Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
FILOLOGIYA
 
2017-yil, 4-son 
91 
qushlar kundalik yumushlarida odamlarga xos harakatlarni qabul qilgan holda turli amallarni bajarib, 
oʻzlarining munosabatlarini bayon etadilar.
Biz oldimizga qoʻygan ilmiy ishimizni mukammal oʻrganishimiz uchun, tamsil va tashxis 
badiiy san’atlarini oʻzaro bogʻlagan holda oʻrganishimiz kerak boʻladi. Tamsil yoki masal adabiyotda 
turli hayvon va qushlarga odamlarga xos xarakterni berishdan iborat. Buning natijasida turli hayvonlar 
va qushlar odamlar singari harakatlanib, soʻzlaydilar, maqsadlarini ifoda etadilar. Haqiqatan masal 
yoki tamsil san’ati turli nabotot va hayvonlarga insonlarning quyidagi sifatlari soʻzlash, fikrlash, 
kulish, qaygʻurish, qoʻrqish, yigʻlash va boshqalarni berish orqali vujudga keladi. Bu san’at turi 
tashxis va jonlantirishning bir turi boʻlib, tamsil tashxisning asosiy tamoyillari asosida shakllangan. Bu 
san’at turlarining oʻzaro farqi, ularning nazariy xususiyatlari va shaklida namoyon boʻladi. Tamsil, 
tashxis va jonlantirishning bir shakli boʻlib, badiiy ijodiyotda turli qushlar va hayvonlarga 
ixtisoslashtirilgandir. Unda turli qushlar va hayvonlar insonga xos xarakterga ega boʻlib, inson singari 
muomala qiladilar. Mazkur san’at turida, faqat qushlar va hayvonlar odamlar singari jonlantiriladi. 
Boshqa jonsiz moddiy jismlar bundan mustasnodir. Biz masalning eng yaxshi namunalarini Rudakiy 
Samarqandiyning «Modari may» (May onasi) qasidasida, Manuchehriy Domgʻoniyning 
musammatlarida, «Kalila va Dimna» asarida, Nizomiy Ganjaviyning «Maxzanul-asror» masnaviysida, 
Jaloliddin Balxiyning «Masnaviy ma’naviy» asarida, Abdurahmon Jomiyning «Haft avrang» 
dostonida, Sayido Nasafiyning «Bahoriyot»-ida, Soʻfiyning «Dostoni Mevaho» (Mevalar dostoni) va
boshqa asarlarda koʻrishimiz mumkin.
Har bir badiiy san’at turi oʻzining shakl va mazmunidan kelib chiqib, guruh va turlarga 
boʻlinadi. Tashxis san’ati ham oʻzining qamrab oladigan hajmiga qarab ikki guruhga boʻlinadi. Bu 
toʻgʻrisida adabiyotshunos olim, professor Sadri Sa’diev oʻzining «Odamushshuaro Rudakiy va 
Bashshori Marvaziyning «May onasi» qasidalarining poetikasi» maqolasida quyidagicha fikr bayon 
etadilar: «Tashxis san’ati badiiy kalomning eng goʻzal san’atlaridan boʻlib, u oʻz navbatida ikki 
guruhga boʻlinadi: 
1.
Mufassal tashxislar 
2.
Muxtasar tashxislar». [7:7].
Batafsil tashxisda tashxis san’atining koʻlami keng boʻlib, hikoya boshdan oxirigacha shu 
san’atdan tarkib topadi va uning turli tomonlari oʻquvchiga namoyon boʻladi, biz bu tashxis turining 
eng yaxshi namunalarini zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»ning «Yasna» qismi 9, 10, 12-
gotlarida, Rudakiyning «Modari may» (May onasi) qasidasi, Manuchehriy Domgʻoniyning 
«Duxtaroni raz» (Uzum qizlari) musammatlarida va Sayido Nasafiyning «Bahoriyot» asari hamda 
boshqa doston va masnaviylarda koʻrishimiz mumkin. Masalan: XI asrning yetuk shoirlaridan biri 
shoir Farruxiy Siistoniyning quyidagi gʻazalida tashxis va jonlantirish san’atining mufassal tashxis turi 
qoʻllanilgan boʻlib, oshiq yuragini ma’shuqaga tortiq qilishi tasvirlanadi. Shoir yurakka ma’shuqa 
oldiga borib, dunyo lazzatlari va xushbaxtligidan bahramand boʻlishni buyuradi. Yurak esa oshiqdan 
uni ma’shuqaning oldiga yubormasligini soʻraydi va oshiqqa qarab «hech koʻrganmisan, biron kishi 
oʻz yuragini birovga tortiq qilganini deb savol bilan murojaat qiladi» Shoir unga javoban, «sen 
ma’shuqaning oldiga borib, dunyo goʻzalliklaridan bahramand boʻl, shodlik qilgʻilkim, bu dunyodagi 
eng ulugʻ baxtdir» deb javob beradi:
Ey dili man, turo bashorat dod, 
Ki turo man ba do
ʻst xoham dod. 
Tu bo o
ʻ shodmonivu ba jahon, 
Shod bod, on ki badu shod. 
To nago
ʻi, ki mar- maro nafrist, 
Ki na kas dil ba do
ʻst bifristod. 
Do
ʻst az man turo hametalabad,
[6:75].
Muxtasar tashxis turi badiiy adabiyotda boshqa soʻz san’atlari bilan birgalikda kelib, oʻzining 
badiiy xususiyatlarini saqlab qoladi va tarkibiy unsurlarini moʻjaz tarzda namoyon etib, she’rda 
jonlantirishni aks ettiradi. 
Masalan, Shoir Abulqosim Lohutiyning quyidagi ruboiysida shoir yuragiga muhabbatning 
dardu alamlari toʻgʻrisida savollar beradi va oʻz navbatida qalbi unga javob beradi: 
Biguftam: «Joni bemori maro ki mekunad darmon?» 
Bixandidu guft: «Ey benavo jononae chun man». 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish