Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «konchilik ishi» kafedrasi



Download 5,28 Mb.
bet65/107
Sana01.07.2022
Hajmi5,28 Mb.
#727593
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107
Bog'liq
O\'UM ГЕОМЕХАНИКА lotin

О‘pirilmalar— alohida bloklar va tog‘ jinslari massalarining, kо‘pincha ularning yumalashi, ag‘darilishi va parsalanishi bilan kuzatiladigan sirpanishning tik yuzasi bо‘yicha uzilishi va tez siljishi. О‘pirilmalar – tog‘ jinslari massivining eng xavfli deformatsiyasi, chunki ularning о‘pirilgan massasi yuqori kinetik energiyaga ega bо‘ladi.
Tog‘ jinslarining bevosita о‘pirilishi qisqa vaqt oralig‘ida – bir necha soniyadan to bir necha daqiqagacha sodir bо‘ladi. Bundan oldin esa, ancha uzoq vaqtli bosqichga ega bо‘lgan (bir necha kundan bir necha oygacha) yashirib bо‘lmaydigan mikrosiljishlar bо‘ladi.
О‘pirilishlarni shakllantirish mexanizmi E. L. Galustyan tomonidan tavsirfangan.
Noturg‘un massiv о‘pirilishdan avvalgi lahzada kinetik energiyaga aylanuvchi ma’lum potensial energiyaga ega bо‘ladi.

35.1-rasm. Pog‘onalarning о‘pirilish sxemsi:
a — «toza» siljish; b — ikki tekislik bо‘ylab siljish; v — siniqli siljish; g — pog‘onasimon siljish; d, ye — murakkab siljishlar; ek — bloklarning о‘pirilishi; z — yumaloq silindrik yuza bо‘ylab о‘pirilish; 1 — sirpanish yuzasi; 2 — siljish yо‘nalishi; 3 — qatlamlilik, darzlanish; 4 — tektonik buzilishlar.


Potensial energiya massivdagi eng kuchlangan yuzasi «o» bо‘ylab taqsimlangan va ushbu yuza bо‘yicha jinslar zarrachalari о‘rtasidagi aloqa energiyasini namoyon etadi. Ma’lum sharoitlarda (masalan, texnologik portlatishlarning seysmik ta’siri, massivda filtrlanadigan suvning kuchli ta’siri kattalashganda) massivda mikrodefektlar paydo bо‘ladi va aloqalarning mikroskopik darajadagi aloqalarining bir qismi buziladi. Ushbu yо‘qotish keyinchalik massivga ta’sir etganda kamayib boradigan qolgan aloqalar hisobiga qoRejaadi. Massivni о‘pirilishdan saqlovchi aloqalarning minimal soniga turg‘unlik koeffitsiyenti p—\bо‘lganda chegaraviy muvozanat holatiga mos keladi. Keyinchalik aloqalar buzilganda, turg‘unligi saqlanadigan о‘z potensial imkoniyatlarini tugatgan massiv о‘piriladi. Butun potensial energiya zahirasi, darhol о‘pirilishning kinetik energiyasiga aylanadi, bu esa ushbu turdagi deformatsiyaning halokati xususiyatini izohlaydi.
О‘pirilma deformatsiyalari barcha tipdagi jinslarda sodir bо‘lishi mumkin, biroq ularning namoyon bо‘lish shakllari (2.2-rasm) va asosiy sabablari turlicha. Qattiq qiyalik jinslarda о‘pirilishlar kо‘pincha 30° ortiq burchak ostidagi о‘yiq tomonga nishablangan susayish yuzalari bо‘ylab yuzaga keladi. Ba’zi hollarda о‘pirilish yuzasi, qiyalik yuzasiga nisbatan turlicha mо‘ljal olingan bir necha susayish yuzalarining birlashuvi bilan aniqlanadigan murakkab shaklga ega bо‘ladi.
О‘pirilmaning eng oddiy turi – monolit blokning silliq yuza bо‘ylab siljishi. Bunday turdagi siljish “toza siljish” deb ataladi (35.1-a – rasm). Bunday holatda jinslarining tarkibi yoki darzlarininng tekisligi va tarkibi bо‘yicha bir xil bо‘lgan slanetsligi bо‘yicha turlicha bо‘lgan qatlamlarning susaygan kontaktlari siljish yuzasi hisoblanadi, о‘pirilishning asosiy sababi esa – qatlamlar kontaktlarini, slanetslikni va darzlarni kon lahimlari bilan kesish.
Darzlarning ikki tizimi yoki slanetsliligi va darzliligi mavjud bо‘lsa, siljish ikki va undan ortiq tekisliklar bо‘yicha sodir bо‘lishi mumkin (35.1, b, g-rasm).Agar slanetsliligi va darzliligi qiyalikka parallel bо‘lsa, unda tirgakli prizmaning pastqi qismida siniq joyi bо‘lgan siljish kо‘rinishida о‘pirilishi mumkin (35.1, v-rasm). Bunday holatda о‘pirilishlarning asosiy sabablari - susaygan zonalarni nishablash bilan kesish va pog‘onalarning yuqori balandligi.
Agar pog‘ona bir necha tektonik buzilishlar yoki yirik darzlar bilan kesishsa, unda siljishning murakkab tekisliklari bо‘yicha tog‘ jinslari bloklarining tizimi о‘pirilishi mumkin (35.1, d, ye-rasm).Bunda siljish yuzasi bir bir nishabli yoki ikki nishabli tarnov kо‘rinishiga ega bо‘lishi mumkin.
Bunday о‘pirilmalar yuzaga kelishiga asosiy sabab - muhandis-geologik qidiruvlar vaqtida aniqlanmagan tektonik buzilishlar bо‘yicha susayish yuzasining mavjudligi, va ularnin kon lahimlari bilan kesib tashlanishidan iboratdir.
Vertikallariga yaqin bо‘lgan qiyaliklar uchun (nishab burchagi 80° ortiq), vertikal tekisliklar (35.1.,z – rasm) bо‘yicha uzilish natijasida bloklarning yiqilishi kо‘rinishidagi о‘pirilmalar xosdir).Deformatsiyalarning bunday turi izotrop qiyalik jinslarida va yumshoq jinslarda, shuningdek vertikal darzli va qatlamli jinslarda kuzatiladi.
Izotrop (bir xil) sust (yarim qiyalik, yumshov bog‘lanuvchan) jinslarda о‘pirilish yuzasi ustki qismida uzilishi vertikal darzli egri chiziqli (yumaloq silindr) shaklga ega bо‘ladi (35.1, j-rasm). Shunga о‘xshash sharoitlar gorizontal va yassi qatlamli jinslarda, shuningdek qatlamlari massiv tomonga nishablangan jinslarda yuzaga kelishi mumkin. Izotrop jinslarning о‘pirilishiga asosiy sabab – qiyaliklar parametrlarining ortishi (qiyalik balandligi va burchagi).

Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish