II-bob.Korxonalarda samaradorlik ko`rsatkichlari va samaradorlikni oshirish yo`llari. 2.1. Kichik korxonalarning xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar.
Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish korxona faoliyatining oxirgi natijasi qisoblanadi. Kichik korxonalar uchun sotilgan (haridorlarga ortib jo’natilgan va ular tomonidan haq to’langan) mahsulot hajmi pul tushumini ta’minlashga, ishlab chiqarish harajatlari va boshqa zaruriy sarflarning o’rnini qoplashga imkon beradi. Bundan tashqari, pul tushumining tarkibida foyda ham mavjud bo’ladi. Undan korxona tomonidan ishlab chiqarishni kengaytirish, moddiy rag’batlantirish fondlarini yaratish, davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun foydalaniladi. Iste’molchi mahsulot sotilishi natijasida ishlab chiqarish vositalari yoki iste’mol mollari ko’rinishidagi zaruriy mahsulotni oladi.
Korxonalar mahsulotlarini sotishda ayrim kamchiliklarga ham yo’l qo’yadi. Xususan, ayrim hollarda sotish rejasini oshirib bajarish bilan birga mahsulotlarning ayrim turlarini haridorlarga belgilangan muddatlarda etkazib berish rejasi bajarilmaganlik hollari uchraydi. Bu korxonaning o’ziga (u penyalar va jarimalar to’laydi) va haridorga zarar keltiradi. Shuning uchun sotish rejasining bajarilishi mahsulot etkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini hisobga olish bilan tahlil qilinadi. Bunda bitta haridorga etkazib berish rejasining oshirib bajarilishi boshqa haridorlarga etkazib berish rejasining bajarilmaganligiga sabab bo’lganligi hisobga olinadi. Shuning uchun shartnoma majburiyatlari rejasini bajarilishi 100% dan oshib ketmasligi kerak.
Sotish hajmi tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va uni o’z vaqtida sotishga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Tovar mahsuloti mahsulotni sotish ko’rsatkichlarida sotilmagan mahsulotlarning o’zgaruvchan qoldiqlarining o’zgarishi bilan aks ettiriladi. Mahsulotlar sotilishining bir maromdaligini ta’minlash uchun korxona-lar tayyor mahsulotlarning zarur hajmiga ega bo’lishlari kerak. Ammo amaliyotda sotilmagan mahsulotlarning haqiqiy qoldiqlari me’yoriy qoldiqlardan ancha oshib ketish hollari ham uchraydi. Bu hisobot davrida mahsulotning sotilish hajmini ancha kamayishiga olib keladi. Mahsulot sifatining etarlicha yuqori bo’lmasligi, mahsulotlarni bir maromda ishlab chiqarilmasligi, korxona mahsulotlarni ortib jo’natish uchun transport bilan etarlicha ta’minlanmaganligi va boshqalar bunday vaziyatning sabablari bo’lib hisoblanadi.
Iqtisodiy taxlilning ikki xil yo‘nalishini ko‘rsatish mumkin:
1.Korxonalar, assotsiatsiyalar va konsernlarning xo‘jalik faoliyatini
taxlil qilish
2.Iqtisodiyotni taxlil qilish. Bunda iqtisodiy tumanlar, viloyatlar va
butun respublika iqtisodiyotni iqtisodiy taxlil qilish tushuniladi.
Shuni aytish kerakki, iqtisodiyotni taxlil qilish iqtisodiy fanlar majmuasida mustaqil o‘rin olmagan bo‘lib, u iqtisodiy nazariya va tarmoqlar makroiqtisod kurslarida o‘rganiladi. Holbuki, iqtisodiy taxlil qilish fani iqtisodiy fanlar qatorida o‘ziga xos mustaqil o‘rin olgan.
Bozor iqtisodiyotini qurish ko‘p jixatdan ishlab chiqarishning boshqarilishni, ichki xo‘jalik rejasini tuzish va uni takomillashtirish, moddiy, moliyaviy va mexnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash, korxonalar va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida butun texnikaviy va iqtisodiy siyosatni olib borishni taqozo qiladi.
1 Ob’ekt xolatini dastlabki iqtisodiy–nazariy jixatdan taxlil qilish zarurligi, o‘rganiladigan xodisalar moxiyati va bir–biriga o‘zaro bog‘liqligi.
2. Taxlilning kompleks xarakterga ega ekanligi xamda o‘zaro bir-biriga uzviy ravishda bog‘liq analitik ko‘rsatkichlar tizimining qo‘llanilishi.
3. Iqtisodiy ma’lumotlarni analitik jixatidan qayta ishlash jarayonida o‘rganiladigan xodisalarni guruxlashtirish va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni miqdoriy va sifat belgilariga qarab turkumlash.
4. Korxonalar faoliyatini taxlil qilishda taqqoslash usulining ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlashdagi axamiyati.
5. Taxlil natijalari asosida ilg‘or tajribalarni keng yoyish va ommani korxonalarni boshqarishga yana xam keng jalb etish.
6. Korxonalarni boshqarishda xisob va xisobotning xal qiluvchi roli xamda ularning iqtisodiy taxlilda asosiy axborot manbai ekanligi. Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini taxlil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad rezervlarni aniqlashdir. Rezervlarni aniqlashni osonlashtirish uchun ularni ilmiy asosda turkumlash kerak. Rezervlar quyidagilardan iborat: iqtisodiyot, tarmoq, regional (yondosh) va ichki xo‘jalik rezervlari.
Aytaylik, mashinasozlik sanoatida maxsulot tannarxini kamaytirish borasida bo‘lgan katta rezervlardan biri – rangli metallarni plastmassalar bilan almashtirish xisoblanib, bu o‘z navbatida kimyo sanoatini yanada rivojlantirishni taqozo qiladi. SHu sababli, bunday rezervlar xalq xo‘jalik rezervlari qatoriga kiradi. Ixtisoslashtirish darajasini oshirish esa tarmoq rezervlari qatoriga kirib, u asosan vazirliklarga bog‘liqdir.
Vositalari va mexnat predmetlari) omillaridan oqilona va samarali foydalanishga bog‘liq Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish – korxona rahbariyatining doimiy vazifasidir. Bu vazifani echish amaliyotda quyidagi omillar bilan bog‘liq bo‘ladi:
* bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal hajmini ta’minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash;
* iste’molchilar talabini qondirishga yo‘naltirilgan mahsulotni sotish va yuqori daromad (foyda) olish;
* aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvchi optimal ishlab chiqarish zahiralarini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |