3-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING E’LON QILINISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI
Mavzuni o‘rganishdan maqsad: Talabalarga O`zbekiston davlat suverenitetining e`lon qilinishi. Mustaqillikni tiklash uchun kurash siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy sohalardagi islohatlar va O`zbekiston mustaqilligining huquqiy asoslarining yaratilishi haqida tushuncha berish.
Kalit so‘zlar: Arxeologik davrlashtirish, paleolit, neolit, bronza, ahomoniylar, salavkiylar, kushon, tarixiy xronologik, o‘zbek xalqi, davlat boshqaruvi, ibtidoiy-jamoa, feodal, demokratik, ellinistik davr, sak, eron, eftalit, turk, Xarakatlar strategiyasi, dialektik jarayon, milliy tafakkur xalq tarixi.
Asosiy masalalar (Reja):
Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi.
Mustaqillikning e’lon qilinishi va O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi.
Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar.
Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi.
Mustaqillik tushunchasi o'zida azaldan insoniyatning orzu-umidlarini, armon va iztiroblarini mujassam etgan. Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va hurriyatga intilib yashaydi. U hamisha har jihatdan o'zini erkin his qilishga, ozod yashashga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha min- taqalarida ozodlik uchun kurashni, shaklan turlicha, mohiyatan o'xshash bo'lgan hurriyatga intilish hodisalarini ko'p ko'rgan.
XX asrning 80 yillari oxiriga kelib SSSR tarkibidagi respublikalar suverentetini va inson hukuklarini poymol kilgan ma’muriy buyruqbozlik tizimi o‘z davrini o‘tab bo‘lganligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘la boshladi. Bu hol o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik demokratik davlat qurish asoslari shakllana boshladi.
XX asr intihosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli ko'rilmagan hodisalar sodir bo'ldi. Sotsializm deb atalgan totalitar tuzum, zo'ravonlik va tazyiqqa asoslangan kommunistik mafkura tanazzulga uchradi. Jahonga, Yer yuziga hokimi mutlaqlikni da'vo etgan SSSR jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham jarga quladi. Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar torn ma'nodagi mustaqil davlat maqomini oldilar.
XX asr 90-yillari boshlariga kelib O‘zbekistonda xalqning mustaqillikka erishishidan iborat azaliy orzusini amalga oshirish bosh masala bo‘lib qoldi. Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan, biri-biriga qarama- qarshi bo‘lgan turli qarashlar shakllandi. Ikkinchi tomondan, o‘sha davrdagi markaziy davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to‘g‘ri baholay