Ismailova Zukhra Karabayevna, Maxsudov Po’lat Maxsudovich, Ergashev Oybek Karimovich


 Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida talabalarning mustaqil ta’lim



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/222
Sana01.01.2022
Hajmi3 Mb.
#291914
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   222
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

 
6.4. Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida talabalarning mustaqil ta’lim 
keyslardan foydalangan holda tashkil etish 
 
  “Case-study”  inglizcha  ibora  bo‘lib,  tarjimada  “o‘qitishning  muayyan 
vaziyatlar”  uslubi  yoki  o‘qitishning  “vaziyatlar  tahlili”  us-lubi  kabi  ma’nolarni 
anglatadi.  Ingliz  tilida  “Case  method”  shaklida  ham  qo‘llaniladi.  O‘qitish 
amaliyotida  undan  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  tadbirkorlikka  oid  vaziyatlarni  tavsiflash 
vositasi  sifatida  foydalaniladi.  “Case-study”  bilan  ishlash  jarayonida  ta’lim 
oluvchilar: 

 
vaziyatni tahlil qiladilar;  

 
muammolar mohiyatini aniqlaydilar; 

 
muammolarga yechimlar taklif qiladilar; 

 
taklif qilingan yechimlar orasidan eng yaxshilarini tanlay-dilar.
 
Keyslar, ayni shu kunda hukm surib turgan  vaziyat  tavsifi si-fatida amaldagi 
yoki ularga juda yaqin turgan daliliy material-larni ifodab turadi. 
“Case-study” uslubi ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida 1870 
yilda  qo‘llanilgan.  1924  yilda  Garvard  biznes  maktabi  (HBS)  o‘qituvchilari 


 
146 
yuristlarni  o‘qitish  tajribasiga  ta-yanib,  iqtisodiyotga  oid  aniq  vaziyatlarni  tahlil 
etish va muhokama qilishni asosiy ta’lim uslubi qilib tanlashganidan va mazkur us-
lubning ta’lim amaliyotida juda yaxshi natijalar berayotganiga to‘-la ishonch hosil 
qilinganidan so‘ng, u tezda boshqa ta’lim muassa-lari orasida ham keng tatbiq etila 
boshladi.   
 1950-yillardan  boshlab  “sase-study”  uslubi  G‘arbiy  Yevropa  ta’lim 
muassasalarida  ham  qo‘llanila  boshlangan.  2000-yillardan  boshlab,  ushbu  uslub 
ko‘plab  xorijiy  davlatlarda  tabiiy  va  texnik  fanlarni  o‘qitish  jarayonida  keng 
qo‘llanilib  kelinmoqda.  Ayrim  joylarda  “sase-study”  uslubi  texnologiyaga, 
turizmga  va  tibbiyotga  oid  fanlarni  o‘qitish  jarayoniga  ham  tadbiq  etib 
ko‘rilmoqda. 
Keyslar o‘qitishningmaqsad va vazifalariga ko‘ra: 

 
keng tarqalgan muammolarga yechim topishni o‘rgatish; 

 
alohida muammolarga yechim topish; 

 
vaziyatni tahlil qilish va unga baho berish tamoyillarini o‘rgatish;  

 
muayyan  misol  asosida  muayyan  uslubiyot  yoki  yondashuvni  ama-liyotga 
qo‘llashni namoyish qilish.  
Keyslar tarkibiy tuzilishiga ko‘ra: 

 
tarkibiy  qismlardan  iborat  keyslar  –  aniq  raqam  va  dalillar  asosida 
vaziyatning  qisqa  va  aniq  bayoni.  Bunday  turdagi  keyslar  uchun  aniq  miqdordagi 
to‘g‘ri  javoblar  mavjud  bo‘ladi.  Bu  javoblar  ta’lim  oluvchining  u  yoki  bu  aniq 
bilimlar  sohasiga  oid  formulalar,  ko‘nikmalar  yoki  uslublardan  faqat  bittasini 
tanlab olish ko‘nikmasini baholash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi; 

 
tarkibiy  qismlarga  ega  bo‘lmagan  yirik  keyslar  –  bunday  keyslar  juda  ko‘p 
miqdordagi  ma’lumotlarga  ega  bo‘ladi  va  ular  ta’lim  oluvchilarning  fikr  yuritish 
stillarini  va  tezligini,  ma’lum  bir  sohada  asosiy  narsani  ikkinchi  darajadagi 
narsalardan ajrata olish qobiliyatini baholashga mo‘ljallanadi. 

 
Kashfiyotchlik  keyslari  –  bunday  keyslar  qisqa  va  uzun  ko‘ri-nishda  ham 
bo‘lishi  mumkin.  Ta’lim  oluvchilar  tomonidan  kashfi-yotchilik  keyslarining 
yechilishi jarayonini kuzatish ularning no-standart fikrlash qobiliyatlarini, berilgan 


 
147 
aniq  vaqt  mobaynida  nechta  kreativ  g‘oya  bera  olishlarini  baholash  imkonini 
beradi. Keysni yechish jarayoni jamoaviy shaklda amalga oshirilayotgan hol- larda 
bunday  keyslar  vositasida  alohida  talabaning  boshqalar  fikrini  ilg‘ab  olishi,  uni 
rivojlantirishi  va  amalda  qo‘llashi  qobiliyatlarini  ham  baholab  borish  mumkin 
bo‘ladi. 

 
Ixcham  qoralama  (ishlanma)lar  –  asosiy  tushunchalar  bilan  tanishtiradi, 
o‘rganilayotgan  o‘quv  fani  bo‘limiga  yoki  tor  sohaga  oid  bilimlarni  amaliyotga 
tadbiq etishni talab qiladi. 
Keyslar taqdimot shakliga ko‘ra: 

 
Videokeyslar. 
Keyslar hajmiga ko‘ra: 

 
To‘liq  keyslar  (o‘rtacha  20  –  25  sahifa),  bunday  keyslar  bir  necha  kun 
mobaynida  jamoa  bo‘lib  ishlash  uchun  mo‘ljallangan  bo‘la-di  va  tayyorlangan 
yechimni odatda ham jamoaviy tartibda taqdim etilishini nazarda tutadi; 

 
Qisqa  keyslar  (3  –  5  sahifa)  –  o‘quv  mashg‘uloti  paytida  barcha  talabalar 
ishtirokida muhokama qilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi; 

 
Mini-keyslar  (1  –  2  sahifa)  –  qisqa  keyslardek  o‘quv  mashg‘u-loti  paytida 
barcha  talabalar  ishtirokida  muhokama  qilish  uchun  mo‘ljallangan  bo‘ladi,  lekin 
ko‘proq  ma’ruza  mashg‘ulotlarida  bayon  etilayotgan  nazariyaning  ko‘rgazma 
vositasi sifatida qo‘llaniladi. 
Keyslar murakkablilik darajasiga ko‘ra: 

 
bakalavriatlarga mo‘ljallab tayyorlangan keyslar; 

 
magistrantlar uchun tayyorlangan keyslar; 

 
tahsildagi mustaqil tadqiqotchilar yoki malaka oshirish ti-zimi tinglovchilari 
uchun tayyorlangan keyslar. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish