Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti neft va gaz fakulteti neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish kafedrasi


Neft emulsiyalarini parchalash usullari. Neftni parchalashda deemulgatorlarning o’rni



Download 0,8 Mb.
bet7/11
Sana22.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#693346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2.3. Neft emulsiyalarini parchalash usullari. Neftni parchalashda deemulgatorlarning o’rni.

Neft emulsiyalarini hosil bo‘lishini oldini olish va hosil bo‘lgan neft emulsiyalarini parchalash uchun deemulgatorlar – sirt faol moddalar ishlatiladi. Deemulgatorlarning vazifasi suv tomchilarining yuzasidagi emulgatorlarni, ya’ni neft va qatlam suvi tarkibidagi tabiiy sirt faol moddalarni (asfalten, naften, qatron (smola), parafin) siqib chiqarishdir.


Deemulgatorlarning samaradorligi deganda deemulgatorlarning sarfi, tayyorlangan neftning sifati (uning tarkibidagi xlor tuzlarining, suvning va mexanik aralashmalarning qoldig‘i), eng past harorati va neftni tindirish vaqti nazarda tutiladi.
Deemulgatorlarning samaradorligi ma’lum bir konning suvsiz neftidan va qatlam suvidan tayyorlangan, hamda bir xil muddatda tindirilgan emulsiya namunalarida sinaladi.


2.4 Deemulgatorlarning tasnifi va ularga qo’yiladigan talablar.
Emulsiyalarni parchalash uchun ishlatiladigan deemulgatorlar ikki guruhga bo‘linadi:

  • ionogen (suv eritmalarida ion hosil qiluvchi);

  • noionogen (suv eritmalarida ion hosil qilmaydigan).

Birinchi guruhga kam samarador deemulgatorlar kiradi. Bular neytrallangan qora kontakt (NQK) va neytrallangan nordon gudron (NNG).
Ikkinchi guruhga diproksamin – 157, proksamin – 385; dissolvan – 4411, siparol, poliakrilamid kiradi.
Noionogen deemulgatorlar ionogen deemulgatorlarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Bular quyidagilar:

  1. solishtirma og‘irligi kichik (diproksamin – 157 va dissolvan 4411 60 – 70 0C haroratdagi emulsiyaning bir tonnasiga – 20 – 30 g ketadi, bunda neftning suvlanganligi 1 % bo‘ladi).

  2. suvda yaxshi eriydi, qatlam suvi va neftdagi tuz va kislotalar bilan ta’sirlashmaydi, quvur va apparatlarda cho‘kindi hosil qilmaydi.

  3. NQK dan 4 – 6 marta qimmat, lekin sarfi NQK ga nisbatan yuz marta kam.

Deemulgatorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Emulsiya fazalaridan (neft yoki suv) birida yaxshi erishi lozim;

  • «neft - suv» tutash yuzasidagi tabiiy emulgatorlarni siqib chiqarish uchun yetarlicha sirt faollikka ega bo‘lishi lozim;

  • «neft - suv» chegarasida eng kam reagent sarfi bilan fazalararo taranglikni kamaytirish;

  • qatlam suvida koagulyasiya qilmasligi;

  • metallarga nisbatan inyert (muqarrar) bo‘lishi (zanglamasligi).

SHu bilan birga deemulgatorlar arzon, transport qilinishi oson bo‘lishi, harorat o‘zgarishi bilan o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmasligi, ishlov berilgandan so‘ng neftning sifati yomonlashmasligi va turli neft – suv emulsiyalarini parchalash qobiliyatiga ega bo‘lmogi lozim.
Noionogen deemulgatorlar o‘zlarining kimyoviy xususiyatlari bilan mana shu talablarga javob beradi.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish