Isloxotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’llari
Reja:
Kirish
I-bob.Iqtisodiy samaradorlikni oshirishning mohiyati.
1.1. Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati.
II-bob.Korxonalarda samaradorlik ko`rsatkichlari va samaradorlikni oshirish yo`llari. 2.1. Kichik korxonalarning xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar. 2.3. Samaradorlikni baholovchi ko’rsatkichlar. 2.4. Samaradorlikni oshirishning asosiy yo’nalishlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
MUNDARIJA:
Kirish …………………………………………………………3
I-bob.Iqtisodiy samaradorlikni oshirishning mohiyati.
1.1. Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati……………………………5
II-bob.Korxonalarda samaradorlik ko`rsatkichlari va samaradorlikni oshirish yo`llari 2.1. Kichik korxonalarning xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar. …………………………………………………………..7 2.2. Resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari…………………………………………………………….9 2.3. Samaradorlikni baholovchi ko’rsatkichlar……………………21 2.4. Samaradorlikni oshirishning asosiy yo’nalishlari…………….23
Xulosa…………………………………………………………………24
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………..26
Kirish.
Bugungi kunda boshqaruvchilar innovatsion taraqqiyotning global o‘zgarishlariga jumladan, ijtimoiy, texnologik va iqtisodiy tarkibiy o‘zgarishlariga to‘qnash kelmoqdalar. Bu o‘z navbatida korxonani rivojlantirishda boshqaruvchilik sohasidagi hali ko‘plab o‘rganilmagan strategiyalarni va jahon taraqqiyotidagi taraqqiyotga eltuvchi jarayonlarni chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda. Global o‘zgarishlarga javoban iqtisodchi olimlar, yirik mutaxassislar va amaliyotchi menejerlar bunday tarkibiy o‘zgarishlarga ta’sir etuvchi korxonani rivojlantirish bo‘yicha innovatsion strategiyalarni topishga urinishlar yuz bermoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev rahbarligida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirish-ning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘tgan yillar davomida mamlakatimiz erishgan yutuqlar, tarixiy tajribalarni umumlashtirib, hozirgi kunda davrning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan dolzarb masalalarni hisobga olib, keyingi besh yilga va undan keyingi davrga mo‘ljallangan tarixiy taraqqiyotning yangi ufqlarini ochib bermoqda. O‘z mohiyatiga ko‘ra “Harakatlar strategiyasi” O‘zbekistonni rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarishni ta’minlaydi. Xalqimiz o‘rtasida “Harakatlar strategiyasi” degan nom bilan tobora mashhur bo‘lib, uning hayotiga chuqur kirib borayotgan mazkur dasturning har bir yo‘nalishi va bandi, uning ajralmas qismi bo‘lgan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturining samarali amalga oshirilishi har birimizning mazkur jarayonda ongli va vatanparvar fuqaro, shu yurtning fidoyi farzandi sifatida faol ishtirok etishimizga bevosita bog‘liqdir. Buning uchun esa eng avvalo, Harakatlar strategiyasining ma’no-mazmunini, uning har bir yo‘nalish bo‘yicha qo‘yilayotgan amaliy va dolzarb vazifalarini chuqur tushunib olishimiz kerak. Ma’lumki, korxonani rivojlantirishning turli yo‘nalishlari va strategik modellari mavjud. Bizning mamlakatimizda faoliyat rivojlanishning ilm sig‘imdorligi yuqori bo‘lgan, kashfiyotlar, ixtirolar, yuqori texnologiyalar, innovatsion g‘oyalarga qurilgan intensiv yo‘lni tanlab olgan. Shunday ekan, bo‘lajak talabalar bugungi kunda eng dolzarb bo‘lgan korxonalarni iqtisodiyotini rivojlantirishning turli modellari va strategiyalarini mukammal o‘rgatish hamda uning jahon tan olgan nazariyalarini ular ongiga singdirish fikrimizcha ancha dolzarb masalalar sirasiga kiradi hech bir mubolag‘a bo‘lmaydi.
Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan korxonalarni zamonaviy, innovatsion bozor tamoyillari asosidagi mazmun mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni berishda «Korxona iqtisodiyoti va menejmenti» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, ularning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish hamda jahondagi yetuk kompaniyalarni rivojlantirish modellarini o‘rgatish kabi muhim vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Ushbu ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tezroq hal qilish, ularning yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini tushunish ko‘p jihatdan rivojlantirish modellari sirlarini, ayniqsa, korxona iqtisodiyoti mazmunini, uning jahon talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashdagi maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir.
Barkamol shaxsni shakllantirishda uning ma’naviyati, ehtiyojlari va manfaatlari o‘rtasidagi muhim mutanosiblikni to‘g‘ri baholay olish hamda shaxsning moddiy ehtiyojlari va manfaatlarini yuksak ma’naviyat me’yorlari orqali mushohada etish nihoyatda zarurdir. Bu jarayonni Birinchi Preziden-timiz quyidagicha ifodalaydilar: «Insonga xos orzu-intilishlarni ro‘yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak... o‘rinli bo‘ladi».
Biz orzu qilgan yuksak ma’naviyatli shaxsning belgi va jihatlari tarkibida uning iqtisodiy bilim va madaniyatini belgilovchi fazilatlar alohida o‘rin tutadi. Shunday ekan, zamonaviy bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida jahon andozalariga mos ravishdagi adabiyotlarni yaratish hamda unib kelayotgan yosh avlodga singdirish muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |