Reja: 1.Tog‘ jinsining mustahkamlik koyeffitsiyenti.
2.Tog‘ jinsining qattiqlik koyeffitsiyenti.
3.Tog‘ jinsining qayishqoqlik kо‘rsatkichlari.
Mustahkamlik Tog‘ jinsining mustahkamligi bu uning yemirilishga (burg‘ulashga, portlatishga, kesishga va hokaza) bо‘lgan qarshiligi bu tushunchani prof M M Protodyakonov fanga kiritgan va miqdor jihatdan mustahkamlik koyeffitsiyenti bilan baholashni taklif qildi. U barcha tog‘ jinslarini 10 ta turkumga ajratdi va mustahkamlik shkalasini ishlab chiqdi.
Birinchi turkum mustahkamlik darajasi juda yuqori (f=20) bо‘lgan tog‘ jinslariga nisbatan olingan bо‘lsa о‘ninchi turkumga esa mustahkamligi juda past (f=0,3) bо‘lgan tog‘ jinslari kritilgan. Demak, bundan ma’lumki mustahkamlik koyeffitsiyentining о‘zgarish chegarasi 0,3< f <20 gacha bо‘ladi.
Tog‘ jinsining mustahkamligi uning siqilishdagi chegaraviy pshiqligiga tо‘g‘ri propatsional bо‘lib quyidagicha aniqlanadi.
f=σsj·10-7 Siqilishdagi kuchlanish σsj va mustahkamlik koyeffitsiyenti orasidagi bog‘lanishning aniqroq kо‘rinishi quyidagicha.
Mustahkamlik koyeffitsiyenti miqdorini quyidagi bir necha usullar bо‘yicha aniqlash mumkin: tog‘ jinslarining elementar defarmatsiyalarga qarshiligi bо‘yicha (bir о‘qli siqilishda), ish miqdori bо‘yicha (maydalash ishlarida miqdorlar sarflanuvchanligi), burg‘ulashdagi qarshiligi bо‘yicha (yoki burg‘ulash tezligi bо‘yicha), tog‘ jinsini massivdan qо‘porib olishda portlovchi moddaning sarfi bо‘yicha va hokoza.
Bir qancha tog‘ jinsi va minerllarning mustahkamlik koyeffitsiyentlari.
5.1-jadval.
Qattiqlik Foydali qazilmalarni qazib olishning zamonaviy texnologiyalarida kо‘plab jarayonlar tog‘ jinsining Yuza qatlamini yemirishga (burg‘ilashning turli kо‘rinishlari, lahim о‘tuvchi kombaynlarni ishlatishda kesish hamda frezerlash va boshqalar) yoʻnaltiriladi. Qattiqlik tog‘ jinsining kon-texnik parametrlariga tegishli muxum kо‘rsatkichlardan biri bо‘lib kon mashina jixozlarining sayqallanib (charxlanib) eskirishga olb keladigan omillarning asosiysi hisoblanadi. Tog‘ jinsi namunasiga uchli jsimning (qirrali tog‘ jinsi, uchli uskuna va jihozlar) kritilishiga kо‘rsatadigan qarshilgi uning qattiligi deyiladi. Minerallar uchun qattiqlik tushunchasini va shkalasini birinchi bо‘lib Moos fanga tatbiq etgan bо‘lib etalon sifatida talkdan boshlab olmosgacha о‘nta mineralni о‘z ichiga oladi.
Kо‘p tog‘ jinslari qattiqligi turlicha bо‘lgan bir nechta minerallardan tashkil topgan shunga muvofiq bunday tog‘ jinslari polikristal jinslar hisoblandi. Bunday tog‘ jinsidagi minerallarning qattiqligi bir-biridan keskin farq qilishi minerallar orasidagi о‘zaro molikulyar tasirlashuvi va mexaniq xossalarning bir qancha kо‘rsatkichlarda nomoyon bо‘lishiga olib keladi.
Tog‘ jinsining qattiqligi uning tekstura va strukturasiga shuningdek namlik darajasiga, massivdagi tog‘ jinsining haroratiga va kuchlanish holatiga bog‘liq.
