Ismailova Zukhra Karabayevna, Maxsudov Po’lat Maxsudovich, Ergashev Oybek Karimovich


 Mustaqil ishlarni tashkil etish maqsad va vazifalari, shakllari



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/222
Sana01.01.2022
Hajmi3 Mb.
#291914
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   222
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

6.2. Mustaqil ishlarni tashkil etish maqsad va vazifalari, shakllari. 
Talabalarning ta’lim olishda an’anaviy o‘kitish usulidan mustaqil faoliyatiga 
katta  e’tibor  berib  borish  asosiy  yetakchi  g‘oyadir.  Mustaqil  ta’lim  talabalarga 
bilim  berishda  bu  talabani  o‘z  holiga  tashlab  quyish  emas,  balki  o‘qituvchi 
tomonidan muntazam boshqariladigan talabalarning mustakil faoliyati hisoblanadi. 
Shuni  esdan  chiqarmaslik  kerakki,  har  bir  o‘qituvchi  faqatgina  o‘zining 
fanini  asosiy  deb  hisoblamasdan,  talabaning  mustaqil  ta’limga  ajratilgan  vaqti 
o‘quv rejadagi barcha fanlar uchun ajratilganligini esdan chiqarmasligi kerak, aks 
holda  talabalarga  keragidan  ortiq  berilgan  vazifa  mustaqil  ta’limdan  ko‘zlangan 
ijobiy natija o‘rniga, aksincha salbiy natijaga olib kelishi mumkin. 
Talabalarning mustakil ta’limidan asosiy maqsad quyidagilardan iborat: 
• 
yangi bilim olish usullarini egallash, jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish; 
• 
auditoriyadagi 
mashg‘ulotlarda 
olgan 
bilimlarini 
mustahkamlash, 
chuqurlashtirish, kengaytirish va tartibga solish; 
• 
me’yoriy-hukukiy  xujjatlar,  texnik  ma’lumotlar  va  maxsus  adabiyotlar  bilan 
ishlashni o‘rganish; 
• 
o‘kuv materiallarini mustakil o‘rganish ko‘nikmasini shakllantirish; 
• 
faolligi, bilim orttirishi, ijodiy tashabbusi, mas’uliyatiligini rivojlantirish; 
• 
olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatish; 
• 
mustakil  fikr  yuritish,  o‘z-o‘zini  rivojlantirish,  o‘z  rejasini  amalga  oshirishni 
shakllantirish; 
• 
tadqiqot o‘tkazish qobiliyatini rivojlantirish. 
Talabalar mustaqil ta’limining asosiy vazifasi mustaqil ravishda ma’lumotlar 
topish usuli bilan bilim olishni rivojlantirish, o‘kuv jarayoniga ijodiy yondashishga 
faol  qiziqishni  shakllantirishdan  iborat.  Talabalar  mustakil  ravishda  hisob-grafik 
ishi, kurs ishi, kurs loyihasi, bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalarini 


 
134 
tayyorlayotganlarida  qo‘yilgan  muammolarni  chuqur  tahlil  qilib,  o‘zlarining 
mustaqil asoslangan fikr va xulosalarini chiqarishlari kerak bo‘ladi. 
Mustaqil  ishlar  didaktik  maqsadi,  vazifasi,  murakkablik  darajasi,  kimga 
(individual  yoki  jamoa  uchun)  mo’ljallanganligiga  qarab,  bir-biridan  farq  qiladi. 
Mustaqil  ta`lim  jarayonida  tanlangan  mavzularning  ilmiyligi,  tizimliligi  hamda 
o’quv  materiallarining  qiziqarliligi,  amaliyot  bilan  bog’liqligi,  fanlararo 
aloqadorligi,  shuningdek  beriladigan  mustaqil  ishlar  va  topshiriqlarning  ijodiy 
xarakterga egaligi muhimdir. Uning nazariy, amaliy, ilmiy, metodik va pedagogik 
asoslari  tahlil  qilini,  samarali  shakllari,  vositalari  tanlansa,  ijobiy  natijalarga 
erishish mumkin. Bunda o’tiladigan mavzuning amaliyot bilan uzviyligi, ilmiyligi 
va  o’quv  materiallarining  qiziqarliligi,  mavzularning    tizimliligi,  topshiriq  hamda 
vazifalarning ko’p qirraliligi, o’zaro bog’liqligi muhim o’rin tutadi.  
Talabalar  mustaqil  ta`lim  olishlari  jarayonida  qo’shimcha  adabiyotlarga 
murojaat qiladi, o’tilgan mavzularni qayta ko’rib chiqadi. Ko’pgina talabalar uyga 
berilgan  ma`ruza  matnlari  ustida  ishlaydilar,  ma`ruzalar,  referatlar  tayyorlashda 
ilmiy-ommabop, davriy nashrlardan foydalanadilar.  
Pedagogik  hamda  texnik-texnologik  mustaqil  ishlarda  ob`ektiv,  aniq 
pedagogik  va  ishlab  chiqarish  muammolarini  aks  ettiradi.  O’qituvchi 
o’rganilayotgan  pedagogik  hodisalar  va  ishlab  chiqarish  jarayonining  o’zaro  zid 
xususiyatlarini  aks  ettirish  uchun  muammoli  vaziyatdan  foydalansa,  ob`ektiv 
muammo o’quv muammosiga aylanadi. Talabalar uchun tushunarli bo’lgan o’quv 
pedagogik va ishlab chiqarish jarayoni muammolari o’quv topshirig’i sanaladi.  
O’quv  topshirig’i  muammosi  fikrlash  faoliyatini  faollashtirishga  imkon 
beradi,  biroq  ularning  har  biri  ham  ilmiy  darajada  pedagogik  va  psixologik 
tushunchalarni  mustaqil  shakllantirishga  olib  kelmaydi.  SHu  bois  pedagogik  va 
texnik-texnologik  mustaqil  ishlarni  ishlab  chiqishda  o’quv  muammolarining 
didaktik  xususiyatlarini  hisobga  olish  zarur.  Topshiriq  to’g’ri  ifoda  etilsa,  talaba 
tomonidan ularning qabul qilinishi osonlashadi.  
Mustaqil  bilim  olishda  ko’pincha  shartlari  ifoda  etilmagan  topshiriqlarni 
bajarishga to’g’ri keladi. Talaba masalani echar ekan, shartlarni o’zgartirish tartibi 


 
135 
bilan  tanishadi,  aniq  bir  muammoni  tahlil  qilish  va  o’quv-pedagogik  yoki  texnik-
texnologik  masalani  bajarishda  mavjud  ko’nikma  hamda  malakalardan 
foydalanadi.  
Bunday  pedagogik  hamda  texnik-texnologik  mustaqil  ishlarni  quyidagi 
turlarga ajratish mumkin: 
1.
 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish