Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
SOTSIOLOGIYA
 
 
2017-yil, 4-son 
50 
orqali hayotni tashkillashtirish va inson ijtimoiy hamjihatligi zarurdir. Insonning oʻzi oliy axloqiy 
qonunni anglashi va yer yuzasida mustahkamlashi shart. Ushbu qonun inson uchun eng muhim va 
ahamiyatli boʻlgani uchun, u inson baxtining kafolatiga oʻxshaydi, uning mavjudligi hayotiy vazifani 
bajarishga toʻsqinlik qilmaydi. 
Inson oʻz tabiatiga koʻra ijtimoiy muhitga hurmat bilan yondashadi va jamiyatning muhim 
tarkibiy qismi sifatida taqdim etishini hisobga olsak, ushbu tamoyilni sotsiosentrizm va 
antroposentrizm tamoyillari oʻrtasida qoladigan antroposotsiosentrizmni ilgari surish uchun asoslar 
mavjud. Sotsiosentrizm tamoyili uzoq vaqt davomida gʻarbning ijtimoiy-siyosiy tizimlarida va xalq 
ommasi ijtimoiy taraqqiyot kuchi deb hisoblangan sotsialistik tizimlarda qoʻllanilgan. Shu bilan 
birgalikda, antroposentrizm yondashuvi ham mavjud. Antroposentrizm tendensiyasi “oʻz maqsadlari 
va qiziqishlari uchun olam (ham jamiyat va ham tabiat)ni boʻysundirgan insonning xudbinona 
intilishlarida”[2] yuzaga kelgan. Inson, madaniy, xoʻjalik, siyosiy va huquqiy sohalardagi jamiyat 
hamkorligiga asoslangan antroposotsiosentrizm tamoyili boshqa makroolam qadriyatlari bilan 
birgalikda moddiy va ma’naviy qadriyatlarni aniqlashni taxmin qiladi. Har bir kishining moddiy va 
amaliy hayotiga e’tibor qaratilsa, jamiyatning alohida a’zolari uchun shaxsiy xavfsizlik muhim boʻlib, 
u boshqalar tomonidan tasqidlanishi va bir-biri uchun ahamiyatliroq boʻlishi kerak.
N.Erpeli huquq turlicha ma’noli ekanligiga e’tibor beradi: “ba’zilar huquq tasodifiy vaziyatlar 
natijasi deb hisoblasa, boshqalar uni axloq bilan bogʻlashadi”[3]. Ehtimol, huquqni jamiyatda 
muayyan axloqiy mezonlar bilan mustahkamlash zarur boʻlib, aynan ular nima taqiqlanganligi, 
boshqalarga nisbatan harakat va munosabatlarga ruxsat berilganini shakllantirish imkonini beradi. 
Huquqda insonlar munosabatlarining eng ijobiy natijalariga asoslangan axloq mustahkamlanadi. 
Bundan tashqari, aynan huquq inson hayotining axloqiy manbasi hisoblanib, u ijtimoiy boshqaruvning 
asosiy qismi boʻlgan obyektiv-funksional axloqiy asoslar ta’sirida shakllanadi. Shu bilan birgalikda, 
inson axloqi va xatti-harakati me’yorlari bir-birga zid kelishi mumkinligini hisobga olish ham zarur. 
D.Yakobsonning fikricha, biz “axloqiy qonunga boʻysunishimiz mumkin, lekin oʻz xatti-
harakatlarimizni axloqiy qadriyat deb baholay olmaymiz”[4].
Sotsiologiyada xulq-atvor buzilishi nazariyasida ijtimoiy meyor markaziy oʻrin tutar ekan, 
avvalo ijtimoiy meyorning oʻzi nima va uning qanday turlari mavjudligini shuningdek, xulq-atvor 
buzilishining eng koʻp uchraydigan va yaqqol namoyon boʻladigan turlarini aniqlab olishimiz kerak. 
Ijtimoiy meyor – jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi boʻlib, biron-bir jamiyatda qabul 
qilingan va shaxsga ushbu jamiyatda oʻzini qanday tutishi lozimligini koʻrsatib beruvchi va ularning 
xulq-atvorlarini jamiyat tomonidan nazorat qilish vositasidir. Ijtimoiy me’yorning huquq, axloq, urf-
odat va an’analar, hamda diniy me’yor turlari mavjud. 
1. 
Huquq.
Individga nisbatan obyektiv, tashqi uning xulq-atvorini boshqaruvchi qoidalar tizimi. 
Har qanday jamiyatda huquq hukmron tabaqa demokratik koʻpchilik yoki butun xalqning yagona 
irodasini namoyon etuvchi va shu sababli hech qanaqa oʻxshatmasi yoki muqobili boʻlmagan yagona 
meyorlar majmuidir. 
2. 
Axloq.
Etika mutaxassislarining fikricha, umumiy va xususiy manfaatlarning moddiy 
determinatsiyalashgan qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi. Insonning oʻzini takomillashtirish va oʻz 
imkoniyatlarini rivojlantirish qobiliyatlarini anglatadi. Huquqdan farq qilib, axloq birinchidan
baholash vazifasini bajaradi (yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz), ikkinchidan, uning meyorlari birinchi 
navbatda nomus, burch, vijdon, adolat va shu kabi tushunchalarni mujassamlashtirgan ichki ruhiy 
kechinmalar orqali faoliyat yurgizadi. 
3. 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish