Asosiy Qism
Neft va gaz emulsiyalari. Neft va gaz emulsiyalarining hosil bo‘lishi, ularning fizik-kimyoviy xossalari va klassifikatsiyasi.
1.1 Qazib olishda va uzatishda neft emulsiyalarining hosil bo’lishi.
Neft emulsiyalari deganda mayda dispers holatidagi neft va qatlam suvlarining mexanik aralashmasi tushuniladi. Konni ishlatish jarayonida neft va suvning o‘zaro miqdoriy nisbati o‘zgarib turganligi sababli, neft emulsiyalarining xususiyatlari ham keng miqyosda o‘zgarib turishi mumkin.
Qatlamda va quduq tubida neft emulsiyalari bo‘lmaydi. Emulsiyalar quduq tanasida hosil bo‘lib, ularning hosil bo‘lish tezligi nasosli, kompressorli va favvora quduqlarida har xil bo‘ladi.
Neftni сhuqurlik nasoslari yordamida qazib olishda, emulsiyaning hosil bo‘lishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: plunjerning harakat uzunligi; qabul qiluvchi va tashlama klapanlarning o‘lchamlari; nasosda gazning mavjudligi.
Favvora va kompressor quduqlarida bosimning pasayishi va neftdan gazning tez ajralishi natijasida suyuqliklarning tez aralashishi kuzatiladi. Eng mustahkam emulsiyalar neft olishning kompressorli usulida, ishchi agent sifatida havo ishlatilganda hosil bo‘ladi. Buning sababi neft tarkibidagi naften kislotalar havo kislorodilari bilan oksidlanib, samarali emulgatorlarga aylanadilar.
1.2 Neft va gaz emulsiyalarining hosil bo’lishida emulgator va sirt faol moddalarning o’rni va ahamiyati.
Ma’lumki, neft va suv o‘zaro bir-birida erimaydi (liofob) va intensiv aralashtirilganda suv-neftli dispers tizim («suv neftda» emul’siyasi)ni hosil qiladi. Bunday tizimni odatdagi tindirgichlarda ajratish dispersirlangan suv zarrachalarining kichik o‘lchamlar bois amalga oshmaydi.
Bunday emulsiya quduq ustuni bo‘yicha, zadvijka va shtutserlar, quvur o‘tkazgichlar orqali quduqdan neftni tayyorlash uzeligacha harakatida suv-neft aralashmasini turbulizatsiyasi hisobiga hosil bo‘ladi. YUqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, suvning asosiy miqdori tindirish (PV1) bilan ajratiladi va «neft va suv» dispers tizimini, ya’ni suvda disperslangan neftning mayda tomchilarini tashkil qiladi. Qatlam suvida dispergirlangan ushbu neft suvni tayyorlash qurilmasida ajratib olish amalga oshiriladi; ajratib olingan neft neftning asosiy oqimiga qaytariladi.
Neftda qolib ketgan emulgirlangan suv (EPV)ni ajratish uchun suv-neft emulsiyasini buzish maxsus usullari qo‘llaniladi.
Suv-neft emulsiyasining tuzilishi 1.1-rasmda sxematik ko‘rsatilgan.
1 .1-rasm «Neftda suv» emulsiyasi tuzilishi.
1-neft (dispers muhit); 2-suv globulalari; 3-qobiqlar.
Dispergirlangan suv tomchilari (globulalari) 0,1 dan to 1000 mkm gacha diametrga ega, va ularning har biri globula yuzasiga adsorbirlangan solvat qobiq – neftning qutbli yuqori molekulyar moddalari konsentrati bilan o‘rab olingan (shu bois emulgator deb nomlanadi). Qalinligi bo‘lgan bunday solvat qatlamning mavjudligi suvning har bir globulasi atrofida bamisoli himoya «po‘chog‘i»ni vujudga keltiradi va globulalarning hattoki o‘z o‘zidan to‘qnashishidagi qo‘shilib ketish (koalessensiyasi)ga qarshilik qiladi.
Solvat qobiqlarning hosil bo‘lish jarayoni suvni mayda globulalarga maydalanish baxyasidayoq boshlanadi va emulsiya mavjudligida hamma vaqt davomida davom etadi. SHuning uchun emulsiya qanchalik ko‘p vaqt mavjud bo‘lsa, solvat qatlami shunchalik qalin va uning himoya tasiri shunchalik mustahkamroq bo‘lib boradi.
Suv globulalari yuzasidagi emulgatorlar absorbsiyasining intensivligi yuqorida ko‘rsatilgan tomchi o‘lchamlarida dispers faza (suv) ulkan fazalar aro yuzasi (bir litr neftda 10 lab metr kvadrat) bilan aniqlanadi. Bunday yuzada emulsiyani barqarorlashtiruvchi ko‘p miqdordagi moddalar absorbirlanishi mumkin, ya’ni emulsiyaga – muhitga kinetik barqarorlikni beradi.
Emulsiyaning zaruriy harakteristikalaridan biri suv zarrachalarining dispersligidir; u zarrachalarni o‘z diametrlari bo‘yicha taqsimlanishiga bog‘liq yoki dispers fazaning nisbiy yuzasi (ya’ni ushbu faza umumiy yuzasini uning hajmiga nisbati) bilan ifodalanadi.
Emulgatorlangan suv zarrachalarining nisbiy yuzasi Syg quyidagi formula bilan hisoblanishi mumkin. (sm-1da):
Do'stlaringiz bilan baham: |