GURUH REAGENTINING TA’SIRI
Ikkinchi guruh kationlarini guruh reagenti (NH4)2CO3 yordamida zarur bo’lgan sharoitda cho’ktiriladi. To’la cho’ktirishning muhim shartlaridan biri eritma muhitining kerakli pH qiymatiga keltirishdir. Bu pH ning qiymati eritmada (NH4)2CO3 ning ortiqcha miqdorda bo’lishiga bog’liq bo’ladi. Bu tuz quyidagi tenglamaga muvifiq gidrolizlanadi.
(NH4)2CO3+H2O= NH4HCO3+ NH4OH
NH4 ++ CO32-+H2O=HCO3-+ NH4OH
Shu sababli ammoniy karbonat eritmasi, aslini olganda, taxminan ekvivalent miqdordagi NH4OH bilan ammoniy tuzi NH4HCO3 aralashmasidan iborat, ya’ni y pH=9,2 bo’lgan ammoniyli buffer aralashmadir. Eritmaning pH qiymatini bir xil miqdorda saqlab turish uchun eritmaga guruh reagenti ta’sir etmasdan NH4OH bilan NH4Cl li bufer aralashma qo’shiladi. Undan keyin guruh reagenti ta’sir qiladi. Karbonatlari suvda eriydigan K+, Na+, Mg2+ kationlari eritmada qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |