ILMIY AXBOROTNOMA
SOTSIOLOGIYA
2017-yil, 4-son
41
Ta’kidlash joizki, jahon siyosatida nisbatan yangi kuch sifatida koʻrilayotgan xalqaro parlament
institutlarining shakllanishi va dinamik taraqqiyoti XX asr xalqaro munosabatlarining fenomenal
hodisasi hisoblanadi. Boshqa koʻplab hukumatlararo tashkilotlardan ayrim xususiyatlariga koʻra farq
qiluvchi parlamentlararo institutlar umume’tirof etilgan xalqaro prinsip va normalar asosida
demokratik, adolatli va vakillik tipidagi xalqaro munosabatlar tizimini barpo etishni oʻzining pirovard
maqsadi deb hisoblaydi.
Ma’lumki, dunyo mamlakatlari parlamentlarining dastlabki xalqaro instituti – Parlamentlararo
Ittifoqqa 1889-yilda asos solingan boʻlib, bu sana xalqaro munosabatlarda parlamentlararo
institutlarning soni va faoliyat doirasi kengayib, umumjahon parlament harakatining ta’sirchan kuchga
aylanib borishi kabi ulkan oʻzgarishlarning debochasi boʻldi. Dastavval faoliyat koʻlami va
jugʻrofiyasi ancha cheklangan mazkur tashkilotlar, bugungi kunga kelib ‘ochiq, demokratik va shaffof
xalqaro tizimni yaratishdek tom ma’nodagi global maqsadga erishishga intilib kelmoqda.
XX asr siyosiy tafakkurining yirik vakili Robert Putnam ‘institutlar siyosatni, tarix esa oʻz
navbatida, institutlarni shakllantiradi, deya ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, xalqaro parlament
institutlarining evolyutsion taraqqiyotida muayyan tarixiy davrlar va shart-sharoitlar muhim ahamiyat
kasb etgan boʻlib, bu davrlar umumjahon demokratlashtirish va parlamentarizm gʻoyalarining keng
tarqalishi kontekstida yuzaga kelganligini alohida qayd etish oʻrinlidir.
Ma’lumki, xalqaro parlament institutlarining paydo boʻlishi va rivojlanishining ilk markazi
Yevropa qit’asi boʻlsa-da, XX asrning 60 yy.dan boshlab ushbu tendensiya global ahamiyat kasb etib,
dunyoning boshqa mintaqalariga ham keng yoyila boshladi. Bunga xalqaro aloqalarning jadal
rivojlanishi, mislsiz ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, mintaqaviy integratsion jarayonlarning
chuqurlashuvi, parlamentarizm ideallarining ommalashuvi hamda eng muhimi, Osiyo, Afrika va Lotin
Amerikasining koʻplab mamlakatlarida mustamlakachilik tizimining yemirilishi kabi ulkan
transformatsion oʻzgarishlar sabab boʻldi. Vujudga kelgan qulay global muhit natijasi oʻlaroq xalqaro
aloqalarda davlatlar bilan bir qatorda, qator nohukumat tashkilotlari, transmilliy korporatsiyalar,
ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik harakatlari va fuqarolik jamiyati institutlarining faollashuvi
kuzatila boshladi.
Jahon siyosatida parlamentlararo institutlar soni va sifatining yuksalib borishi, oʻz navbatida,
parlamentlararo hamkorlikni xalqaro munosabatlarning jadallik bilan rivojlanib borayotgan jabhasiga
aylantirdi. Parlamentlararo hamkorlik sohasida institutsional uyushmalar sonining ortib borish
tendensiyasi hozirgi kunga qadar davom etmoqda. Soʻnggi paytlarda, ayniqsa, xalqaro aloqalar
sohasida faol ishtirok etayotgan milliy va transmilliy parlamentlararo uyushmalarning soni ortib
bormoqda. Bu jahon siyosatida oʻziga xos yangicha voqyelik boʻlib, ushbu tendensiya, oʻz navbatida,
xalqaro parlament diplomatiyasining rivojlanishiga ijobiy ta’sir koʻrsatdi.
Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasining sobiq prezidenti va parlamentshunos olim Luis
Mariya de Puig parlamentarizm paydo boʻlishi va rivojlanishining eng muhim bosqichlarini toʻrt
davrga boʻlib oʻrganishni taklif etadi. Bunga parlamentlararo assambleyalar paydo boʻla boshlagan ilk
davrdan tashqari Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr, geosiyosiy bloklarga asoslangan sovuq urush
yillari, 1989-yilda Berlin devori qulagandan keyingi davr hamda parlament institutlari faoliyatining
butun dunyoni qamrab olgan hozirgi zamonaviy davri kiradi.
Ma’lumki, mintaqaviy va xalqaro darajadagi parlament institutlaridan tashqari bugungi kunda
dunyoning koʻplab nufuzli tashkilotlari tarkibida ham parlament assambleyalari mavjud boʻlib, ular
ushbu tashkilotlarning xalqaro faoliyati ustidan parlament nazorati va monitoringini olib bormoqda.
Bu kabi tashkilotlar qoshida tashkil etilayotgan parlament assambleyalari sonining oshib borish
tendensiyasini ayrim olimlar ‘xalqaro tashkilotlarning parlamentlashuvi’ deya ta’rif beradi. Parlament
assambleyalarining asosiy funksiyalari sifatida xalqaro masalalarda qudratli ta’sir kuchiga ega boʻlgan
davlatlar va xalqaro institutlar tomonidan tuziladigan bitim va shartnomalarning demokratik va
vakillik mezonlariga qay darajada muvofiqligini muntazam ravishda tekshirib borishni qayd etish
mumkin. Bugungi kunda, agar, biror bir nufuzli tashkilot tarkibida parlament assambleyasi mavjud
boʻlmasa, bunday tashkilot faoliyatining demokratik xarakteriga oid tanqidlarning paydo boʻlishiga
sabab boʻlmoqda.
Xususan, Jahon savdo tashkiloti, Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki kabi qudratli moliya
tashkilotlarining dunyo xalqlari taqdiriga daxldor boʻlgan kelishuv va bitimlarini demokratik
andozalar asosida doimiy monitoring qilib borish masalasini dunyo parlamentariylari turli darajadagi
Do'stlaringiz bilan baham: |