Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti neft va gaz fakulteti neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish kafedrasi



Download 0,8 Mb.
bet10/11
Sana22.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#693346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Termokimyoviy usul tizimga suv globulalari atrofidagi himoya solvat qobiqchasini parchalovchi, isitilgan neftda suvning koalessirlangan tomchilarini cho‘ktiruvchi kimyoviy modda (deemulgator)ni kiritishni birga qo‘shib olib boradi. Usul neftning zichligi va qovushqoqligini pasayishi hisobiga (neftni 601000C gacha isitish) va tomchilarning himoyaviy qobiqchalarini kuchsizlanishi va ularning neftni harakati jarayonida koalessensiyasining engillashishi oqibatida yiriklashishining tezlashishi (dk ni oshishi) hisobiga tomchilar cho‘kish tezligini anchagina oshirishga imkon beradi.



2.7-rasm. Neftni termoqimyoviy suvsizlantirish prinsipial sxemasi.
1-nasos; 2-isitib byergich; 3-aralashtirgich; 4-tindirgich; I va II-xom ashyo va suvsizlantirilgan neft; III-suv; IV-deemulgator.
Neft oqimiga deemulgator maxsus aralashtirgichda ko‘p bo‘lmagan miqdorlarda (5-50g/t neft uchun) kiritiladi. Deemulgator yaxshigina sirt-faol xossalariga ega holda suv tomchilari atrofiga adsorbirlangan emulgatorlarning solvat qobiqchalariga:

  • solvat qobiqchaning deemulgatorlarini adsorbsion sitib chiqarish (o‘rin olish) hisobiga;

  • emulgator komponentlari bilan kimyoviy o‘zaro tasirlashuv va solvat qatlamning parchalanishi hisobiga;

  • qarama-qarshi tipdagi emulsiya hosil bo‘lishi, ya’ni fazalar inversiyasi hisobiga tasir ko‘rsatadi.

Natijada suv tomchisi atrofidagi emulsiyalovchi moddalardan tuzilgan yupqa parda parchalanadi, uning mustahkamligi va himoya hossalari keskin pasayadi, bu esa suv tomchisi koalessensiyasiga yordam beradi.
Termoqimyoviy usul toza holda odatda quduq oldida katta bo‘lmagan chuqurlikda tuzsizlanish bilan neftni suvsizlantirish usuli sifatida qo‘llaniladi.
Ushbu usulda asosiy tasirni deemulgator taminlagani uchun, unga qo‘yiladigan asosiy talablarni hamda uning harakteristikasini qisqa ko‘rib chiqish lozim.
Deemulgatorlar – quyidagi talablarni qoniqtiruvchi kimyoviy moddalardir:

  • neftning asosiy moddasi bilan o‘zaro ta’sirlashmasligi va uning tarkibini o‘zlashtirmasligi lozim;

  • apparaturani korroziyaga uchratmasligi;

  • kam sarflarda yuqori deemulgirlovchi faollikni ta’minlashi;

  • neftdan ajratib olingan oqava suvdan yengil ajratib olinishi;

  • insonlar uchun zaharsiz bo‘lishi;

  • nisbatan arzon bo‘lishi va kamyob bo‘lmasligi lozim.

Yuqorida ta’kidlanganidek, emulgatorlarning tarkibi neftning kimyoviy tarkibi bilan ham, qatlam suviniki bilan ham bog‘langan. Mos ravishda neftning emulsiyalik guruhiga bog‘liq holda deemulgatorni tanlash va uning sarfi faqat tajribada va har bir neft uchun yakka tartibda aniqlanadi.
Deemulgatorlar ikki xil bo’ladi - noelektrolit va kolloid tipli.
Noelektrolit deemulgatorlarga neft emulgatorlarini erituvchi va shu bilan birga uning qovushqoqligini pasaytiruvchi organik moddalar (benzol, spirtlar, benzin fraksiyalari, kerosin) kiradi. Bu esa suv tomchilarini tezda koalessensiyasini va ularni cho‘kishini osonlashtiradi. Ularni asosan laboratoriya va izlanish amaliyotida qo‘llaydilar.
Neftni suvsizlantirish sanoat texnologiyasida noelektrolitlar ular sarfining kattaligi va yuqori qiymatlari, hamda suv cho‘ktirilgach ularni neftdan ajratib olishning murakkabligi bois qo‘llanilmaydi. SHuning uchun sanoatda qo‘llanilishga kolloid tipli sirt-faol moddalar (SAM) eng ko’p qo’llaniladi. Ular uch ko‘rinishda: anianoaktiv, kationoaktiv va noionogen bo‘ladi.
Anionoaktiv deemulgatorlar (sulfanol, sulfoefirlar, karbon kislotalar) suv mavjudligida uglevodorod qismining salbiy zaryadlangan ionlari va metallar yoki vodorodning musbat ionlariga dissotsiyalaydilar.
Kationoaktiv deemulgatorlar suv mavjudligida musbat zaryadlangan radikal va manfiy zaryadlangan kislota qoldig‘iga parchalanadilar. Deemulgatorlar sifatida onda-sonda qo‘llaniladi.
Noionogen deemulgatorlar suvli muhitlarda ionlar hosil qilmaydilar. Ular neftlarni suvsizlantirish texnologiyasida eng keng qo‘llanilishga egadir. Suvda eruvchanligi bo‘yicha ularni shartli ravishda suvda eruvchi, suv-neftda eruvchi va neftda eruvchilarga ajratish mumkin.
Suvda eruvchilarga oksietillangan suyuq organik kislotalar (OJK), alkilfenollar (OP-10 va OP-30), hamda organik spirtlar (neonol, sintanol, oksanol) kiradi. Neftni deemulsatsiyasi jarayonida ushbu deemulgatorlarning 75-85%i drenaj suviga o‘tib ketadi.
II bob Xisob qismi
Masala. №1
Neft va gaz emulsiyasining mustahkamligini aniqlash:
Dich=0,062 m; ptub=16 MPa; Ttub=330 K; ztub=0,83.

Yechilishi. Suv tomchisi ajralib tushmaydigan holat uchun gazning minimal tezligini quyidagicha topamiz:



Gazning minimal debitini aniqlaymiz:




Yoki

Shunday qilib ushbu gaz qudug’ida minimal tezligi 50870 m3/sut ga teng bo’lganda quduq tubida suv tiqini hosil bo’lmaydi.


Masala №2

Yuqoridagi shart uchun quduq tubida kondensat cho’kib qolmaydigan quduqning minimal debitini aniqlaymiz.
Yechilishi. Kondensatning yer yuzasiga to’liq chiqishini ta’minlovchi gazning minimal tezligini quyidagicha aniqlaymiz:


Gazning minimal debitini aniqlaymiz.




Yoki



III bob Xulosa


Neft emulsiyalari deganda mayda dispers holatidagi neft va qatlam suvlarining mexanik aralashmasi tushuniladi. Konni ishlatish jarayonida neft va suvning o‘zaro miqdoriy nisbati o‘zgarib turganligi sababli, neft emulsiyalarining xususiyatlari ham keng miqyosda o‘zgarib turishi mumkin.
Qatlamda va quduq tubida neft emulsiyalari bo‘lmaydi. Emulsiyalar quduq tanasida hosil bo‘lib, ularning hosil bo‘lish tezligi nasosli, kompressorli va favvora quduqlarida har xil bo‘ladi. Neftni сhuqurlik nasoslari yordamida qazib olishda, emulsiyaning hosil bo‘lishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: plunjerning harakat uzunligi; qabul qiluvchi va tashlama klapanlarning o‘lchamlari; nasosda gazning mavjudligi. Favvora va kompressor quduqlarida bosimning pasayishi va neftdan gazning tez ajralishi natijasida suyuqliklarning tez aralashishi kuzatiladi. Eng mustahkam emulsiyalar neft olishning kompressorli usulida, ishchi agent sifatida havo ishlatilganda hosil bo‘ladi. Buning sababi neft tarkibidagi naften kislotalar havo kislorodilari bilan oksidlanib, samarali emulgatorlarga aylanadilar.
Neft emulsiyalarida 2 xil faza mavjud: ichki va tashqi. Bir suyuqlik ikkinchi suyuqlik ishida tomchilar ko‘rinishida joylashadi. Tomchilar ko‘rinishidagi suyuqlik dispers faza (ichki) deyiladi. Tomchilarni o‘rab turuvshi muhit dispersion muhit (tashqi) deb yuritiladi. . Dispers faza va dispersion muhitning xarakteriga qarab to‘g‘ri ko‘rinishdagi va teskari ko‘rinishdagi emulsiyalar turlanadi. To‘g‘ri ko‘rinishdagi emulsiyalarda neft suvda tomchilar sifatida mavjud bo‘ladi va bu emulsiyalar neft – suv emulsiyalari (NS) deb ataladi. Teskari ko‘rinishdagi emulsiyalarda suv neftda tomchilar sifatida mavjud bo‘ladi va bu emulsiyalar suv – neft emulsiyalari (SN) deb ataladi.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish