Kon bosimi kon lahimlarining о‘zini tutishlik nazariyasini о‘rganish misolida. Kо‘pchilik nazariyalar kon bosimi muammolarini tо‘liq yoritib bera olmaydi. Nazariyaning О‘z vaqtida о‘rnatilmagan va qayishqoq konstruksiyali mustaо‘kamlagichlarni qо‘llash lahim shipidagi qoldiq deformatsiyalarning kuchlanishiga olib keladi, natijada bosim arkasining hosil bо‘lishi va ustki tog‘ jinslarining qulashi bilan mustahkamlagich konstruksiyasiga salbiy ta’sir qiladi. Mavjud kon bosimi nazariyalari bosim arkasining tо‘liq rivojlanishi holatini kо‘rib chiqadi, ya’ni vaqtinchaliklik mustahkamlagichlarning ijobiy tomonini yoritmaydi.
asosiy mazmuni о‘tilgan kon lahimi ustida tabiiy turg‘unlik arkasi kon lahimi о‘tilishi bilan uning atrofida kuchlangan holati о‘zgarilishi bilan hosil bо‘ladi.
Vertikal yо‘nalgan kon bosimi bu arkadan qulab tushgan tog‘ jinsi og‘irligi bilan hosil bо‘ladi. Bu nazariya uchun professor M.M.Protodyakonov tog‘ jinslarining gо‘yoki ishqalanish koeffitsiyenti bо‘lgan f - qattiqlik koeffitsiyentini, ya’ni tog‘ jinsi zarrachalarining bog‘langanligi s bilan aniqlangan ichki ishqalanish burchagi φ tangensini taklif etgan. Taxmin etilayotgan ishqalanish koeffitsiyenti τ urinma kuchlanganlikning chegaraviy turg‘unlik vaqtidagi tog‘ jinsi zarrachalari kontaktidagi σ normalga nisbatiga teng:
φ = arctg f
Yemirilgan tog‘ jinslarida f (s = 0) tgφ ga teng.
Qoyali tog‘ jinslarida tabiiy s bog‘langanlik molekulyar tortishish kuchi bilan aniqlanadi.
Mustahkamlagichlarning о‘zini tutishi va kon lahimlarini о‘tish amaliyotidan klib chiqib, M.M.Protodbyakonov tog‘ jinslarining qattiqlik klassifikatsiyasini taklif etdi (jadval - 4.1).
Tog‘ jinsi kategoriyasi
|
Tog‘ jinslari
|
Qattiqlik koeffitsiyenti f
|
Hajmiy og‘irlik γ, s/m3
|
I
|
О‘ta qattiq, jips va qayishqoq bazalt va b. tog‘ jinslari
|
20
|
2,8—3,0
|
II
|
Juda qattiq kvarsit, kvars- porfir, kremniyli slanets, unchalik qattiq bо‘lmagan kvarsitlar, juda qattiq peschaniq va ohak toshlar
|
15
|
2,6—2,7
|
III
|
Zich granitlar, juda qattiq peschaniqlar va ohaktosh, qattiq konglomerat
|
10
|
2,5—2,6
|
IIIa
|
Qattiq ohaktoshlar, peschaniqlar va mramor, qattiq bо‘lmagan granit, dolomitlar
|
8
|
2,5
|
IV
|
Oddiy peschaniq
|
6
|
2,4
|
IVa
|
Qumli slanetslar, slanetsli peschaniqlar
|
5
|
2,5
|
V
|
Qattiq glinali slanets, qattiq bо‘lmagan peschaniq va ohaktosh, yumshoq konglomerat
|
4
|
2,8
|
Va
|
Har xil qattiq bо‘lmagan slanetslar, zich mergel
|
3
|
2,5
|
VI
|
Yumshoq slanets, ohaktosh, mel, gips, yemirilgan peschaniq, oddiy mergel
|
2
|
2,4
|
VIa
|
Parchalangan slanets, qattiqlashgan glina
|
1,5
|
1,8—2,0
|
VII
|
Zich glina, glinali tuproq
|
1
|
1,8
|
VIIa
|
Yengil peschaniqli glina, less
|
0,8
|
1,6
|
VIII
|
Yengil suglinok, xom qum
|
0,6
|
1,5
|
IX
|
Qum, mayda graviy
|
0,5
|
1,7
|
X
|
Oqmalar, suyulgan lyoss va boshqalar (f = 0,1÷0,3)
|
0,3
|
1,5—18
|
Bosim arkasi lahim ustida qulagan tog‘ jinslari kо‘chib hosil qilgan bо‘shliq shaklini anglatadi.
Bu arka ustida turg‘un arka hosil bо‘lib u arka ustidagi yumshoq tog‘ jinslarining bosimini ushlab turadigan darajada mustahkam bо‘lib shakllanishi kerak.
Haqiqiy sharoitda kon bosimi ship tog‘ jinslarining namligiga, mustahkamlagichning pishiqligiga, ochilgan kon lahimi va mustahkamlagich о‘rnatilishigacha ketgan vaqtga, mustahkamlash ishlarining samarasiga, lahimning vaqtinchalik va doimiy mustahkamlagichlar о‘rnatilishi о‘rtasidagi vaqtga va boshqa omillarga bog‘liq.
Ba’zi olimlar kon bosimini lahim atrofidagi darzliklar belgilab beradi deyishadi. Ammo tabiiy yemirilgan tog‘ jinslaridagi singari qoyali parchalangan tog‘ jinslarida vertikal va gorizontal kon bosimi paydo bо‘ladi.
Glinala tog‘ jinslaridan lahim о‘tilganda kon bosimi ancha yuqoriligi kuzatiladi. Shuning uchun bunday hududda amaliyotdan kelib ish tutishga tо‘g‘ri keladi.
Yumshoq tog‘ jinslarida kon bosimi nafaqat ship va yon tomondan balki asosda ham namoyon bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |