Issiqxonalarda mahsulot yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi


ISSIQXONALARDA RESURSLARDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISH



Download 0,64 Mb.
bet3/12
Sana20.06.2022
Hajmi0,64 Mb.
#681467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KURS ISHI

2.ISSIQXONALARDA RESURSLARDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISH.

    1. Yer rusurslari va ulardan foydalanishni boshqarishni tashkil etish.

Issiqxonalarda yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlik materiallarini yetishtirish yoʻlga qoʻyilmaganligi ularni xorijdan import qilishga olib kelmoqda.
Resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarga asoslangan issiqxona xoʻjaliklarini jadal rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, sohani malakali mutaxassislar bilan taʼminlash hamda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida issiqxona xoʻjaligini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi.

  • meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash va eksport qilishning butun zanjirini oʻz ichiga oluvchi meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishning klaster shaklini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida joriy qilish;

  • energiyaning muqobil manbalari, energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy issiqxona komplekslarini yaratish;

  • issiqxona komplekslarini ular joylashgan hududning oʻziga xos xususiyatlari, tuproq-iqlim sharoitlari, yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari, tutash infratuzilma va logistika obyektlari, hududlarning energiya resurslari bilan taʼminlanish darajasi va issiqxona xoʻjaligi samaradorligiga taʼsir etuvchi boshqa omillarni hisobga olgan holda joylashtirish;

  • bozor konʼyunkturasi tahlili asosida va qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy usullarini qoʻllagan holda ishlab chiqarilayotgan ekologik toza meva-sabzavot mahsulotlari turlarini kengaytirish;

  • import qiluvchi davlatlar bilan yaqin aloqalar oʻrnatish va eksport qilinayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash yoʻli bilan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti geografiyasini kengaytirish va hajmini koʻpaytirish;

  • mazkur qaror talablari asosida issiqxona xoʻjaligi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, mehnat bozorida ushbu yoʻnalishdagi malakali mutaxassislarga boʻlgan talabni toʻliq qondirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan birgalikda Zamonaviy issiqxona komplekslari tashkil etish boʻyicha istiqbolli loyihalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq shakllantirilganligi maʼlumot uchun qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
bir hafta muddatda yoqilgʻi yoqish yoʻli bilan issiqlik yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona, muassasa va tashkilotlar (mazkur qarorga 2-ilovada keltirilgan korxonalarni qoʻshgan holda) reyestrining shakllantirilishini;
bir oy muddatda yoqilgʻi yoqish yoʻli bilan issiqlik yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar (birinchi navbatda, davlat ulushi 51 foiz va undan yuqori boʻlgan), muassasalar va tashkilotlarga tutash hududlarda zamonaviy issiqxona komplekslari joylashtirilishini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida taʼminlandi.
3. Tutash hududlarda, birinchi navbatda, zamonaviy issiqxona komplekslarini joylashtirish rejalashtirilayotgan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S. R. Xolmurodovga koʻrsatilgan roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berildi.
Mahalliy va xorijiy seleksiya navlarining mavjud kolleksiyasi asosida hosildorligi va sifati yuqori, zararkunanda va kasalliklarga chidamli, qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining navlari va duragaylarini yetishtirish tizimini yaratish;
- qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlari va duragaylarini yaratish boʻyicha ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib borishga koʻmaklashish;
- urugʻchilik sohasida kadrlar malakasini oshirishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga va taʼlim muassasalariga shartnomalar asosida amaliy yordam koʻrsatish.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 sentyabrga qadar:
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazining sifatni nazorat qilish laboratoriyasi negizida Urugʻ sifatini nazorat qilish boʻyicha halqaro uyushmadan (ISTA) akkreditatsiyadan oʻtkaziladigan, Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan laboratoriya amaliyotining xalqaro standartlari (GLP) boʻyicha zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarining nav, genetika va ekish sifat koʻrsatkichlarini baholash boʻyicha laboratoriya tashkil etilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi Urugʻ sifatini nazorat qilish boʻyicha xalqaro uyushmaga (ISTA) aʼzo sifatida kiritilishini taʼminlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar koʻrildi.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda:
birlamchi materiallar va donorlar toʻplanishini, tanlanishini oʻrganish, shuningdek, mavjud genetik resurslar va zamonaviy seleksiya usullarini qoʻllash asosida issiqxona xoʻjaliklari uchun jahon bozori talablariga mos keladigan, mazali sabzavot ekinlarining hosildorligi yuqori yangi navlari va duragaylarini yaratdi;
2019 yildan boshlab yetishtirishning gidroponika usuli qoʻllaniladigan issiqxona komplekslari uchun sabzavot ekinlarining hosildorligi va sifati yuqori boʻlgan, transportda tashishga moʻljallangan, jahon bozori talablariga mos keladigan navlari va duragaylarini yaratish boʻyicha 5 yillik davr uchun ilmiy loyihalarning respublika grant tanlovlarini tashkil etildi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Samarqand viloyati Samarqand tumanida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi axborot-maslahat markazini (ekstenshn markazini) (keyingi oʻrinlarda — markaz) tashkil etish boʻyicha dastlabki loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullandi.
Samarqand viloyati hokimligi bir oy muddatda tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda markaz tashkil etilishi, joylashtirilishi va faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilishini taʼminlandi.
5. Quyidagilar:
a) markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib:
qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarga axborot va maslahat xizmatlari koʻrsatish;
qishloq xoʻjaligi sohasidagi innovatsion ishlanmalar va ilgʻor tajribani oʻzlashtirish hamda joriy etishda qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarga koʻmaklashish;
qishloq xoʻjaligi sohasiga ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqarishga joriy qilish uchun tayyor ilmiy ishlanmalar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yaratish;
b) markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib:
faoliyat sohasi boʻyicha shartnoma asosida bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlardan tushumlar;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda kreditlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2019 yil yakuniga qadar dastlabki loyiha natijalarini tahlil qilsin va natijalari boʻyicha ijobiy tajribani boshqa hududlarda tatbiq etish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab “Issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish va yuritish”, “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik”, “Oʻsimliklarni himoya qilish” ixtisosliklari yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash yuzasidan qabul kvotalarini kamida 2 barobar oshirish toʻgʻrisida takliflar kiritildi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2020 yil yakuniga qadar Oʻsimliklar milliy genofondining issiqxona komplekslari uchun qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari bilan boyitilishini taʼminlandi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2019 yilning 1 martiga qadar issiqxona xoʻjaliklarining yagona maʼlumotlar bazasi toʻliq ishlashini va ularda ishlab chiqarilgan meva-sabzavot mahsulotlarining tizimli hisobi yuritilishini oʻz mablagʻlari hisobidan taʼminlandi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yoʻlga qoʻyish uchun mazkur mahsulotlarni import qiluvchi mamlakatlarning, birinchi navbatda, Xitoy, Hindiston, Koreya Respublikasi va Yaponiyaning karantin ruxsatini olishda tizimli asosda koʻmaklashildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga toʻsqinlik qilayotgan masalalarni tezkor hal etish chora-tadbirlarini, shu jumladan, muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilyabdi.
11. “Oʻzeltexsanoat” AK Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2022 yil oxiriga qadar issiqxona komplekslari uchun sirkulyatsion, tortuvchi ventilyatorlar va boshqa uskunalar, asbob va jihozlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha choralar koʻrilyabdi. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda issiqxona komplekslari uchun zarur boʻlgan uskunalar, asboblar va mexanizmlar roʻyxatini “Oʻzeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasiga taqdim etilishini taʼminlanyabdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi issiqxonalar komplekslariga talab etiladigan uskunalar, asboblar va mexanizmlar ishlab chiqarish uchun “Oʻzeltexsanoat” AK tomonidan taqdim etilgan loyiha hujjatlari asosida chet el investorlarini jalb etilmoqda.
12. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari S. R. Xolmurodovga — hududlarda zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining mablagʻlarini jalb qilish, shuningdek, zamonaviy issiqxona komplekslarida meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va salohiyatli investorlarni izlash boʻyicha vazirliklar, idoralar va ishchi guruhlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I. Yu. Abdurahmonovga — urugʻchilikning zamonaviy tizimini shakllantirish, birlamchi urugʻchilik, yangi va istiqbolli navlarni sinash bilan shugʻullanuvchi urugʻchilik klasterlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa korxonalar faoliyatini samarali tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri B. T. Yusupovga — issiqxona xoʻjaligi sohasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda tadbirkorlik subyektlariga axborot-maslahatlar bilan koʻmaklashish, markazning faoliyatini samarali tashkil etish, shuningdek, hokimlar bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun;
“Oʻzeltexsanoat” AK boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi A. A. Abdullayevga — issiqxona komplekslari uchun uskunalar, asboblar va mexanizmlar ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklandi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritildi.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z. Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O. B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B. M. Mavlonov zimmasiga yuklandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Toshkent shahri, 2019-yil 20-mart
















Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish