mustaqil ta`lim
– o’quv materialini mustaqil o’zlashtirish, murakkablik darajasi
turlicha bo’lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada hamda
auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy
ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir.
131
Pedagog olimlarning aksariyat qismi mustaqil ta`limni tashkil etish jarayonini
faollashtirish masalasini umumiy muammo sifatida qaraydilar. Jumladan, bu
boradagi ishlarning bir qismida talabalarning mustaqil ta`lim olishlarini tashkil
etishga shaxs nuqtai nazaridan yondoshish ko’zga tashlanadi. Bunda u faol,
ta`limda, kasbiy mahoratini oshirishda yuqori natijalarga erishishga intiluvchi,
pedagoglik kasbini tanlash va egallash ishida jamiyat ehtiyojlaridan kelib
chiquvchi shaxsni shakllantirishda mustaqil ta`lim muhim omil sifatida qaraladi.
Mustaqil ta`lim olishni tashkil etish uchun nafaqat muayyan kasbga yoki
faoliyat sohasiga qiziqish, balki ushbu faoliyat turiga layoqatning mavjud bo’lishi
ham talab etiladi.
Mustaqil ta`lim shaxsning o’zi tomonidan boshqarilishini e`tiborga olib, bu
faoliyat bilan inson erkin holda va istagan vaqtida manbalardan o’zi tanlab,
maqsad, vosita, mazmun nuqtai nazaridan foydalanishi mumkin.
Mustaqil bilim olishda avtonomlik bu-o’qitish maqsadlari, tamoyillari,
mazmuni, metodi va vositalarni aniqlash va tanlash, ularni qiynalmasdan hamda
tashqi ta`sir yordamisiz, amalga oshirish qobiliyatidir.
Mustaqil ta`lim bevosita mustaqil fikrlash bilan uzviy bog’liqligi sababli unga
berilgan ta`rifni ham keltirib o’tish maqsadga muvofiq: “Mustaqil fikrlash -
insonning o’z oldida turgan muammolarni maqsad va vazifalarini belgilagan holda
o’z bilimi va hayotiy tajribalariga tayanib, turli yo’l, usul, vositalar yordamida,
o’zining intellektual imkoniyatlari darajasida mustaqil ravishda hal qilishdan iborat
bo’lgan aqliy faoliyatidir”.
Talabalar o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz yoki bilvosita boshqaruvida, u
tomonidan berilgan topshiriqni, darslik yoki boshqa manbalar asosida individual
bajaradigan ishi mustaqil ta’lim hisoblanadi. Talabalarning mustaqil ta’limi o‘quv
jarayonining ajralmas qismidir. O‘quv materiallarining talabalar tomonidan
mustaqil o‘zlashtirilishini takomillashtirishmasdan zamonaviy ta’lim oldiga
qo‘yilgan vazifalarni talab darajasida bajarish mumkin emas.
132
O‘quv jarayoni sifatini oshirishda mustakil ta’limning o‘rni albatta
beqiyosdir. O‘qituvchidan tayyor ma’lumot olgandan ko‘ra mustaqil faoliyat
jarayonida olgan bilimni o‘zlashtirish nisbatan ancha yaxshi natija beradi.
Hozirgi davrda ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish,
talabalarning mustaqil ravishda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi, ularning kasbiy
rivojlanishini
rag‘batlantirish,
ularda
ijodiy
faollikni
tarbiyalashda
o‘qituvchilarning mas’uliyatini oshirish zarur.
Talaba va o‘qituvchi mustaqil ta’lim ularning manfaati uchun olib borilishini
tushunishi kerak. Talaba bajarayotgan mustaqil ish o‘qtiuvchisi uchun emas, balki
o‘zi uchun, uning kelajakdagi muvaffaqiyatini ta’minlashining asosiy omili
ekanligini qalbdan his qilmog‘i, olayotgan bilim natijasiga o‘zi mas’ulligini
anglashi kerak. O‘qituvchi esa mustaqil ta’lim faqatgina talaba uchun emas, balki
o‘zi uchun ham kerak ekanligi, o‘zini ishini osonlashtirish, mustaqil fikr yurita
oladigan talabalar bilan muloqotda bo‘lib, o‘z bilimini boyitish va kelajakda
xizmat pog‘onalarida o‘sishini ta’minlashini anglamog‘i lozim. Shu bilan bir
qatorda, o‘qituvchining o‘kuv jarayonida talabalar bilan hamkorligi, ularning
mustakil ta’limga ishonchini shakllantirishi, o‘qitishning axborot va pedagogik
texnologiyalaridan foydalanayotganini ko‘rsata olishi, ma’ruzalarni a’nanaviy,
ya’ni faqatgina ma’lumot berish bilan chegaralanmasdan, balki muammoli,
interfaol usul va texnologiyalarda olib borishi kutilayotgan ijobiy natijalarga olib
keladi.
Mustakil ta’limni faollashtirmasdan oliy ta’limda talabalarni samarali
o‘qitish qiyin. Hozirgi davr mutaxassisidan yuqori darajadagi tayyorgarlik,
mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olish, belgilangan vazifalarni bajarish uchun
ko‘p ma’lumotlar orasidan eng maqbulini tanlab olish va bu ma’lumotlarni qayta
ishlay olish talab qilinadi.
Hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlash
uchun o‘quv jarayonini tashkil etishni jiddiy ravishda o‘zgartirish, auditoriya
133
soatlari ulushini kamaytirish hisobiga talabalarning mustakil ta’limi salmog‘ini
oshirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |