VOSITALAR:
-day, -dek xuddi
-simon yanglig‘
-larcha go‘yo
-cha misoli
-vash, -iy, -oyin kabi
kabi qo‘shimchalar va ko‘makchilar ishlatiladi.
Tashbehda 4 unsur mavjud bo‘ladi:
o‘xshamish - tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha
o‘xshatilmish - tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha
asos - nimaga ko‘rа o‘xshatishning yuzaga chiqqanligi
vosita - о'xshtilish.belgisi
M: yuzing - o‘xshamish
go‘zailikda - asos
gul - o‘xshatiimish
kabidir – vosita Ko'p hollarda asos ishtirok etmaydi. Misollarga murojaat qilami z:
Sanga binafsha kibi qaddi nigun, Bosh ko'tara olmay uyotdin zabun. Ul ulus jondin ayru yel yanglig', Sayr etib suv yuzida yel yanglig'.
Ba'zan vosita ham tushib qolib, tashbihda o'xshamish bilan o'xshatilmishgina ishtirok etadi. Masalan, "qoshi hiloldek egik" deyish o'rniga "qoshi hilol", "qomati
sarvdek tik" deyish o'rniga "sarvqomat", "yuzi oydek" o'rniga "yuzi oy" ishlatiladi: Ermas alar tufrog'-u, sen nuri pok, Xilqat alarg'a-u sanga-tiyra xok,- baytida ham shu holatni ko'rish mumkin. Asos va vositaning qo'llanish yoki qo'llanmasligidan qat'i nazar o'xshamish bilan o'xshatilmish ishtirok etgan o'xshatish san'ati mutlaq tashbih (aniq o'xshatish) deyiladi. Ayrim o'rinlarda o'xshamish ham tushib, o'xshatilmishning o'zigina saqlanadi. "Hilol", "sarv", "oy", "gul" so'zlarining o'zi o'xshamishga ham ishora qiladi va bu kinoya tashbih (ishora o'xshatish) deb ataladi.
Bo'rini dag'i galadin dur qil, Suv beribon bog'ni ma'mur qil,- baytida to'rtta kinoya tashbih bor: bo'ri-bo'ridek talovchilar, gala-gala singari xalq, suv-suvdek (zarur) adolat, bog'bog'ga o'xshash mamlakat tashbihlarining ishoralaridir.
4.TALMEH – arabcha so‘z bo‘lib ma’nosi “nazarga solmoq, kо‘z qirini tashlash ” ma’nosini bildiradi.
She’r yoki nasrda tarixiy va afsonaviy voqea, asar va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasida fikrni qisqa, ixcham tasvirlashdir. Ko'p o'qurdum Vomiq-u Farhod-u Majnun qissasin, O'z ishimdin bul ajabroq dostone topmadim. (Alisher Navoiy) Boda mushtoqig‘a lutf ila qadah tut, soqiy, Yo‘qsa Jamshidg‘a ham aylamadi jom vafo.(Nodira) Husni naslidin seningdek oy paydo bo’lmadi, Mohi Kan’oniy dag’i ham muncha zebo bo’lmadi(Lutfiy) Sendin o’rgangan kibi Laylou Shirin zulmu kin, Mendin o’rganmak kerak Majnun bila Farhod ishq, (A.Navoiy) Jafo tegdi boshimg’a Layloyu, Shirinu, Uzrodin, Bukun Vomiq ila Majnun Farhodimni sog’indim.(Uvaysiy)
5.IYHOM – arabcha “shubhaga solish, chalg‘itish” ma’nosini ifodalaydi. Mumatoz adabiyotda iyhom haqiqiy va majoziy ma'nolarga ega. Shaklan bir, ma’no jihatdan bar xil bo‘lgan (jinsdosh) so‘z yoki so‘z birikmasini she’riyatda qo‘llagan holda bir baytda ikki xil ma’noni ifoda etish san’atidir. Labing bag'rimni qon qildi, ko'zimdin qon ravon qildi, Nega holim yomon qildi-men andin bir so'rorim bor.
Zahiriddin Boburning g'azalidagi bu baytda "so'rorim" so'zi iyhom san'atini voqe qilyapti: yorning labiga ishtiyoqlik oshiqning bag'rini "qon" qildi, ko'zini qizartirib yubordi, holini yomon qildi, undan bir so'rishgina bu azoblardan qutqarishi mumkin degan mazmun ifoda qilingan. Garchi birinchi qarashda kitobxon "so'ramoqchiman" degan yuzadagi ma'noni ilg'asa-da, "so'rmoqchiman" tushunchasini anglagach, shubhasi tarqaladi. Lekin bu holatni ochiq-oydin ifodalamasdan, anglaydigan darajada sirli va pardali qilib tasvirlash-qalbni hayajonga soladi. Bosh qo‘yay dedim, oyog‘i tufrog‘iga dedi: «qo‘y» Bo‘sa istab la’li rangin so‘rditn. ersa dedi: «ol» qo‘y- 1)mayli, qo‘ya qol 2) qo‘y, kerakmas ol- l)qizil 2) ola qol Anga yetkurdi so’zni Mexri munir Ki: “Bu yanglig’ki, men bo’lubmen asir” Mexr-1) quyosh 2) ism Kun tushta ko’rgali seni tushti zavolg’a. Tush- 1) tush ko’rmoq 2) tush payt Oy tongg’a qoldi kecha boqib ul jamolga. Tong-1) tong 2) kuchli hayrat
6. T A M S I L – arabcha “misol keltirish” ma’nosini ifodalaydi.
She’r baytining birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi misrada hayotiy bir hodisani misol qilib keltirish san’atidir. Ey ko‘ngil, jonni xayoli olida qil peshkash, Har nima bo‘lsa aziz, eltur kishi mehmon sori.(Lutfiy) baytida ikkinchi misrada keltirilgan hayotiy hodisa-mezbonning o'zi uchun eng aziz bo'lgan narsani mehmon oldiga qo'yishi birinchi misradagi fikr qiyosi emas, balki dalili, tasdiqiga xizmat qiladi. Baytdagi "Har nima aziz bo'lsa, kishi mehmoniga tutadi, shuning uchun, ey ko'ngul, sen ham joningni, ya'ni eng aziz narsangni yor xayoliga peshkash qil" mazmuni ham tamsil mohiyatini ko'rsatib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |