Metall
|
Atom raqami
|
Atom massasi
|
Terish 0C
|
Tqaynash 0C
|
D20 g/sm3
|
Mis
|
92
|
63,5
|
1084,5
|
2540
|
8,96
|
Nikel
|
28
|
58,7
|
1455
|
2900
|
8,9
|
Qo’rg’oshin
|
82
|
207,3
|
327,4
|
1745
|
10,34
|
Rux
|
30
|
65,4
|
419,5
|
906
|
7,133
|
Alyuminiy
|
13
|
27
|
660,4
|
2500
|
2,699
|
Volfram
|
74
|
183,85
|
3420
|
~5930
|
19,3
|
Molibden
|
42
|
95,95
|
2620
|
~4800
|
10,2
|
Tantal
|
73
|
180,88
|
3000
|
~5300
|
16,65
|
Niobiy
|
41
|
92,91
|
2470
|
~4840
|
8,57
|
Reniy
|
75
|
186,31
|
3180
|
~5900
|
21,0
|
Uran
|
92
|
238,03
|
1030
|
3700-4200
|
18,5-19
|
Oltin
|
79
|
196,967
|
1064,4
|
2880
|
19,3
|
Kumush
|
47
|
107,868
|
960,5
|
2200
|
10,49
|
Kuchlanish qatorida istagan elektromanfiy metall, birikmalardan elektrmusbat zaryadli metallarni siqib chiqarishi mumkin. Musbat zaryadli metallarga qaraganda, elektrod potensiali manfiy bo’lgan metallar yuqori kimyoviy faolligi va tez oksidlanishi bilan farqlanadi. Elektrod potensiali ortishi bilan metall barqarorligi ortadi.
Ko’pgina metallar turli nisbatda bir – biri bilan yaxshi qorishib, ikki va undan ortiq komponentli qotishmalar hosil qiladi. Asosiy metallga oz miqdorda qo’shilayotgan metall legirlovchi deyiladi. Metallarni bir – biri bilan qorishtirib qotishma hosil qilish mumkinligi ulardan olinadigan metall mahsulotining fizik – mexanik va fizik – kimyoviy xossalarini keng miqyosda o’zlashtirish imkonini beradi. Amalda turli tarkibli qotishma olishning cheksiz imkoniyatlari qotishmaga oson va qiyin eruvchanlik, yuqori mexanik qattiqlik va mustahkamlik yoki aksincha, egiluvchanlik, yuqori korroziya va o’tga chidamlilik, magnitga tortiluvchanlik va boshqa maxsus yaxshilangan, toza metallarga xos bo’lmagan xossalarga ega bo’lish imkonini beradi.
Metallarning ko’pligi, xossalarning, olish usullari va ishlatish sohalarining turliligi ularni alohida sinflar bo’yicha tasniflash zaruratini keltirib chiqardi. Biroq afsuski, metallarni ilmiy asoslangan holda sinflash hozirgacha ishlab chiqilmagan. Hozirgi vaqtda metallurgiya sanoatini tashkil etishning tarixiy tuzilmasi, va shunga muvofiq oliy o’quv yurtlari va kollejlarda muhandis – texnik xodimlarni tayyorlash tuzilmasini namoyon qiladigan, metallarning sanoatlashgan tasnifi ishlatiladi.
Sanoatlashgan tasniflashga asosan hamma metallar ikki guruhga qora va rangli metallarga bo’linadi.
Qora metallarga temir (Fe) va uning qotishmalari (po’lat, cho’yan, ferroqotishmalar), shuningdek marganes (Mn) va xrom (Cr) kiradi. Qolgan hamma metallar rangli metallar hisoblanadi. Rangli metall deb nomlanishi shartli hisoblanadi. Chunki oltin va mis aniq bir rangga egadir. Qolgan hamma metallar, shuningdek, qora metallar ham turlicha och va to’q ko’rinishli kulrangga ega.
Rangli metallarni tasniflashda, ularning quyidagi turli xususiyatlariga asoslangan:
- zichligi (og’ir va engil);
- kimyoviy inertligi (qimmatbaho);
- tarqalishini, ishlab chiqarish masshtabini va qo’llanishini chegaralanganligi (noyob);
- yuqori erish harorati (qiyin eruvchi);
- izomorfligi (tarqoq);
- radioaktivligi (radioaktiv).
Rangli metallar shartli ravishda to’rt guruhga bo’linadi: og’ir, engil, nodir va noyob.
Og’ir rangli metallar (hammasi 10 dona) asosiy va kichik guruhga bo’linadi. Asosiy guruhga: mis (Cu), nikel (Ni), qo’rg’oshin (Pb), ruh (Zn), qalay (Sn) kiradi. Bu metallar o’zining ahamiyati va ishlab chiqarilish hajmi bo’yicha rangli metallar orasida muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik guruhga: vismut (Bi), mishyak (As), surma (Sb), kadmiy (Cd), simob (Hg), kobalt (Co). Bular asosiy og’ir metallarning tabiiy yo’ldoshi hisoblanadi. Ular odatda yo’ldosh komponent sifatida, lekin kamroq miqdorda ishlab chiqariladi.
Engil rangli metallar (hammasi 7 dona) guruhiga alyuminiy (Al), magniy (Mg), hamda ishqoriy metallar natriy (Na), kaliy (K) va ishqoriy-er metallari bariy (Ba), kalsiy (Ca), stronsiy (Sr). Boshqa metallarga qaraganda bu guruh metallari eng kichik zichlikka ega.
Nodir metallar (hammasi 8 dona) guruhiga oltin (Au), kumush (Ag), platina (Pt) va platinoidlar: ruteniy (Ru), rodiy (Rh), palladiy (Pd), osmiy (Os), iridiy (Ir) kiradi. Bu metallar atrof – muhit va korroziyali muhitga qarshi yuqori bardoshlik qobiliyatiga ega.
Noyob metallar (hammasi 57 dona) guruhi o’z navbatida qo’yidagi guruhlarga bo’linadi:
a) qiyin eriydigan noyob metallar: titan, sirkoniy, gafniy, vanadiy, volfram, molibden, tantal, niobiy, reniy;
b) engil noyob metallar: litiy, berilliy, rubidiy i seziy;
v) tarqoq noyob metallar: galliy, indiy, talliy, germaniy, selen, tellur, reniy;
g) noyob – yer metallari: skandiy, ittriy, lantan i lantanoidlar (seriydan lyutesiyagacha bo’lgan 14 element);
d) radioaktiv metallar: radiy, aktiniy va aktinoidlar (toriy, prokaktiniy, uran va transuran elementlar), poloniy.
Rangli metallarni tasniflanishi shartli bo’lib, ayrim metallar turli guruhlarga kirishi mumkin. Masalan, titanni ham qiyin eruvchi, ham engil noyob metallarga, reniyni ham tarqoq, ham qiyin eruvchi metallarga kiritish mumkin.
Keltirilgan metallarning sanoatlashgan tasnifi hozirgi vaqtda ilmiy va texnologik ketma – ketlik asosida tuzilgan deb tan olish mumkin emas. Unda metall guruhlari nomlanishi ham ma’lum bir tamoyillarga asoslanmagan. Ko’p hollarda u yoki bu metallning ishlab chiqarilishi va ishlatilishining o’sishi bilan metallarni sanoatlashgan tasnifining umumiy tamoyillariga zid holda metall bir guruhdan boshqa guruhga o’tishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |