Metallurgik jarayonlarning sinflanishi
Ruda yoki boshqa materiallardan metall ajratib olish uchun qo’llaniladigan barcha jarayonlar metallurgik jarayonlar deyiladi. Metall ishlab chiqarish qo’llanilayotgan jarayonlar uch guruhga bo’linadi:
1) pirometallurgik (yunoncha «pyr» so’zidan – olov ma’nosida) jarayonlar yuqori haroratda (500-20000C), ko’pchilik hollarda qayta ishlanayotgan materialning to’liq yoki qisman eritish bilan olib boriladi: kuydirish, tiklovchi va oksidlovchi eritish, vozgonka, distillyasiya;
2) gidrometallurgik (yunoncha «hydor» so’zidan – suv ma’nosida) jarayonlarda ruda yoki boshqa xom ashyolarga kislotalar, ishqor yoki tuzlarni suvli eritmalari bilan ishlov berilib, ajratilishi kerak bo’lgan metall eritmaga, bo’sh jinslar qattiq cho’kma holida qoldiriladi. Jarayon 20-3000C haroratda olib boriladi.
3) elektrometallurgik jarayonlar suvli eritmalardan yoki erigan tuzlardan elektr tokidan foydalanib oksidlovchi-qaytaruvchi jarayonlarni o’tkazish natijasida, bir elektrodda metall ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |