www.ziyouz.com
kutubxonasi
65
2012-yilda jahon miqyosida moliyaviy va iqtisodiy inqiroz davom
etayotgan bir paytda, ko‘pchilik mamlakatlarda o‘sish o‘rniga pasayish
holatlari yuz berayotganiga, jiddiy ijtimoiy muammolar va yon-atrofimizda
keskinlik, turli qarama-qarshilik kuchayib
borayotganiga qaramasdan,
O‘zbekistonimizda iqtisodiyotimiz barqaror sur’atlar bilan rivojlanib, bu
boradagi ko‘rsatkich 8,2 foizni, oxirgi uch yil yakuni bilan 27,7 foizni
tashkil etganining o‘zi ortiqcha ta’riflashga va izohlashga o‘rin
qoldirmaydi.
O‘tayotgan yilda davlat byudjeti umumiy xarajatlarining 59 foizi
aynan
sotsial sohalarga,
ya’ni aholining ehtiyojini qondirishga
yo‘naltirilganini alohida ta’kidlash lozim, deb hisoblayman.
Faqatgina joriy yilning o‘zida aholimizning real, ya’ni amaldagi
daromadlarining o‘rtacha 17,5 foizga oshgani,
davlat byudjetidan oylik
oladigan xodimlarning ish haqi, nafaqa va stipendiyalar miqdori o‘rtacha
26,5 foizga o‘sganini qayd etish zarur.
Daromadlar oshishi bilan aholimizning banklarda saqlanayotgan
omonatlari hajmi o‘tayotgan yilda 34,6 foizga, oxirgi uch yilda esa 2,4
karraga ko‘paygani hayotimiz tobora farovon bo‘lib borayotganining
yaqqol ko‘rsatkichi, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.
O‘z yakuniga yetayotgan yilda mamlakatimiz miqyosida 9,3 million
kvadrat metr, shu jumladan, qishloq joylarda 7,2 million kvadrat metr uy-
joy foydalanishga topshirilganining o‘zi ham shunday xulosa chiqarishga
asos bo‘lishi muqarrar.
Hayotimizni
tubdan
o‘zgartirayotgan
bunday
misollarni
mamlakatimizning turli soha va jabhalaridan yana ko‘plab olib kelish
mumkin.
O‘zbekiston qo‘lga kiritayotgan bunday marralarning mustahkam
zamini odamlarimizning, avvalo hal qiluvchi
kuchga aylanib borayotgan
yoshlarimizning dunyoqarashi, siyosiy va ijtimoiy faolligi, grajdanlik
pozitsiyasi tobora kuchayib borayotganida, desak, hech qanday xato
bo‘lmaydi.
Bularning barchasi shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o‘zining,
oilasining taqdirini biz uchun yagona Vatan bo‘lmish O‘zbekiston taqdiri
bilan uzviy va chambarchas bog‘liq holda ko‘rayotganidan dalolat beradi.
Va hayotga bunday yondashish ertangi kunimizning mustahkam
poydevoriga aylanib bormoqda.
Ayni shu fursatdan foydalanib, hayotimizda
yuz berayotgan ana
www.ziyouz.com
kutubxonasi
66
shunday o‘zgarish va yangilanishlarning ijodkori va bunyodkori bo‘lmish
siz, aziz yurtdoshlarimga mamlakatimizning taraqqiyoti, uni dunyodagi
rivojlangan
demokratik
davlatlar
qatoriga
ko‘tarishdek
ezgu
maqsadlarimizni amalga oshirish yo‘lidagi munosib xizmatlaringiz uchun
chin qalbimdan minnatdorlik bildirishni ham qarz, ham farz deb bilaman.
Muhtaram do‘stlar!
Bugun, mana shu munavvar daqiqalarda yangi yilga pok va qutlug‘
niyatlar bilan qadam qo‘yar ekanmiz, Ollohdan avvalo o‘z marhamati va
nazarini ayamasdan, bebaho ne’mat bo‘lmish tinchlik va osoyishtalikni,
ahillik va bag‘rikenglikni, qut-barakani yanada ziyoda qilishini, bundan
buyon ham doimo yo‘limizni ochib berishini so‘raymiz.
Biz kirib kelayotgan yangi – 2013-yilga mamlakatimizda “Obod
turmush yili” deb nom berdik.
Buning zamirida xalqimiz, Vatanimiz
istiqbolini, shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson, har qaysi
oilaning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, shahar va qishloqlarimizni
yanada obod, hayotimizni yanada farovon etishga qaratilgan amaliy
intilishlarimiz mujassam ekani, o‘ylaymanki, barchamizga yaxshi ayon.
Yangi yilda iqtisodiyotimizning o‘sish sur’atlarini 8,0 foizdan kam
bo‘lmagan darajaga ko‘tarish, uning raqobatdoshligini kuchaytirish,
modernizatsiya
va diversifikatsiya qilish, mulkdorlar kafolatini yanada
oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini keng
qo‘llab-quvvatlash, xalqimizning vijdoni bo‘lmish mahalla vakolatlarini
yanada kengaytirish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni, hech shubhasiz,
izchil davom ettiramiz.
Shu borada aholining real daromadlarini ko‘paytirish, jumladan, ish
haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalar 23 foizdan ko‘proq
oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Yangi yilga mo‘ljallangan bunday dastur va rejalarimizning barchasi
2013-yilning o‘tib borayotgan eski yildan aslo kam bo‘lmasligiga,
hayotimizning har
tomonlama fayzli va barakali, sermazmun bo‘lishiga
xizmat qiladi, inshoollo.
Aziz va muhtaram vatandoshlarim!
Barchangizni bag‘rimga bosib, kirib kelayotgan yangi – 2013-yil bilan
yana bir bor tabriklayman.
Mana shu go‘zal ayyomda qalbim to‘rida bo‘lgan eng ezgu, eng
olijanob tilaklarimni siz azizlarimga izhor etmoqchiman:
Yangi yil har bir inson, har bir oilaga sihat-salomatlik, baxtu saodat va