ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2019-yil, 6-son
81
ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyat 2016-yilda 31.6 % bo‘lgan bo‘lsa, 2018-yilga kelib 34.5% ga
ko‘tarildi. Keyingi 2 yil ichida mamlakatimiz oliy ta’lim tizimining 16 ta oliy ta’lim muassasalarida xorijiy
oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga
qo‘yildi, keyingi yillarda bunday qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash soni yanada
ko‘payadi. Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va uni yanada rivojlantirib borishda ta’limdagi o‘zaro
hamkorlik muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun hukumatimiz O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumini tashkil
etdi. Forumda 40 dan ortiq ta’lim va ilmiy soha xodimlari ishtirok etdi, jumladan, Rossiya Federatsiyasidan
47 nafar [3].
Forum doirasida O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan
muzokaralar olib borildi va 114 ta ta’lim va ilmiy faoliyatga bag‘ishlangan ikki tomonlama hamkorlik
kelishuvlari imzolandi. Bugungi kunga qadar imzolangan barcha kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha
“Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Forum doirasida imzolangan hamkorlik kelishuvlari natijasiga ko‘ra, mamlakatimizda 2019-2020-
o‘quv yiliga qadar Rossiya Federatsiyasining 6 ta oliy ta’lim muassasasi filiallarini ochishga tayyorgarlik
ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Moskva energetika instituti (MEI), Moskva davlat xalqaro munosabatlar
instituti (MGIMO), D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti, A.S.Pushkin
nomidagi Rus tili davlat instituti, Astraxan davlat texnika universiteti, Rossiya davlat jismoniy madaniyat,
sport, yoshlar va turizm universiteti.
Oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro innovatsion koorparativ hamkorlikni
amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi, hamkorlikdan kutiladigan natijalar bizning nazarimizda
quyidagilar deb hisoblaymiz:
1) vazirliklar, idoralar va yirik korxonalarning amaliy va nazariy muammolari, shuningdek,
innovatsion loyihalarni shakllantirishga yordam beradi;
2) korxona va tashkilotlarning talablaridan kelib chiqib, o‘quv rejalari va dasturlariga
o‘zgartirishlar kiritib va xalqaro standartlarga moslashtirib boriladi;
3) ilmiy izlanuvchilar va amaliyotchi-mutaxassislar bilan hamorlikda tadqiqotlar amalga oshiriladi,
ilmiy aloqalar va o‘zaro tajriba almashishlar kuchayadi. Bu innovatsion ishlanmalarni ko‘proq yaratilishiga
yordam beradi;
4) binor himoyalar tashkil etilishi kerak va teng kuchga ega bo‘lgan diplom himoyalarini amalga
oshirilishi zarur, deb hisoblaymiz (Eksperiment tariqasida, texnika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik,
transport va iqtisodiyot yo‘nalishlari uchun).
Jahon tajribasi barcha sohalarda sifatli o‘sishni ta’minlovchi yangiliklarni uzluksiz tarzda
amaliyotga joriy etish orqali jamiyat va iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga
aylantirganligini ko‘rmoqdamiz. Innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy qilishda ayrim to‘siqlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida“gi Farmonida o‘tgan yillar ichida
mamlakatimizda innovatsion g‘oyalar va ilmiy – amaliy ishlanmalarni qo‘llashga quyidagi tizimli
muammolarning mavjudligi, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish uchun
mavjud imkoniyatlar va salohiyatdan yetarlicha foydalanmaslik ko‘zlangan islohatlarning samarali amalga
oshirilishiga hamda mamlakatning jadal innovatsion rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda deyilgan va ular
qonunda quyidagilar deb hisoblangan xususan;
Birinchidan, davlat dasturlarini ishlab chiqishda zamoniy fan va innovatsion texnologiyalarning
yutuqli va rivojlanish tendensiyalarini lozim darajada kompleks tahlil qilish va o‘rganishning mavjud
emasligi;
Ikkinchidan, fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etishning hozirgi ahvoli innovatsion
g‘oyalar va ishlanmalarni to‘liq ro‘yobga chiqarish va amaliyotga joriy etish uchun lozim darajadagi
sharoitlarni ta’minlanmasligi;
Uchinchidan, innovatsion g‘oyalar , ishlanmalar va texnologiyarni strategic prognoz qilish,
qo‘llab-quvvatlash va joriy etishni ta’minlovchi yagona organni mavjud emasligi, ilmiy - tadqiqot va
axborot - tahlil muassasalarining tarqoq holda faoliyat ko‘rsatishi fan, ta’lim va ishlab chiqarishning to‘liq
integratsiyalashishiga imkon bermayotganligi;
To‘rtinchidan, yuqori texnologiyalar, nou – xay va zamonaviy ishlanmalarni birinchi navbatda
joriy etishni talab qiluvchi ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash bo‘yicha kamchiliklar;
Beshinchidan, ilmiy – tadqiqot ishlarini tashkil qilish hamda innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni
joriy etishdagi kamchiliklar;
Oltinchidan, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalga oshirishda davlat –
xususiy sheriklarni tatbiq etishdagi kamchiliklar;
Do'stlaringiz bilan baham: |