Bugungi kunda materiallar qattiqligin sinashning (baholshning) quyidagi kо‘rinishlari mavjud: tirnash bilan baholash (Moos bо‘yicha qattiqlik), statik ta’sir etish bilan baholash (L. A. Shreyner uslubi), dinamik ta’sir etish bilan baholash (Shora uslubi).
Kо‘p holatlarda tog‘ jinsining qattiqligini aniqalshda statik uslubdan foydalaniladi. Bu uslubning mohiyati shundan iboratki – malum Yuklamali diametri 2-3 mm bо‘lgan silindrik shtamp orqali tog‘ jinsining silliqlangan Yuzasiga ta’sir etiladi. Shtampdagi Yuklama bosqichma-bosqich ortirilib boriladi. Tog‘ jinsidagi о‘yiq chuqurcha mо‘rtlashib yemirilayotgan paytdagi Yuklama miqdori P bо‘yicha qattiqlik kо‘rsatkichi aniqlanadi.
σsj= P/S Bunda: S - silindrik shtamp Yuzasi, m2.
Tog‘ jinsining plastiklik xsusiyati ortishi bilan uning qattiqligi kamayadi. Qattiq jsimlarda har doim bir о‘q bо‘ylab siqilishdagi chegaraviy pshiqlik barcha tomonlama siqilishdagi pshiqlikdan katta bо‘ladi. Shuning uchun tog‘ jinsining hajmiy siqilish holatini ifodalashda uning elastiklik va plastiklik hossalariga sezilarli darajada bog‘liqligini hisobga olish lozim.
H=k· σsj Yuqori da takidlab о‘tganimizdek tog‘ jinsining plastiklik xsusiyati ortishi bilan unga teskari bо‘lgan proparsionallik koyeffitsiyenti k 20 dan 5 gacha bо‘lgan miqdorda kamayadi.
Dinamik uslubda qattiqlikni о‘lchash. Bu uslubning mohiyati shundaki – malum balandlikdan uchida sferik olmos joylashtirilgan shtamp erkin hoatda tog‘ jinsining silliqlangan Yuzasiga tashlanadi. Tashlangan balandlik va tog‘ jinsining emirilish kо‘rsatkichi orqli qattiqlik aniqlanadi.
Qayishqoqlik Plastik deformatsiya zonasining kattaligi va Yuqori darajadagi pshiqligi tog‘ jinsini yemirishda kо‘plab qiyinchiliklarni Yuzaga keltiradi. Bunday tog‘ jinslari qayishqoq jinslar hisoblanadi.
Tog‘ jinslarini yemirishda qayishqoqlik texnologik kо‘rsatkich bо‘lib uning zarralarini kesib ajratib olshda jinsning proparsional qarshilik kuchi hisoblanadi. Bu kо‘rsatkichi tog‘ jinsining plastiklik hossasi, siqilishdagi va chо‘zilishdagi chegaraviy pshuqliklar orasidagi munosabat shuningdek siljishdagi chegaraviy pshuqlik bilan baholanadi. Amalyotda qayishqoqlikni aniqlashning alohida usullari mavjud emas. Ammo tog‘ jinsining qayishqoqlik miqdorini (B) aniqlashda uning pshiqlik (σsj)va plastiklik (Yedef) kо‘rsatkichlari orqali quyidagicha ifodalanadi.
B=YE· σsj / edef Tog‘ jinsini yemirishda qayishqoqlik xsusiyati uning defarmatsiya qayishqoqligi bilan mutloqa boshqa narslarni ifodalaydi. Defarmatsiya qayishqoqligi – ichki ishqalanish koyeffitsiyenti η, NYuton qonuniga asososlangan bо‘lib urunmaviy kuchlanish τ bilan deformatsiya tezlig dε/dt orasidagi bog‘liqlikdan kelib chiqadi.
τ= η dε/dt Bu kо‘rsatkich tog‘ jinslari uchun juda Yuqori bо‘lib 1011-1013 Pa·s ni tashki etadi (taqqoslash uchun glitsirinning qayishqoqligi 0,85 Pa·s)
Shu bilan bir qatorda tog‘ jinslari uchun zarbli qayishqoqlik tushunchasi ham mavjud. Bu tushunchadan asosan metallar uchun foydalaniladi. zarbli qayishqoqlik – metallarni egib ishlov berishda Yuza qismida kemtik hosil qilish ishlarida namayon bо‘ladigan xsusiyat.