Keywords:
society, person, civil society, open civil society, public control, social propaganda,
social control, social institutions, public opinion, strategy of actions.
Fuqarolik jamiyati ochiqligini ta’minlashda jamoatchilik nazoratining funksiyasi salmoqlidir.
Jamoatchilik nazorati jamiyatda ijtimoiy adolat qaror topishi uchun shaxs, jamiyat va davlat
aloqalarida muvozanat, tenglik, oʻzaro mas’uliyat va javobgarlikka xizmat qiluvchi asosiy omil
hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Agar
jamiyat nazoratini tashkil etolmasak, ya’ni joylarda davlat idoralari ustidan jamoatchilik nazoratini
oʻrnatishga erisholmasak, bunday noxush holatlarni tag-tomiri bilan tugatishning imkoni
boʻlmaydi”.(1)
Jamoatchilik nazorati davlat boshqaruvida ustuvor oʻrin tutadi. Jamiyatimizda demokratik
an’analar rivojlana borib, davlat hokimiyatini faoliyatini amalga oshirish amaliyotida fuqarolik
jamiyati institutlari rolini oshirish borasida muhim qadamlar tashlandi. Bu borada davlat hokimiyati va
fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi munosabatlarni belgilab olish muhim masala boʻlib
hisoblanadi. Bu borada “oʻzaro tiyib turish”, “manfaatlar muvozanati”, ijtimoiy sherikchilik”,
“boshqaruvda ijtimoiy nazorat” kabi ijtimoiy-siyosiy kategoriyalar paydo boʻldi-ki, bu voqelikning
amaliyotini kuchaytirish borasida jamiyatda muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshiriladigan jamoatchilik nazorati,
avvalambor, jamoatchilik, nodavlat-notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Binobarin,
hokimiyat organlarining jamoat tashkilotlari orqali xalq bilan muloqoti demokratik qadriyatlarni
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Demokratik jamiyatda butun ijtimoiy-siyosiy turmush
oshkora, jamoatchilik koʻz oʻngida va uning faol ishtiroki hamda aralashuvida roʻy berishi nazarda
tutiladi. Shu bois qonunlar ijrosini ta’minlash va ularning hayotiyligini ta’minlashda davlat hokimiyati
organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim jarayondir. Bu esa, oʻz
navbatida olib borilayotgan islohotlarni ochiqligini ta’minlaydi, demokratik tamoyillar amaliyotiga
yangicha mazmun beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov, «Fuqarolik institutlari, nodavlat-
notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda
qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning oʻz
salohiyatlarini roʻyobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy
madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga
koʻmaklashmoqda», deb ta’kidlagandi.(2)
Jamiyatda nodavlat va notijorat tashkilotlarining faolligini oshirish ijtimoiy faoliyat va fuqarolar
hayoti sohalariga davlat aralashuvini kamaytirish, qonun vositasida cheklash bilan bogʻliq. Ushbu
yoʻnalishda jamoatchilik nazorati muhim rol oʻynaydi. Siyosatshunos olim I.Ergashev ta’kidlaganidek,
“Davlat hokimiyati organlari ustidan kuchli jamoatchilik nazoratining mavjudligi - fuqarolik jamiyati
barpo etishning muhim shartlaridan biridir. Binobarin, fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga
befarq boʻlmasligi hamda har bir davlat xizmatchisining oʻz faoliyatini jamoatchilik nazorati ostida
ekanligini chuqur his etib borishi fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida oʻta muhim ahamiyat
kasb etadi”.(3)
Jamoatchilik nazoratining mazmun va mohiyatini quyidagi yoʻnalishlar asosida tavsiflash
mumkin:
1. Hokimiyat organlari faoliyatining doimiy tizimli monitoringini olib borish.
2. Ijtimoiy muhim boʻlgan qarorlarni qabul qilishda jamoatchilikning ishtiroki.
Do'stlaringiz bilan baham: |