Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti neft va gaz fakulteti neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish kafedrasi


Neft emulsiyalarining turlari va dispersligi



Download 0,8 Mb.
bet4/11
Sana22.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#693346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1.3. Neft emulsiyalarining turlari va dispersligi.
Neft emulsiyalarida 2 xil faza mavjud: ichki va tashqi. Bir suyuqlik ikkinchi suyuqlik ishida tomchilar ko‘rinishida joylashadi. Tomchilar ko‘rinishidagi suyuqlik dispers faza (ichki) deyiladi. Tomchilarni o‘rab turuvshi muhit dispersion muhit (tashqi) deb yuritiladi. (1.2. - rasm).
Dispers faza va dispersion muhitning xarakteriga qarab to‘g‘ri ko‘rinishdagi va teskari ko‘rinishdagi emulsiyalar turlanadi.
To‘g‘ri ko‘rinishdagi emulsiyalarda neft suvda tomchilar sifatida mavjud bo‘ladi va bu emulsiyalar neft – suv emulsiyalari (NS) deb ataladi.
Teskari ko‘rinishdagi emulsiyalarda suv neftda tomchilar sifatida mavjud bo‘ladi va bu emulsiyalar suv – neft emulsiyalari (SN) deb ataladi.
Konlarda emulsiyalar tarkibida qancha suv borligi to‘g‘risida ularning rangiga qarab baho beriladi. Masalan: emulsiya tarkibida 10% suv bo‘lsa, uning rangi toza suvsiz neft rangida bo‘ladi; 15 – 20 % suv bo‘lsa – emulsiyaning rangi jigar rangdan sariq ranggacha o‘zgaradi; 25 % suv bo‘lsa – emulsiya sariq rangda bo‘ladi va x.k.



1.2– rasm. Neft emulsiyasi.
a) neft-suvda. b) suv-neftda. 1-dispersion muxit; 2-dispers faza.

Neft emulsiyalarining eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biri ularning mustahkamligidir, ya’ni ma’lum bir vaqt ichida neft va suvga parchalanib ketmasligi.


Neft emulsiyalarining mustahkamligiga quyidagi omillar katta ta’sir o‘tkazadi:

  1. tizimning dispersliligi;

  2. fazalar tutash yuzasida himoya qobig‘ini hosil qiluvchi emulgatorlarning fizik – kimyoviy xossalari;

  3. aralashayotgan suyuqliklarning harorati va x.k.

Mana shu omillarga qisqacha to‘xtab o‘tamiz:
1.Dispersliligi bo‘yicha neft emulsiyalari:

        • mayda disperslik – suv tomchilari o‘lchami 0.2 – 20 mk;

        • o‘rta disperslik – suv tomchilari o‘lchami 20 – 50 mk;

        • dagal disperslik – suv tomchilari o‘lchami 50 – 100 mk.

Emulsiyaning dispersliligi qancha baland bo‘lsa, ya’ni ichki fazaning tomchilari qancha kichkina bo‘lsa, emulsiya shuncha mustahkam bo‘ladi.
2. Emulsiyaning mustahkamligiga tomchilar yuzasida adsorbsion himoya qobig‘ini hosil qiluvchi emulgator deb nomlanuvchi, barqarorlashtiruvchi moddalar katta ta’sir o‘tkazadi. Adsorbsion qobiqlarni hosil qilishda sirt faolligi katta bo‘lgan moddalar (asfalten, naften, parafin, vanadiy, nikel, litiy, temir, titan kabi metallar kompleksi) va mayda disperslik neorganik moddalar (loy, qum va tog‘ jinslaridan tashkil topgan) ishtirok etadi.
Neft emulsiyalarining mustahkamligi (SN) aralashayotgan suyuqliklarning haroratiga bog‘liq. Bu harorat qancha past bo‘lsa, emulsiya shuncha mustahkam bo‘ladi. Emulsiyaning temperaturasi ko‘tarilsa, adsorbsion qobiqning mustahkamligi 0 gacha pasayadi, natijada suv tomchilarining qo‘shilib ketishi sodir bo‘ladi va emulsiya parchalanib ketadi.

2.1. Neft va gaz emulsiyalarining fizik – kimyoviy xossalari.



Neft emulsiyalari quyidagi asosiy fizik – kimyoviy xossalari bilan harakterlanadilar: dispersliligi, qovushqoqligi, zichligi, elektr xususiyatlari.
Emulsiyalar dispersliligi.
Disperslilik emulsiyalarning xossalarini belgilovchi asosiy tavsifdir. Dispers faza tomchilari kattaligi 0,1 – 100 mk gacha bo‘ladi. Bir xil diametrli tomchilardan tashkil topgan dispers tizimlar – monodispers, har xil diametrli tomchilardan tashkil topgan dispers tizimlar – polidispers tizimlar deyiladi. Neft emulsiyalari har xil o‘lchamdagi zarrachalardan tashkil topganligi uchun polidispers tizimlar turiga kiradi.
Dispers tizimning solishtirma yuzasi Ssol. quyidagi formuladan aniqlanadi:
Ssol=S

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish