Oʻzbekiston rahbari oʻtib borayotgan yil jamiyat maʼnaviy-maʼrifiy hayotida muhim voqealarga boy boʻlganini qayd etdi.
TOSHKENT, 31 dek - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqini Yangi — 2021 yil kirib kelayotgani bilan tabrikladi.
"Siz azizlarni, moʻʼtabar nuroniylarimiz, mehribon opa-singillarimiz, navqiron yoshlarimizni – koʻpmillatli butun xalqimizni ushbu goʻzal ayyom bilan chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman", - dedi prezident oʻz tabrigi avvalida.
Mirziyoyev 2020 yil butun dunyo qatori Oʻzbekiston uchun ham ogʻir va murakkab kelganini, koronavirus pandemiyasi, global inqiroz insoniyatni jiddiy sinovdan oʻtkazayotganini taʼkidladi.
"Mana shunday murakkab vaziyatga qaramasdan, mard va olijanob xalqimizning matonati, fidokorona mehnati bilan barcha sohalarda katta oʻzgarishlarni amalga oshirdik.
Iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishga erishdik. Yuqori texnologiyalarga asoslangan oʻnlab yangi korxonalar, transport tizimlari ishga tushirildi. Zamonaviy uy-joylar, yoʻl va koʻpriklar, bogʻcha va maktablar, shifoxonalar, madaniyat va sanʼat, sport maskanlarini barpo etdik.
Mirishkor dehqon va fermerlarimiz barcha qiyinchiliklarni mardona yengib, moʻl hosil yetishtirdilar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji uchun yanada keng imkoniyatlar ochildi. Yil davomida aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar uchun minglab yangi ish oʻrinlari yaratildi", - dedi prezident.
Oʻzbekiston rahbari oʻtib borayotgan yil jamiyatning maʼnaviy-maʼrifiy hayotida ham muhim voqealarga boy boʻlganini taʼkidladi.
Xorijiy davlatlar, avvalo, yaqin qoʻshnilarimiz bilan doʻstlik va hamkorlikni yanada kuchaytirdik. Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini yuksaltirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
"Biz kirib kelayotgan 2021 yilga yaxshi niyat va katta rejalar bilan «Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb nom berdik. Yangi yilda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda boshlagan keng koʻlamli islohotlarimizni izchil davom ettiramiz. Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, millatlar va elatlar oʻrtasidagi totuvlik, oʻzaro hurmat va mehr-oqibatni mustahkamlash asosiy vazifamiz boʻlib qoladi.
alqimizning turmush farovonligini oshirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga alohida ahamiyat beramiz", - deb vaʼda qildi davlat rahbari.
Yoshlar, mehnatkash va oqila opa-singillar, muhtaram keksalarning hayotiy manfaatlarini taʼminlash eʼtiborimiz markazida boʻladi. Sogʻliqni saqlash, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish masalalari yangi bosqichga koʻtariladi.
2021 yilda davlat mustaqilligiga 30 yil toʻladi. "Ushbu shonli sanani, inshoolloh, barchamiz birgalikda munosib nishonlaymiz", - deb qayd etdi Mirziyoyev.
"Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, milliy yuksalish poydevorini yaratishga qaratilgan ulkan ishlarimizni qatʼiy davom ettiramiz.
Shu goʻzal oqshomda barchamizning niyatimiz, tilagimiz bitta: yurtimizda yashayotgan har bir oila, har bir inson murod-maqsadiga yetsin! Jonajon Oʻzbekistonimiz gullab-yashnasin, dunyomiz tinch boʻlsin! Kirib kelayotgan 2021 yil ona diyorimizga fayzu baraka, yangi yutuq va zafarlar olib kelsin! Yangi yil barchamizga muborak boʻlsin!"
2022 YIL
Давлат раҳбари "Ёшларни қўллаб-қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили" мамлакат ҳаётида ёрқин из қолдирганини таъкидлади.
“Бебаҳо бойлигимиз бўлган тинчлик ва барқарорликни таъминлашга устувор аҳамият қаратамиз. 2022 йилда иқтисодиётимиз тармоқлари ва тадбиркорликни ривожлантириш, янги иш ўринлари яратиш эътиборимиз марказида бўлади. Аҳоли даромадларини кўпайтириш, иш ҳақи, пенсия, стипендия ва нафақалар миқдорини оширишга қаратилган муҳим ишларни давом эттирамиз”, - деди президент.
Мирзиёевнинг сўзларига кўра, ижтимоий соҳалар, айниқса, соғлиқни сақлаш, таълим-тарбия ва илм-фанни ривожлантиришга барча ресурслар жалб этилади. Уруш ва меҳнат фахрийларини, аёллар ҳамда ёшларни қўллаб-қувватлаш, кўмакка муҳтож инсонларга ғамхўрлик кўрсатишга алоҳида эътибор берилади.
“Юртимизни янада обод қилиш, замонавий уй-жойлар, жумладан, барча ҳудудларимизда "Янги Ўзбекистон массивлари"ни қуриш асосий вазифаларимиздан бири бўлади. Ишонтириб айтаманки, халқимизнинг ҳаёти янада фаровон ва мазмунли бўлиши учун бор куч ва имкониятларимизни сафарбар этамиз”, - дея хулоса қилди Мирзиёев.
Do'stlaringiz bilan baham: |