2.2. Elektrotermokimyoviy usulda emulsiyalarni parchalash
Elektrotermokimyoviy usul – yuqorida bayon qilingan termoqimyoviy usul bilan suv zarrachalarini kuchli elektr maydonida intensiv cho‘ktirilishi hamda neftning suv bilan intensiv yuvilishini birga olib borishidan iboratdir. Bu esa neftni suvdan (0,1% (mass.) gacha) va mineral tuzlarda (3-5 g/t gacha) chuqur tozalashga erishishga imkon beradi.
Elektr maydonni emulsiyaga tasirini 2.1-rasm namoyish etadi.
2.1-rasm. Elektr maydonni emulsiyaga ta’sir etish sxemasi.
a – maydon ta’sirisiz; b va v – elektrod qutblari almashtirilgan elektr
maydondagi emulsiya.
Odatdagi holatda neftdagi muallaq suv tomchilari sferik ko‘rinishga ega bo‘ladi. Agarda ushbu emulsiya hajmiga o‘zgaruvchan tokli elektr maydoni berilgan bo‘lsa (b), suv tomchilari elektr yurituvchi kuch musbat bo‘lgan elektrodga tortilgan holatda nok ko‘rinishiga o‘tadi (maydonda sho‘r suv elektrolit kabi manfiy zaryadlanib qoladi.) Vaqtning bir davri tamom bo‘lishi bilan elektrodlar qutblari almashadi va maydonni tomchilarga ta’sir etishi boshqacha bo‘lib qoladi, ular teskari yo‘nalishda tortiladilar.
Elektrodlarda kuchlanishni elektrodlararo masofaga nisbati bilan baholanuvchi elektr maydonning kuchlanganligi odatda 1dan 5 kV/sm ni tashkil qiladi. Elektr maydonning bunday kuchlanganligi koalessensiyaga yordam beradi va emulsiyaning parchalanish samaradorligini oshiradi. Kuchlanganlikning keyingi oshirilishida u kritik qiymatga yetib boradi; bunda tomchilarning vibratsiyasi shunchalik kuchayib ketadiki, ular o‘zaro qo‘shilib ketish o‘rniga maydaroq bo‘lakchalarga bo‘linib keta boshlaydilar, va suvsizlanish to‘xtaydi.
Yuqorida eslatib o‘tilgan faktorlar suvni emulsiyadan ajratib chiqishini intensivlashga olib keladi, biroq, suvsizlantirishdan so‘ng neftda qolib ketgan suv tomchilari neftning tuzlanganlik darajasiga ta’sir etmaydi.
Nafaqat chuqur suvsizlantirishga, neftni tuzsizlantirishga erishish uchun ham neftni yangi chuchuk suv bilan yuvib tashlash qo‘llaniladi. Ushbu suv bilan yuvishning roli ikki yoqlamadir. Bir tomondan, emulsiya sho‘r suvi tomchilari bilan ajralish, u ularni suyultiradi va ulardagi tuzlar konsentratsiyasini kamaytiradi, boshqa tomondan esa, tomchilar koalessensiyasiga ham olib keluvchi, ya’ni emulsiyaga gidromexanik ta’sir o‘tkazuvchi neft emulsiyasini oqimini turbulizatsiya qiladi.
Yuvish uchun berilayotgan suvning 5-6% (mass.), neftga nisbatan faqat 1% ga yaqini 15-20% (nisb.) emulsiya holatda bo‘lgan sho‘r suvning suyultirilishida ishtirok etadi, yuvuvchi suvning qolgan qismi esa faqat turbulizatordir. Bundan kelib chiqadiki, tashlab yuboriladigan sho‘r oqava va ifloslangan suv miqdorini 5-6 barobar pasaytirish va uni zararsizlantirish quvvatlarini kamaytirishga imkon beradi.
2.2-rasmda neftni elektrotermokimyoviy usul bilan suvsizlantirish va tuzsizlantirish prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan.
