Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

Ikkinchi guruh
da xalqaro tashkilotlar tizimida bevosita parlamentlararo institutlarning tutgan 
oʻrni, ahamiyati va faoliyatiga oid tanqidiy qarashlarning xususiyatlari va sabablarini tahlil etish 
oʻrinlidir. Bugungi kunda xalqaro parlament institutlariga oid ilmiy adabiyotlarda tez-tez uchrab 
turadigan bahs-munozalar va tanqidlarning mazmun-mohiyatini ushbu tashkilotlarning xalqaro 
ahamiyatga molik kelishuvlarda hanuzgacha ta’sir kuchi sezilmayotganligi, ularning sa’y-harakatlari 
OAV va keng jamoatchilikning e’tiboridan chetda qolayotganligi, an’anaviy “hukumat va hukumat” 
oʻrtasidagi hamkorlik xalqaro siyosatning dominant boʻgʻini boʻlib qolayotganligi, aksariyat hollarda, 
ijroiya hokimiyati vakillarining parlamentariylarga real imtiyoz va vakolatlarni berishga unchalik 
ishtiyoqmand emasligi kabi omillar bilan izohlash mumkin. 
Bundan tashqari, oʻz mahalliy elektorati tomonidan parlamentariylarning muayyan muddatga 
saylanishi xalqaro parlament institutlari faoliyatida tizimlilik va izchillikning buzilishi, delegatlar 
siyosiy mandat va vakolatlarining turfa xilligi, asosiy ustuvor vazifalar va kun tartibining tez-tez 
oʻzgarib turishi kabi holatlar mazkur institutlar oldida turgan uzoq muddatli strategik maqsadlarga 
erishishda muayyan qiyinchiliklar tugʻdirmoqda. Shuningdek, xalqaro hukumatlararo tashkilotlardagi 
muzokaralar, bitim va shartnomalar tuzish kabi muhim jarayonlarda parlamentariylar ishtirokining 
cheklanganligi, parlamentlararo uyushmalarda izmolangan kelishuv va qarorlarning amaliy hayotda 
joriy etishdagi murakkabliklar ham parlamentlararo institutlarning samarali ish yuritishiga xalaqit 
qilmoqda. 
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash kerakki, XX asrda oʻzining jadal taraqqiyot yoʻlini boshlagan 
xalqaro parlamentlararo institutlari bugungi kunga kelib zamonaviy xalqaro munosabatlarning 
ajralmas qismiga aylandi. Ushbu tashkilotlarning tashqi siyosat, diplomatiya va xalqaro munosabatlar 
kabi sohalardagi oʻrni va rolining oʻsib borishi, parlament diplomatiyasi va parlamentlararo hamkorlik 
dinamikasining kuchayib borayotganligini nazarda tutib, parlamentlararo tuzilmalarning mazmun-
mohiyati, shakllari, siyosiy ahamiyati kabi serqirra sohalarda kompleks tadqiqotlar olib borish dolzarb 
ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. 
Garchi parlamentlararo institutlarning xalqaro aloqalar tizimida tutgan oʻrni koʻplab tanqidlarga 
sabab boʻlsa-da, mazkur tuzilmalar soni va faoliyat koʻlamining soʻnggi oʻn yilliklarda jadal 
sur’atlarda rivojlanib borayotganligi va ular jahon siyosatining muhim aktoriga aylanib ulgurganligini 
inkor etib boʻlmaydi. Fikrimizcha, zamonaviy parlamentlararo hamkorlik taraqqiyotining asosiy 
harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan xalqaro parlament institutlarining umumjahon sa’y-harakatlarini, 
faoliyat turlari va shakllarini, rivojlanish tendensiyalari va asosiy xususiyatlarini muntazam ravishda 
oʻrganib borish, monitoring qilish va bu borada zarur ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqish 
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy maqsad va vazifalariga xizmat qiladi. Shu bois, xalqaro 
maydonda milliy manfaatlarni ilgari surish va amalga oshirish kontekstida parlament diplomatiyasidan 
unumli foydalanish yoʻllarini izlash, ushbu yoʻnalishda tizimli tadqiqotlar olib borish, parlamentning 
tashqi siyosat instrumenti sifatidagi maqsad va vazifalari, parlamentlararo hamkorlikning hozirgi 
holati va istiqbollarini doimiy tahlil qilish nafaqat ilmiy, balki yuksak amaliy ahamiyatga ham egadir. 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish