Ismailova Zukhra Karabayevna, Maxsudov Po’lat Maxsudovich, Ergashev Oybek Karimovich


YII-BOB. MAXSUS FANLARNI O‘QITISHDA MUAMMOLI VA



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/222
Sana01.01.2022
Hajmi3 Mb.
#291914
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   222
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

YII-BOB. MAXSUS FANLARNI O‘QITISHDA MUAMMOLI VA 
INTYERFAOL METODLAR 
 
Tayanch  so‘z  va  iboralar:
 
Muammoli  ta’lim,  muammoli  bayon  etish,  muammoli 
vaziyat,  muammoli  vaziyat  yaratish  metodikasi,  hamkorlikda  o‘qitish,  interfaol 
metodlar, ta’lim strategiyalari, grafik organayzerlar. 
 
7.1. Muammoli ta’lim konsepsiyasining mazmuni va maqsadi. 
 
 
  
Muammoli  ta’lim  konsepsiyasi  ta’lim  oluvchi  faoliyatini  faollashtirish  va 
jadallashtirishga  asoslangan.   Muammoli  ta’lim  texnologiyasining   asosi  –ta’lim 
oluvchining  fikrlashi  muammoli  vaziyatni  hal  etishdan  boshlanishi  hamda  uning 
muammolarni  aniqlash,  tadqiq  etish  qobilyatigi  ega  ekanligidan  kelib  chiqadi. 
Muammoli  ta’lim  ta’lim  oluvchilarning  ijodiy  tafakkuri  va  ijodiy  qobiliyatlarini 
o‘stirishda katta ahamiyatga ega.  
Muammoli ta’limning bosh maqsadi – ta’lim oluvchilarning muammoni to‘liq 
tushunib  yetishiga  erishish  va  ularni  hal  eta  olishga  o‘rgatishdan  iborat.  Bunday 
darslarda ko‘zlangan maqsad  o‘quv jarayonini yanada takomillashtirishning asosiy 
yo‘nalishlari  ta’lim  oluvchilarning  bilish  faoliyatini  faollashtirish,  mustaqilligini 
rivojlantirish, o‘qitishning eng samarali shakl va metodlaridan foydalanishdir.
  
Muammoli  ta’limning  asosida  amerikalik  psixolog,  faylasuf  va  pedagog 
Dj.Dyui  g‘oyalari  yotadi.  U  1894  yilda  Chikago  shahrida  o‘qitish  asosini  rejasi 
emas,  balki  o‘yinlar  va  mehnat  faoliyati  tashkil  etgan  tajriba  maktabini  tashkil 
qilgan. Muammoli ta’lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan buyon shakllanib 
kelgan.  Jumladan,  qadimgi  Gretsiyada  muammoli  savol-javoblar,  qadimgi 
Xindiston va Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan 
  Muammoli  o‘qitishni  o‘rganish  XX  asrning  60  yillarida  boshlangan. 
Fikrlash  psixologiyasi  nuqtai  nazardan  muammoli  o‘qitish  g‘oyasi  va  prinsiplari 
S.L.Rubinshteyn,  M.I.Maxmutov,  V.Okon,  I.Ya.Lerner  kabi  olimlar  tomonidan 
ishlab chiqilgan. 
 Muammoli  ta’lim  -  ta’lim  oluvchining  muammoli  taqdim  etilgan  ta’lim 
mazmuni bilan faol o‘zaro bog‘lanishini tashkil etadi. Bu jarayonda ta’lim oluvchi 


 
151 
ilmiy  bilimlarning  ob’ektiv  zidliklari  va  ularning  yechimlariga  yaqinlashadi, 
fikrlash va bilimlarni ijodiy o‘zlashtirishga o‘rganadi.   
Muammoli ta’lim texnologiyasining maqsadlari: 

 
ta’lim oluvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish; 

 
bilimlar mustahkamligini oshirish; 

 
mustaqil faoliyat yo‘llarini o‘zlashtirish; 

 
izlanishga  qaratilgan ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish; 

 
bilish va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish.  
Muammoli  o‘qitish  texnologiyasida  pedagogik  jarayon  samaradorligi 
omillari: 

 
o‘quv materialiningmuammoli shaklda berilishi; 

 
ta’lim oluvchilarning faolligi; 

 
ta’limni hayot, o‘yin, mehnat bilan bog‘liqligi. 
             Muammoli  ta’limning  asosiy  g‘oyasi  bilimlarni  ta’lim  oluvlarga  tayyor 
holda  berish  emas,  ular  tomonidan  dars  mavzusiga  tegishli  muammolar  bo‘yicha 
o‘quv-tadqiqotlarini bajarish asosida o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat.  
O‘zbekistonda  muammoli  ta’limni  qo‘llash  bo‘yicha  bir  necha  asrlar 
davomida ta’lim muassasalarida  Suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish 
asosida  ta’lim  oluvchilarda  ziyraklik,  hozirjavoblik  sifatlari  hamda  chiroyli  nutq 
tarkib  toptirilgan.  Suqrotona  savol-javob  usuli  hozirgacha  eng  samarali  ta’lim 
usullaridan  biri  sifatida  qo‘llaniladi.  Bunda  ta’lim  oluvchi  chuqur  mantiqiy 
fikrlashga,  ziyraklikka,  aniq  va  to‘g‘ri  so‘zlashga,  nutqning  mantiqiyligi  va 
ravonligiga  hamda  tanqidiy,  ijodiy  fikrlashga  o‘rgatilgan.  Masalan,  suqrotona 
suhbatlar  deganda  o‘qituvchining  ta’lim  oluvchini  mustaqil  va  faol  fikrlash 
jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi noto‘g‘ri jihatlarni ziyraklik bilan 
aniqlagan  holda  ularni  tuzatish  yo‘liga  olib  chiqishdan  iborat  usullar  nazarda 
tutiladi.  
Bunday suhbat bosqichlarini quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin: 

 
Savol-javoblar  orqali  ta’lim  oluvchining  bilim  darajasi  va  fikrlash 
qobilyatini umumiy tarzda aniqlash; 


 
152 

 
O‘rganilayotgan  mavzuning  mazmunini  ta’lim  oluvchi  qiziqishlariga 
muvofiqlashtirish.  Bu  asosan  ta’lim  oluvchining  qiziqish  va  qobilyatlarigi 
mos bo‘lgan misollar tanlash orqali amalga oshiriladi. 

 
Ta’lim  oluvchini  faol  muloqotga  olib  kirish.  Bunda  asosan  rag‘batlantirish 
usullaridan foydalaniladi;  

 
O‘qituvchi  o‘zini  bilmaydigan  kishidek   tutib   savollar  berib  boradi. 
Ta’lim  oluvchini  to‘g‘ri  fikrlarini  maqtash  orqali  uni  yanada  erkin  va 
chuqurroq fikrlashga, so‘zlashga jalb qilish.  

 
Ta’lim oluvchining hato fikrlarini aniqlab borish. 

 
Ta’lim  oluvchining  hato  fikrlariga  nisbatan  to‘g‘ri  fikrni  o‘qituvchi 
tomonidan yaqqol mantiqiy asoslangan shaklda bayon qilish yoki tutuntirish 
orqali ta’lim oluvchi uchun muammoli vaziyat yaratiladi va ta’lim oluvchini 
o‘z hatolarini o‘zi tuzatishiga yo‘naltiriladi. 
Bundan  ko‘rinib turibdiki, ushbu usul yuqori  natija berishi shubhasiz bo‘lib, 
ammo  buning  jiddiy  shartlari  ham  mavjud.  Bular  o‘qituvchining  o‘z  sohasi 
bo‘yicha  keng  bilimga  va  ijodiy  fikrlash  qobilyatiga,  yuqori  muloqot 
madaniyatiga, pedagogik mahoratga ega bo‘lishigini talab etadi. 
O‘quv  materialini  muammoli  bayon  qilish  shunday  tuziladiki,  bunda 
o‘qituvchining  o‘zi  muammo  qo‘yadi,  o‘zi  uni  hal  etadi,  ta’lim  oluvchilarga 
muammoni  hal  etish  namunasini  ko‘rsatadi.  U  ta’lim  oluvchilar  tafakkurini  turli 
usullar  bilan  faollashtiradi,  ular  ham  muammoning  qanday  hal  etilishini  kuzatib 
boradilar.  O‘qituvchi  ta’lim  oluvchini  muammoni  hal  etishning  ishtirokchisiga 
aylantirgan  holda  muammoli  bayon  qilish  eng  ko‘p  samara  keltiradi.  Bunda 
o‘qituvchi  fikr  yuritishni  faollashtirishning  tajribalar  o‘tkazish,  videofilmlar, 
virtual  lavhalarni  namoyish  qilish,  masalalar  qo‘yish  hamda  ta’lim  oluvchilarning 
tajriba  boshlanishidan  oldin  turli  taxminlarni  aytishlari  singari  vositalardan 
foydalanadi.  Shu  tarzda  ta’lim  oluvchilarning  tajribaga  jiddiy  e’tiborini  jalb 
qilishga, 
ularni 
fikr 
yuritish 
faoliyatiyaga, 
tajriba 
ma’lumotlarini 
umumlashtirishga, xulosalarni ta’riflashga jalb etishga erishiladi. 


 
153 
Ammo  ta’lim  oluvchilar  o‘qituvchi  muammoni  hal  etish  sari  qanday  yo‘l 
bilan  borayotganligini  faqat  kuzatib  tursalar,  ilmiy  fikr  yuritish  metodini  egallay 
olmaydilar. Ta’lim oluvchilarning o‘zlarini izlanish faoliyatiga asta-sekin jalb etish 
ana shu maqsadga xizmat qiladi. 
Muammoli ta’limda qisman izlanma va evristik qidiruv metodlarini qo‘llash 
mumkin  bo‘ladi.  Bunda  o‘qituvchi  ta’lim  oluvchilar  oldiga  qator  izchil  va  o‘zaro 
uzviy  bog‘liq  bo‘lgan  savollar  majmuini  qo‘yadi.  Ta’lim  oluvchilar  ularga  javob 
berganda  qandaydir  shakllarni  aytadilar.  Aytganlari  to‘g‘ri  ekanligini  mustaqil 
isbotlashga  harakat  qiladilar.  Shu  bilan  birga  yangi  bilimlarni  o‘zlashtirishda 
mustaqil  ravishda  oldinga  siljishni  amalga  oshiradilar.  Agar  evristik  suhbatda 
bunday  tahminlar  yangi  mavzuning  faqatgina  biror  qismiga  aloqador  bo‘lsa, 
muammoli  –  qidiruv  suhbatda  ta’lim  oluvchilar  muammoli  vaziyatning  butun  bir 
tizimini  yechadilar.Ta’limning  muammoli  –  qidiruv  metodlarida  ko‘rgazmali 
ko‘rsatmalar esda saqlashni faollashtirish maqsadida emas, balki darsda muammoli 
vaziyatni yaratadigan eksperimental masalalarni qo‘yish uchun ishlatiladi. 
 Ammo  shuni  nazarda  tutish  kerakki,  muammoli  o‘qitish  ta’lim  jarayoniga 
asta-sekin,  ta’lim  oluvchilarni  muammoli  bayon  qilish  jarayonida  va  qisman-
izlanma faoliyatidan foydalanish jarayonida tayyorlash yo‘li bilan kiritilishi kerak. 
Butun  o‘quv  materialini  muammoli  yo‘l  bilan  o‘rganish  mumkin  deb  o‘ylash 
yaramaydi.  O‘quv  materialining  ko‘p  qismi  o‘qituvchining  oddiy  bayoni 
yordamida,  ta’lim  oluvchilarning  darslik  va  boshqa  ma’lum  metodlar  orqali 
materilni mustaqil o‘rganishi yordamida ham o‘rganib kelindi 
va  o‘rganiladi.  Muammoli  o‘qitishda  o‘qituvchi  aniq  o‘quv  maqsadlariga 
yo‘naltirilgan  savollar  va  topshiriqlar  ishlab  chiqadi.  Muammoli  savollarni  hal 
etishda 
yoki 
topshiriqlarni 
bajarishda 
o‘quvchilarning  aniq  maqsadga 
yo‘naltirilgan harakatiga turtki beradi va jarayonni nazorat qiladi. O‘quvchi esa o‘z 
ta’limining  faol  qatnashchisi  bo‘lib  qoladi.  Muammoli  o‘qitishning  mohiyati 
shundaki  ta’lim  oluvchilar  o‘zlari  muammoni  mustaqil  yechishlari  kerak.  Shu 
sababli ham o‘quv materiallari va topshiriqlar tizimi shunday tuzilishi kerakki ular 
asosan mustaqil fikr yuritishga va o‘rganishga qaratilishi lozim. 


 
154 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish