Ismoilova moxlaroyning organik kimyo fanidan



Download 1,04 Mb.
Sana22.11.2022
Hajmi1,04 Mb.
#870657
Bog'liq
Kimyoviy masalalar klassifikatsiyasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
64-21 GURUH TALABASI
ISMOILOVA MOXLAROYNING
ORGANIK KIMYO FANIDAN
TAQDIMOTI
Qabul qildi: __________________

2022 YIL.
Kimyoviy masalalar klassifikatsiyasi
Kimyoviy masalalar yechish politexnika, o’qitishni turmush bilan bog’lash, kasb tanlash, mehnatsevarlik maqsadga intilish, dunyoqarashni shakllanishi, fanlararo aloqadorlikni ta’minlash kabi hollar katta ahamiyat kasb etadi. Masalalar yechish, o’quvchida rivojlanish funksiyalarida katta rol o’ynaydi. Rivojlanish fikrlashning turli usullari, bilimlarning haqiqiy qo’llanishi, o’z-o’zini nazorat qilish, ko’nikmalarni hosil qiladi. Eng muhimi o’quvchida mustaqillikni rivojlantiradi.
Masalalar yechish jarayonida tayanch bilimlar tadbiq etiladi va natijada moddalar va kimyoviy jarayonlar haqidagi bilimlar mustahkamlanadi va takomillashadi. Masala yechish jarayonida muammolar o’z yechimini topadi. Ayniqsa bu hol sifatga doir masalalar yechishda ko’proq qo’llaniladi. Masala yechish jarayoni abstrakt holatlardan aniq yechimlarga olib keladi.
Amaliyotda esa bu metodologik aspektni o’z boshidan kechiradi va abstrakdan fikrlashga, undan amaliyotga - oddiydan murakkabga beriladi. Masalalar yechish turiga ko’ra masalalar sifatiga va hisoblashga doir bo’ladi.
Kimyoda sifatga doir- masalalarning ko’p qo’llanadigan tiplari quyidagilar:
Tavsiflangan va kuzatilgan hodisalarni izohlash. M: Nima sababdan kalsiy karbonat bilan sulfat kislota orasidagi reaksiya kuchli boshlanadi - yu keyin to’xtab qoladi? Yoki nima uchun quruq ammoniy karbonat qizdirilganda boshqa modda hosil bo’ladi?
Aniq moddaning xarakteristikasi: xlorid kislota qanday moddalar bilan va nima uchun reaksiyaga kirishadi.
Moddalarni bilish: Qaysi probirkada kislota, ishqor, tuz borligini aniqlang. Qaysi probirkada xlorid kislota, sulfat kislota, nitrat kislota berilganini aniqlang.
Moddaning sifat tarkibini isbotlash; Ammoniy xlorid tarkibida ammoniy ioni va xlor ioni borligini qanday isbotlaysiz?
Aralashmalarni ajratish va toza modda olish: Qanday qilib, uglerod (IV)-oksidi aralashmasidan kislorodni tozalash mumkin?
Moddalarni olish: Ma’lum bo’lgan barcha usullar bilan rux xloridni olish. Masalani og’zaki, yozma yoki eksperimental holda yechish mumkin..
Kimyoda hisoblashga doir masalalar - VII sinf masalalari «massa» tushun-chasiga moslashgan. VIII sinfda esa kimyoda miqdoriy nisbatlarga mos masalalar yechiladi. O’quvchilarda shunday fikr shakllanishi kerakki, moddalar bir - biri bilan qat’iy belgilangan miqdorda birikadilar.
Hisoblashga doir masalalar tiplari quyidagilar: VII sinfda formulalar bo’yicha hisoblash:
a). moddaning nisbiy molekulyar massasi bo’yicha hisoblash;
b). murakkab modda tarkibida element atomlarining massasini aniqlash;
v). elementning moddadagi foiz miqdorini aniqlash;
Yechish: Eritmada erigan moddaning foiz miqdorini aniqlash:
VIII sinfda formulalar bo’yicha hisoblash:
a). aniq miqdordagi moddaning massasini hisoblash;
b). gazlarning massasi va hajmini topish (normal sharoitda);
v). gazlarning nisbiy zichligini hisoblash
Yechish: Tenglamalar asosida hisoblash
a). reaksiyaga kirishgan va hosil bo’lgan modda yoki gazlarning aniq miqdorini hisoblash;
b). kimyoviy tenglamalar bo’yicha gazlarning hajmiy nisbatini hisoblash;
v). termokimyoviy tenglamalar asosida hisoblash.
IX sinf uchun. Tenglamalar asosida hisoblash:
a). reaksiyaga kirishuvchi moddalarning birortasi ortiq olingan taqdirda kimyoviy tenglamalar asosida hisoblash;
b). nazariy hisoblashga qaraganda hosil bo’lgan moddaning massa miqdorini aniqlash;
v). ma’lum miqdor qo’shimchalari bo’lgan boshlang’ich moddadan reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddaning miqdorini aniqlash.
X sinf uchun. Formulani topishga doir hisoblash
Gazsimon moddalarning molekulyar formulasini elementlar (% da) zichligi va massa miqdori asosida hisoblash.
Kimyoviy masalalarni yechishda bir xil metodik uslubni qo’llash kerak.
O’quvchilarga masala yechishda tanlashda, o’qituvchi ularni quyidagi maqsadlar asosida tanlashi lozim.
Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish