Issiqxonalarda mahsulot yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi


ISSIQXONA MAHSULOTLARI YETISHTIRISHNING XOZIRGI HOLATI



Download 0,64 Mb.
bet7/12
Sana20.06.2022
Hajmi0,64 Mb.
#681467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KURS ISHI

ISSIQXONA MAHSULOTLARI YETISHTIRISHNING XOZIRGI HOLATI


  1. Jahon miqyosida issiqxonalarda mahsulot yetishtirish boshqaruvining hozirgi holati.

Hozirda issiqxonalar maydoni 5000 gektardan oshgan bo‘lib, har xil konstruksiyali issiqxonalarning yillik o‘sishi 100-150 gektarni tashkil etmoqda. Mamlakatimizda 600 gektar oynavand, 5000 gektardan ko‘proq isitiladigan va isitilmaydigan plyonkali (xitoy texnologiyasi) issiqxonalar mavjud. Bundan tashqari, Koreya texnologiyasi asosida qurilgan ikki qavatli plyonka bilan yopilgan, havo bilan isitiladigan va zamonaviy Gollandiya, Isroil texnologiyalari asosida ishlaydigan kichik hajmli issiqxonalar mavjud.
Bugungi kunda bir gektar maydondagi oynavand issiqxonalarni qurish uchun xarajatlar 1,0-1,1 mln. AQSh dollarini, plyonkali isitiladiganlar uchun 350-400 ming AQSh dollarini, xitoy texnologiyasi asosida qurilayotganlar uchun 80,0-100,0 ming AQSh dollarini, Janubiy Koreya texnologiyasi asosida ikki qavatli plyonkali uchun 300-350 ming AQSh dollarini va zamonaviy kichik hajm maydondagi va gidroponikali issiqxonalar uchun 1,6-2 mln. AQSh dollarini talab etadi.
O‘z navbatida, issiqxonalarni rivojlantirishga katta mablag‘lar sarf etilmoqda va turli tipdagi zamonaviy issiqxonalar qurilmoqda. Yopiq maydonlarda ishlab chiqarilayotgan sabzavot mahsulotlari ko‘payishi hosildorlikning oshishi hisobiga emas, balki ekin maydonlarining kengayishi hisobiga yuz bermoqda. Zamonaviy issiqxonalarda hosildorlikni har gektaridan 250 tonnaga yetkazilsa, qilingan xarajatlar 5-6 yil mobaynida qoplanadi, lekin mazkur kundagi hosildorlik bilan ketgan xarajatlarni 10 yildan ortiqroq vaqtda qoplash mumkin.
Himoyalangan maydonlarda mahsulot yetishtirishdagi kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri issiqxonalar qurilishida noaniq loyihalardan foydalanil-ganligi va noto‘g‘ri texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etilishidir.
Issiqxonalarda sabzavot ekinlari yetishtiruvchi xo‘jaliklar oldidagi asosiy vazifa ishlab chiqarishni modernizatsiyalash orqali issiqxonalarni zamonaviy talablarga moslashdir.
Respublikada issiqxonalar maydonlarini istiqbolda kengaytirish ularni isitish xarajatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bugungi kunda mavjud issiqxonalarning asosiy qismi gaz bilan isitilmoqda, natijada isitish xarajatlari 50-60 %ni tashkil etmoqda. Bu, o‘z navbatida, issiqxona sabzavotchiligida muqobil energiya manbalaridan foydalanish zaruratini yuzaga chiqarmoqda.
Respublikamiz tabiiy-iqlim sharoiti 300 kundan ortiq quyoshli kunlarning mavjudligi sababli yil davomida issiqxona sabzavotchiligi uchun qulay hisoblanadi. Shuning uchun istiqbolda gelio issiqxonalar qurish va tabiiy resurs – quyosh energiyasidan foydalanish lozim.
Respublikada issiqxona sabzavotchiligini rivojlantirishda ushbu soha bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan davlatlarning tajribalarini o‘rganish va ularni respublikamizning sharoitlariga mos jihatlarini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlar davomida issiqxona sabzavotchiligi rivojlantirish borasida dunyodagi ko‘plab mamlakatlarga o‘rnak bo‘layotgan bir qator davlatlarning tajribalari o‘rganildi.
Ko‘pchilik davlatlarni (masalan, Koreya, Yaponiya) issiqxona sabzavotchiligida qo‘llaniladigan asosiy tabiiy energiya manbasi bo‘lib, quyosh energiyasi hisoblanadi.
Koreya Respublikasi Pusan shahridagi davlat sabzavotchilik ilmiy tadqiqot institutining yopiq grunt bo‘limi tomonidan, kunduzi issiqxonaga tushadigan quyosh issiqligini saqlash yoki akkumulyatsiya qilish (to‘plash) uchun gruntning issiqlik almashish usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu usul Yaponiyada keng tarqalgan va foydalanilmoqda. Uning mohiyati shundan iboratki, kunduzgi intensiv quyosh energiyasi hisobidan qizigan havo, issiqxona grunti ostiga tashlangan polimer trubalar tizimi va havo haydagich tipidagi ventilatordan iborat mahsus uskuna yordamida yer ostiga o‘tkaziladi va jamlanadi. Tunda ushbu iliq havo ventilatorning teskari aylanishi orqali issiqxona ichiga yuboriladi va issiqxonani isitadi. Natijada issiqlik 50-70 % iqtisod qilinadi. Issiqxona ichida zaruriy havo temperaturasini saqlab turish noan’anaviy usulini qo‘llashda 2-3 qavatli plyonkali yopqichdan (termos tarzida) foydalaniladi va issiqlikni yo‘qotilishi 25 %ga, 3 qavatli plyonkali yopqichda esa 40-45 %ga kamayadi.
Issiqxonada sabzavot yetishtirishning yana boshqa bir muqobil istiqbolli texnologiyasi plyonka bilan yopilgan issiqxonani isitmasdan sabzavot yetishtirish (xitoy texnologiyasi) hisoblanadi. Ushbu turdagi issiqxonalarni qurishning qulayligi nafaqat tekis maydonlarda, balki qiyaliklarda joylashgan haydov uchun yaroqsiz yerlardan ham foydalanish imkonini beradi.
Xitoy texnologiyasidagi issiqxonlarda pomidor, shirin qalampir, bodring asosiy ekin turi hisoblanadi. Ushbu ekinlarning hosildorligi gektaridan o‘rtacha 100 tonanagachani tashkil etadi.
Xitoyda issiqxonalarning asosiy qismi plyonkalidir. Ular arzon, yengil yig‘iladi va zich yopiladi, chunki issiqlikni o‘zida uzoq ushlab turadi. Eng qizig‘i, bunday issiqxonalarni o‘nlab gektarlarini yopish mumkin.
Xitoy xalqida shunday ibora bor, “Uch kun go‘shtsiz muomalada bo‘lish mumkin, biroq sabzavotsiz hayotni tasavvur qilib bo‘lmaydi”. Demak, hayotda sabzavotni boshqa mahsulotlarga almashtirib bo‘lmaydi. Jamiyatda sabzavot iste’moliga talab yil davomida oshib boradi. So‘nggi yillarda Xitoyda sabzavotchilik jadal rivojlanmoqda, 2010 yilda Xitoyda issiqxonalarning maydoni 2,0 mln. gani ularda ishlab chiqarilgan sabzavot mahsulotlari qariyb 580 mln. tonnani tashkil etgan.
Xitoy sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Xitoy sabzavotchiligi haqida gapirilanda, Shandun yarim orolining Shouguan shahri – Xitoy sabzavotchiligining vatani deb yuritiladi. Shouguan shahri Shandun yarim orolining markaziy rayonida joylashgan bo‘lib, qulay tabiiy resurslarga va transport tarmog‘iga ega. Shahar hokimining tashabbusi bilan 27 ming gektar maydonda 530 ta issiqxonalar qurilgan va ulardan olinadigan daromad 60 mln. yuanni tashkil etadi.
Gollandiyada qishloq xo‘jaligi yuqori intensivli va mamlakat iqtisodining asosiy sektori hisoblanadi, unda aholining 1,0 foizi ishtirok etgan holda, yalpi ichki mahsulotning 1,6 foizi ishlab chiqariladi. Dunyo issiqxonalarida yetishtiriladigan jami pomidorning 25 %, bodringning 33 % Gollandiya issiqxonalarida yetishtiriladi. Issiqxonalarda issiqlikni saqlash uchun asosan oyna, plastik va plyonkadan foydalaniladi.
Gollandiyada issiqxona xo‘jaligi uchun ajratilgan yer maydoni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Shuni ham ta’kidlash mumkinki, bu mamlakatda 1994 yildan 2005 yilgacha bo‘lgan davrda issiqxona xo‘jaliklarining yer maydoni 13 ming gektardan 15 ming gektarga ko‘paygan. Gul yetishtiriladigan issiqxonalar 60 foizni tashkil etib, mahalliy tabiiy gaz yordamida isitiladi.
Gollandiya issiqxona xo‘jaliklari uchun urug‘ bilan ta’minlash 34 ta (sh.j. 16 ta xorijiy) urug‘chilik firmalari tomonidan amalga oshiriladi. Yangi navlar Davlat nav sinash tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan so‘ng davlat reestriga kiritiladi. Navlar 4 guruhga birlashtiriladi: A - katta maydonni egallagan asosiy nav va gibridlar, V – maxsus sharoitlarga tavsiya etilgan nav va gibridlar, O - kam tarqalgan nav va gibridlar, N - yangi navlar. Issiqxonalarda yetishtiriladigan sabzavot ekinlari urug‘chiligida YeIda Gollandiya firmalari yetakchilik qiladi.
Turkiyada issiqxona maydonlari kengayib bormoqda, ya’ni 2000 yilda 20500 ga.ni, 2010 yilda esa 33500 ga.ni tashkil etgan. 2000 yildan boshlab Turkiya o‘zining ichki bozorini to‘liq issiqxona sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlab (aholi sonini o‘sishiga qaramasdan), Rossiya va MDH davlatlariga eksport qilmoqda.
Bugungi kunda Turkiya issiqxona sabzavotchiligi sohasi ikkita xo‘jalik yuritish toifasidan iborat:
- an’anaviy kichik xo‘jaliklar, oddiy polimerli issiqxonalardan foydalanuvchi, maxsus kompaniyalarning texnik va infratuzilmaviy yordamlaridan foydalanmaydigan qishloq aholisi va fermerlar;
- maxsus oyna bilan qoplangan, mahsulot yetishtirish kompyuterlashtirilgan markazlar orqali boshqariladigan zamonaviy issiqxona komplekslari.
Turkiya Yevroosiyo mintaqasining yirik issiqxona sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar qatoriga kirgan. Issiqxonalarning asosiy qismi (95 %) O‘rta yer va Egey dengizi sohillarida, Istambuldan tortib to Xetey viloyatigacha bo‘lgan hududda joylashgan. Issiqxonalarning 94 foizida sabzavotlar, 5 foizida gullar va 1 foizida mevalar yetishtiriladi. Issiqxonalarda yetishtiriladigan sabzavotlarning 45 %i pomidor, 34 %i bodring, 11 %i shirin qalampir, 6 %i baqlajon, 1,4 foizi loviya va 2,6 %i boshqa mahsulotlar hisoblanadi.
Belarussiyada bugungi kunda 210 gektar maydonda 27 issiqxona komplekslari mavjud. 2010 yilda 40 ta energiya tejovchi issiqxonalar ishga tushirildi. Har yili yetishtiriladigan sabzavot mahsulotlarining 20-25 foizi issiqxona sabzavotchiligiga to‘g‘ri keladi.
So‘nggi 10 yilda issiqxonalarda sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 35 ming tonnadan, 69,5 ming tonnaga, aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan mahsulot esa qariyb 2 barobar ortgan. Eski issiqxonalarni modernizatsiya qilish, yangi resurs tejovchi issiqxonalar qurish natijasida 2012 yilda 100 ming tonna issiqxona sabzavotlari yetishtirish ko‘zda tutilgan. Bu aholini tibbiy me’yorlar bo‘yicha issiqxona sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlash imkoni beradi.
Minsk shahri va mamlakatning janubiy hududidagi yirik issiqxona kombinatlari (malakali mutaxassislar va infrutuzilmaga ega bo‘lgan) tarkibida yangi issiqxonalar qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirlarning bir qismi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda.
Zamonaviy resurs tejovchi issiqxonalarni qurish uchun import o‘rnini bosuvchi uskunalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. O‘simliklarni oziqlantirish, pomidor hosildorligini 10 %ga, bodring hosildorligini 15-20 %ga oshirish, issiqxonalarni konturli isitish, energiya tejovchi lampalar bilan yoritish uchun SO2 ni yuborishga mo‘ljallangan rekonstrutsiyalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Xulosa qilganda xorijiy davlatlarda issiqxona sabzavotchiligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlardan O‘zbekistonga qo‘llash mumkin bo‘lgan quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:
- zamonaviy yengil konstruksiyali, energiya tejovchi va muqobil energiya manbalari asosida ishlashga mo‘ljallab quriladigan issiqxona maydonlarini kengaytirish (Koreya va Xitoy tajribasidan);
- issiqxonada yetishtiriladigan sabavotlar urug‘chiligini rivojlantirish va urug‘ bilan ta’minlashning samarali usullarini joriy etish (gollandiya tajribasidan);
- issiqxona mahsulotlari yetishtiruvchi barcha turdagi xo‘jalik sub’ektlariga, xususan, ham yirik issiqxona kombinatlariga ham mayda oilaviy xo‘jaliklarga resurs ta’minoti masalalari va davlat tomonidan imtiyozlar berilishida bir xil teng shart-sharoitlar yaratish (Turkiya, Xitoy tajribasidan);
- issiqxona sabzavotchiligi bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasida o‘zaro kooperatsion aloqalarni rivojlantirish, kooperativlar va assotsiatsiyalar tomonidan tovar ishlab chiqaruvchilarning manfaatlarini himoya qilish tizimini joriy etish (Koreya, Xitoy tajribasidan);
- issiqxona sabzavotchiligini rivojlantirish maqsadida mahsulot yetishtiruvchilarga moliyaviy imtiyozlar berish, xususan, imtiyozli kreditlar ajratish, kreditlarning foiz stavkalarining bir qismi, shuningdek, sug‘urta mukofotlarining 50 foizini davlat tomonidan subsidiyalash (Turkiya tajribasidan);
- issiqxona sabzavotchiligi sohasini kadrlar bilan ta’minlash, xo‘jalik sub’ektlarining rahbarlari, agronomlari va xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha kurslar tashkil etish va xorijiy davlatlarga tajriba almashish tizimini joriy etish. Ushbu maqsadlarga sarflanadigan mablag‘larning 50 foizini mahalliy yoki davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish (Turkiya, Koreya, tajribasidan).




    1. Download 0,64 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish