv materiallarini oʻzlashtirilish sifat va samaradorligi oshiriladi; 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish