Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2019-yil, 6-son



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2019-yil, 6-son 
82 
Yettinchidan, innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish va joriy etish sohasida yuqori tajriba va 
salohiyatga ega bo‘lgan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik , shuningdek , ulardan butun mamlakat fani, 
sanoati va iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal qilishda foydalanishning past darajada 
saqlanib qolinganligi.
Mazkur holatlar innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil 
qilish sohasida davlat boshqaruvining instutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan 
takomillashtirishni talab qiladi, deyilgan [4]. 
Innovatsion rivojlanishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston 
Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida“gi Farmoniga muvofiq quyidagilar 
O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin deyilgan: 
Mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli senariylari 
asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish 
imkonini beradigan strategy rejalashtirish tizimini yaratish; 
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning tartib-tamoyillarini optimallashtirish va soddalashtirishni, davlat 
boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan davlat boshqaruvining 
innovatsion shakllarini joriy etish
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va 
farovonligining yuksalishi uchun zarur sharoitlar ta’minlashga qodir bo‘lgan fan va innovatsiya faoliyatini 
rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish; 
Innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab ishlab chiqish va joriy etish sohasida 
investitsiyalarni jalb etish, ularning rivojlanshini ta’minlovchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish; 
Ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va 
ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, shuningdek, ushbu faoliyatda 
iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratish; 
Mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli yutuqlarini targ‘ib qilish va 
joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, shu jumladan ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan 
laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsiyaga yo‘naltirilgan 
tuzilmalari, xususan, chet el investorlari ishtirokida tashkil etish va moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash; 
Tabiatni muhofaza qilish, resusrlar va energiya tejaydigan texnologiyalarni, jumladan, muqobil 
energiya manbalarini , suvni tozalash va chuchuklashtirish, undan oqilona foydalanishning zamonaviy 
shakllarini keng qo‘llash orqali faol joriy etish; 
Sog‘likni saqlash sohasida kasaliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilish, o‘z vaqtida va 
smarali davolashga imkon beruvchi ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, jamiyatga sog‘lom 
avlodni tarbiiyalashga ajratilgan komleks tizimni yaratish; 
Agrar sohaga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni, shu jumladan ishlab chiqarish 
samaradorligini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilariningeksport salohiyatini 
oshirishga , mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga ko‘maklashuvchi qishloq ekinlarining 
yangi seleksiya navlarini targ‘ib qilish; 
Iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini har tomonlama rivojlantirishni ta’minlovchi zamonaviy 
axborot -kommunikatsiya, sanoat va boshqa innovatsion texnologiyalarni jadal joriy etish
Innovatsiya faoliyatii sohasida ilg‘or xorijiy tashkilotlar bilan, shu jumladan ularni nou–xau, 
nanotexnologiyalar va yuqori texnologik tovarlarni ishlab chiqarishning mahalliy bozoriga jalb qilish 
orqali hamkorlikni kengaytirish va boshqalar [4]. 
Bugun rivojlanishning innovatsion modellari va “aqlli” texnologiyalar amalga oshirilayotgan 
mamlakatlar eng muvaffaqiyatli va barqaror hisoblanadi. Bunday mamlakatlarning barqaror taraqqiyoti, 
ularning jahon bozorlarida raqobatbardoshligi tabiiy resurslarni eksport qilish va jismoniy mehnatdan 
foydalanishga emas, balki innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarga asoslanganligidir. Ushbu mamlakatlarda 
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davlat strategiyasining ijrosi 
shartli ravishda “kelajak vazirliklari” deb nomlanuvchi maxsus idoralar tomonidan amalga oshirilmoqda, 
shuning uchun bizning respublikamizda innovatsion rivojlanish uchun ma’sul idoralarning asosiy vazifasi 
sifatida innovatsiya va fan yutuqlarini keng joriy etish hisobiga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishi va 
jahon intellektual mehnat bozorlarida mutaxassis kadrlarning raqobatbardoshligini ta’minlash hamda 
iqtisodiyotda intellektual mulkni ko‘paytirish kerak, deb hisoblaymiz.

Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish