O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAGISTRATURA BO’LIMI
Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi(matematika)
ta’lim yo’nalishi
1-kurs magistranti Ismatov Qurbonning
Mavzu: Chiziqli operatorlar spektri va rezolventasi
Ilmiy rahbar:katta o’qituvchi Do’stov S
NAVOIY-2021
REJA:
I.Kirish .
II.Asosiy qism:
1. Operator va chiziqli operator tushunchalari
2. Operatorning nuqtada uzluksizlik va uzluksizlik ta’riflari
3. Chiziqli operatorlarga misollar
4. Qo‘shma operatorlar
5. Chiziqli operatorning spektri va rezolventasi
III. Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati
Kirish.
Jahon ta’limi taraqqiyoti tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti ta’limning takomillashishi va taraqqiy etishi bilan chambarchas bog’liqdir.
Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Miziyoyev :”Matematika ko’p fanlarga yo’l ochadi”,-deb alohida ta’kidlaganlar.Matematika fanining tamal toshini Al-Xorazmiy,Ahmad Farg’oniy,Abu Rayhon Beruniy kabi ulug’ bobolarimiz qo’ygan.Bu bizning qonimizda bor.Bugun bu fanni rivojlantitishdan maqsad – matematika bo’yicha raqobat muhitini yaratish,sanoat,muhandislik yo’nalishlari,matematik bililmlarni puxta va izchil tarzda kelajak avlodga beradigan yetuk kadrlar tayyorlash.Shuning uchun matematika yo’nalishlaridagi oliy o’quv yurtlaridagi darslarni muvofiqlashtiradigan tizim yo’lga qo’yilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan oxirgi besh-o’n yilda matematika yo’nalishi bo’yicha universitetlarni bitirgan yoshlarni topib,istagiga qarab qayta tayyorlab fan nomzodlarini oliy ta’lim muassasalariga ishga jalb etish muhimligi ta’kidlandi.Matematika sohasida doimiy tajriba almashinuvini yo’lga qo’yish bo’yicha ko’rsatma berildi.Va bu so’zlarni qonuniy asoslab,prezidentimiz “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash” to’g’risidagi qarorni imzoladi.
Bu tashabbuslarning samarasi o’laroq institutlarda funksional analiz,differensial tenglamalar,ehtimollar nazariyasi va algebra bo’yicha ilmiy maktablar shakllandiva muvaffaqqiyatli rivojlanmoqda.Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirish ,fundamental,qidiruv va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib boorish,oliy ta’limdan keying ta’lim institutlarining faoliyati va ilmiy kadrlar tayyorlash samaradorligini ta’minlash ,jahonning yetakchi ilmiy markazlari va universitetlari bilan xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Biz ham mana shu berilayotgan e’tiborga loyiq bo’lish maqsadida o’z mutaxassisligimiz fanlaridan o’zimiz qiziqqan mavzuda kurs ishi yozdik.Mazkur kurs ishi “Chiziqli uzluksiz operatorlar fazosi’’ deb nomlanib, kurs ishini bajarish uchun lozim bo’lgan asosiy tushuncha va teoremalar keltirilgan, mustaqil yechish uchun misollar tavsiya qilingan.
Kurs ishida teorema,ta’rif, har bir reja bo‘yicha misollar, formulalar berilgan, ularga ko‘rsatmalar va nomeri qayd qilingan.
Xulosa qismida qilingan ishlar, ishning ta’lim jarayonidagi ahamiyati haqida umumiy fikrlar bayon etilgan.
Kurs ishi so`ngida foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |