Islombek karimov



Download 66,13 Kb.
bet18/18
Sana15.09.2021
Hajmi66,13 Kb.
#175170
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
san'atlar to'liq (Автосохраненный)

24.T A J N I S – arabcha – “о 'xshash bo‘lmoqma’nosini ifodalaydi. Turli ma!noli so‘zlarning shakldoshligi va hamohangligi. Tajnis zaminini jinsdosh so‘zlar - omonimlar tashkil qiladi.

Qayu erda bo‘lsa uqush birla o‘g,

Ani er atag‘il, necha o‘gsa o‘g.

Uqush, o‘g, bilig kimda bo‘lsa tugal,

Yavuz ersa kaz te, kichig ersa og.(Yusuf Xos Hojib) 1)aql 2)maqta 3)ulug’la Ulkim ko’ngul oldi zulfi xoli, Ko’ngludin emas xayoli xoli ( 1- yuzidagi xol, 2-xoli emas ) Menga sensiz, begim, kunduz kechadur, Dareg’o, sensizin umrum kechadur. Labing la’li Badaxshon, tishlaring-dur, Sadaf og’zing qurutg’on tishlaringdur.

Bogbon qiz bogaro korsatdi yuz Elga bergan vadalarni qildi yuz Bir kulimsirab boqdi hech kim bilmadi Bogaro bor edi bir -ikki yuz. 1)yuz - yuzi (bet) 2)yuz-va’dasini bajardi.3)yuz - bogda odam kop edi.
25. TASBE’ – arabcha barmoq bilan korsatish

Tasbeda birinchi misra oxiridagi so‘z keyingi misra boshida takrorlanadi. Bir so‘zli tasbelar:



Kuchum yetguncha ko‘p qildim vafolar Vafoli qulni asrar podsholar. Birida sencha ko’rmadim jur’at

Jur’ating bo’ldi mahlasing jihat.

Lochin kabi samolyot uchar



Uchar edi solib ovoza.

Yetti iqlim boji



Boji bila hiroji
Ikki so‘zli tasbelar: Kel ey, oy yuzli dilbar tut biror qo‘sh Biror qo‘sh birla qilg‘ul bizni madhush.

26. TARDI AKS – arabcha — teskari qilib takrorlash

She’rning bi­rinchi misrasida keltirilgan ikki so‘z yoki so‘z birikmalarini keyingi misrada o‘rnini almashtirib takrorlashdan iborat san’atdir.



Ko‘pgulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching, Shikasta ko‘ngluma qaro balo soching.(Bobur) 1)balo-ofat 2)qaro- rang Habib bo’lsa edi yo raqib o’lsa edi

Raqib o’lsa edi yo habib o’lsa edi
Menga dushvor erur sensiz tirilmoq

Senga men bo’lmasam ey jon ne g’amdur
Yolg’onchi kishilar vafosiz bo’lar

Vafosiz kishi xalqa tengsiz qilar.

27. T AКRIRarabcha – “takrorlash ma'nosini ifodalaydi”

Lafziy san’at bo‘lib, she’rda u yoki bu so‘zni takrorlashni nazarda tutadi. Takrorlash vositasida so‘z ma’nosini, uning mohiyatini ta’kidlab ko‘rsatish ushbu san’atning asosiy xususiyati sanaladi.

Layli, Layli! debon chekib un,

El deb: Majnundir, ushbu Majnun“.(Navoiy) Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" dostonidan keltirilgan ushbu baytda "Layli va Majnun" so'zlari ikki marta takrorlangan. Birinchi so'zning takrori Majnunning oshiqligini ta'kid etsa,

ikkinchi so'zda el nazdida ishq yo'lidagi Majnunning haqiqatda majnunligi ta'kidlanyapti. Alhazar, alhazar ming bor alhazar

Ana , yurishibdi kiyganlari zar. “Nima gap, nima, nima?” Deya shovqin soldilar. Jonim olur, ey pari, xolimg’a boq, Ishtiyoqu ishtiyoqu ishtiyoq. Nahot shuncha ma’sum, shuncha pok, Sevishmoqda alam bor shuncha?
28. MUKARRAR – arabcha - "qayta-qayta, ust-ustiga" ma’nosini ifodalaydi.

Baytning har ikki misrasida juft(takror) so‘z qo‘llanilishi nazarda

tutiladi.

0‘tarsen o‘ynay-o‘ynay men gadoyi xasta yo‘l uzra, Qolurmen bir qiyo boqmoq uchun yolbora-yolbora.(Alisher Navoiy) Furqtingdin xasta ko‘nglum, qatra - qatra qon erur,



Olloh - olloh bu ne hajru, behadu payon erur.
Shitir-shitir o’ynar shabboda

Barglar musiqasi bir shirin


Xalqa-xalqa zulfikim ul mohi tobon

Chinga boqsam doldek xurshid aning yonidadir.



Dam-badam ko’nglum berib jon naqdi istar vaslini, Olloh-olloh, telba ko’nglumning ajab savdosi bor
29. RADDUL -MATLA’ matla’ning takrorlanishi ma’nosini ifodalaydi. G’azal matla'sidagi Birinchi misra g‘azal maqta’sining so‘nggi misrasi o‘rnida takrorlanishidir. M:Ashkima gar kanora yo‘q bo‘lmasa bo‘lmasun netay ------------------------------------------------------------------ ------------------------------------------------------------------ Ashkima gar kanora yo‘q bo‘lmasa bo‘lmasun netay.
Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin, --------------------------------------------------------- ----------------------------------------------------------

Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin,


30. „MUSOVIYAT TARAFAYN“ – misralar odatdagi o‘qilishidan tashqari, yuqoridan pastga qarab ham o‘qiladi va o‘sha misralarning o‘zi kelib chiqadi. Ogahiy ijodida buni ko‘rish mumkin:



1

2

3

4

1

Sho‘xi

Ochildi

xat-u

ruxsori

2

Ochildi

rayohinda

Yuzi

gulnori

3

Xat-u

Yuzi

besabr-u qarori

man-man

4

Ruxsori

gul no ri

man-man

zori

16, 1, 14, 3, 12, 5, 10, 7

8, 9, 6, 11, 4, 13, 2, 15








Download 66,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish