O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI 64-21 GURUH TALABASI ISMOILOVA MOXLAROYNING ORGANIK KIMYO FANIDAN TAQDIMOTI
Qabul qildi: __________________
2022 YIL. Kimyoviy masalalar klassifikatsiyasi Kimyoviy masalalar yechish politexnika, o’qitishni turmush bilan bog’lash, kasb tanlash, mehnatsevarlik maqsadga intilish, dunyoqarashni shakllanishi, fanlararo aloqadorlikni ta’minlash kabi hollar katta ahamiyat kasb etadi. Masalalar yechish, o’quvchida rivojlanish funksiyalarida katta rol o’ynaydi. Rivojlanish fikrlashning turli usullari, bilimlarning haqiqiy qo’llanishi, o’z-o’zini nazorat qilish, ko’nikmalarni hosil qiladi. Eng muhimi o’quvchida mustaqillikni rivojlantiradi.
Masalalar yechish jarayonida tayanch bilimlar tadbiq etiladi va natijada moddalar va kimyoviy jarayonlar haqidagi bilimlar mustahkamlanadi va takomillashadi. Masala yechish jarayonida muammolar o’z yechimini topadi. Ayniqsa bu hol sifatga doir masalalar yechishda ko’proq qo’llaniladi. Masala yechish jarayoni abstrakt holatlardan aniq yechimlarga olib keladi.
Amaliyotda esa bu metodologik aspektni o’z boshidan kechiradi va abstrakdan fikrlashga, undan amaliyotga - oddiydan murakkabga beriladi. Masalalar yechish turiga ko’ra masalalar sifatiga va hisoblashga doir bo’ladi.
Kimyoda sifatga doir- masalalarning ko’p qo’llanadigan tiplari quyidagilar:
Tavsiflangan va kuzatilgan hodisalarni izohlash. M: Nima sababdan kalsiy karbonat bilan sulfat kislota orasidagi reaksiya kuchli boshlanadi - yu keyin to’xtab qoladi? Yoki nima uchun quruq ammoniy karbonat qizdirilganda boshqa modda hosil bo’ladi?
Aniq moddaning xarakteristikasi: xlorid kislota qanday moddalar bilan va nima uchun reaksiyaga kirishadi.
Moddalarni bilish: Qaysi probirkada kislota, ishqor, tuz borligini aniqlang. Qaysi probirkada xlorid kislota, sulfat kislota, nitrat kislota berilganini aniqlang.
Moddaning sifat tarkibini isbotlash; Ammoniy xlorid tarkibida ammoniy ioni va xlor ioni borligini qanday isbotlaysiz?
Aralashmalarni ajratish va toza modda olish: Qanday qilib, uglerod (IV)-oksidi aralashmasidan kislorodni tozalash mumkin?
Moddalarni olish: Ma’lum bo’lgan barcha usullar bilan rux xloridni olish. Masalani og’zaki, yozma yoki eksperimental holda yechish mumkin..
Kimyoda hisoblashga doir masalalar - VII sinf masalalari «massa» tushun-chasiga moslashgan. VIII sinfda esa kimyoda miqdoriy nisbatlarga mos masalalar yechiladi. O’quvchilarda shunday fikr shakllanishi kerakki, moddalar bir - biri bilan qat’iy belgilangan miqdorda birikadilar.
Hisoblashga doir masalalar tiplari quyidagilar: VII sinfda formulalar bo’yicha hisoblash:
a). moddaning nisbiy molekulyar massasi bo’yicha hisoblash;
b). murakkab modda tarkibida element atomlarining massasini aniqlash;
v). elementning moddadagi foiz miqdorini aniqlash;
Yechish: Eritmada erigan moddaning foiz miqdorini aniqlash:
VIII sinfda formulalar bo’yicha hisoblash:
a). aniq miqdordagi moddaning massasini hisoblash;
b). gazlarning massasi va hajmini topish (normal sharoitda);
v). gazlarning nisbiy zichligini hisoblash
Yechish: Tenglamalar asosida hisoblash
a). reaksiyaga kirishgan va hosil bo’lgan modda yoki gazlarning aniq miqdorini hisoblash;
b). kimyoviy tenglamalar bo’yicha gazlarning hajmiy nisbatini hisoblash;
v). termokimyoviy tenglamalar asosida hisoblash.
IX sinf uchun. Tenglamalar asosida hisoblash:
a). reaksiyaga kirishuvchi moddalarning birortasi ortiq olingan taqdirda kimyoviy tenglamalar asosida hisoblash;
b). nazariy hisoblashga qaraganda hosil bo’lgan moddaning massa miqdorini aniqlash;
v). ma’lum miqdor qo’shimchalari bo’lgan boshlang’ich moddadan reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddaning miqdorini aniqlash.
X sinf uchun. Formulani topishga doir hisoblash
Gazsimon moddalarning molekulyar formulasini elementlar (% da) zichligi va massa miqdori asosida hisoblash.
Kimyoviy masalalarni yechishda bir xil metodik uslubni qo’llash kerak.
O’quvchilarga masala yechishda tanlashda, o’qituvchi ularni quyidagi maqsadlar asosida tanlashi lozim.