2.2 -rasm. Neftni elektro kimyoviy suvsizlantirish va tuzsizlantirish sxemasi.
1-nasos; 2-isitgich; 3-aralashtirgich; 4-elektrodegidrator; 5-elektrodlar; 6-neft kiritish matochnigi; I-II-«xom» va suvsizlangan neft; III-deemulgator; IV-drenaj sho‘r suv; V,VI va VII-retsirkulyasiyalanuvchi, toza va aralashgan kondensat suvlari; V-neft-suv fazalarning ajralish sathi; 31-33-neftni yuvish, bo‘sh va kuchli elektr maydonidagi zonalari, mos ravishda 120-1300C gacha (1,0-1,5 MPa bosim ostida) isitilgan neftga aralashtirgich 3 oldidan deemulgator va aralashgan yuvuvchi suv (oqava ritserkulyasiyalanuvchi suv V va yangi chuchuk suv VI aralashmasi) beriladi. Aralashtirgichdan so‘ng ushbu neft oqimi bilan yuvuvchi suv elektrodegidrator 4 ga kiradi. Matochnik (taqsimlovchi) 6 suv sathi ostida joylashgan, va neft undan tizillab ko‘tarila, uch zonadan o‘tadi:
31-suv qatlami orqali barbotaj zonasi; bu yerda suvning eng yirik tomchilari (pufaklari) ajraladi;
32-elektr bo‘shlig‘i ostidagi kuchsiz elektr maydoni zonasi; bu yerda kuchsiz maydonda o‘rtacha suv tomchilarining koalessensiyasi boshlanadi.
33-3-4 kV/sm elektrod 5 lar orasida bo‘lgan kuchlanishli kuchli elektr maydoni zonasi; bu yerda eng mayda tomchilar koalessirlanadi.
Neftni yuvishdagi tuzli balans 2.3- rasmda ko‘rsatilgan.
2.3-rasm. Neftning suvni retsirkulyasiyali yuvish sxemasi va suv bo‘yicha tuzli balansi.
Agarda neft elektrodegidratorga 0,1% (mass) suv miqdori va 20 mg/l neftda tuzlar miqdori (neftidagi suvning sho‘rligi ushbu holda 20000 mg/l suvga ni tashkil etadi) holida kelsa, va elektrodegidratordan chiqishdagi neftda o‘shancha miqdorda bo‘lib qolsa (0,1% (mass)), tuzlarning miqdori 10 barobarga pasaysa, ya’ni 2 mg/l neftni tashkil qilsa (qolgan suvning sho‘rligi 2000 mg/l), ushbu ko‘rsatgichga erishish uchun neftga hammasi bo‘lib 0,9 % (mass.) toza suv va elektrodegidratorlardan drenaj bo‘layotgan sirkulyasiyalanayotgan suvdan 3,6% (mass.) berish kifoyadir.
2.4-rasm. Suvni qarama-qarshi sirkulyasiyalab neftni 3-pog‘onali suvsizlantirish va tuzsizlantirish sxemasi.
I, II – hom ashyo va tuzsizlangan neft; E-1, E-2, E-3-1-, 2 va 3 pog‘ona elektrodegidratorlari; Vs1, Vs2 va Vs3 -1-, 2 va 3-pog‘onalarda retsirkulyasiyalanuvchi suv; Vo va Vg – yangi va drenaj suvi; D-deemulgator.
Suv bilan neftni yuvish jarayoni qarama-qarshi oqimda amalga oshiriladi: yangi suv so‘nggi pog‘onaning kirishiga keladi, drenajniki esa – birinchidan. Yuvuvchi suv (Vs3-2 va Vs2-1) ning qarama-qarshi oqimli pog‘onalararo sirkulyasiyasidan tashqari suv har bir pog‘onada turbulizator kabi (Vs3 , Vs2 va Vs1) sirkulyasiyalanadi.
Neftning tuzsizlantirish pog‘onalarini soni asosan ilk neftdagi tuzlar miqdori bilan suv – neft emulsiyasining mustahkamligi bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |