www.ziyouz.com
kutubxonasi
1
ISLOM KARIMOV
MAMLAKATIMIZNI YANADA
OBOD ETISH VA
MODERNIZATSIYA QILISHNI
QAT’IYAT BILAN
DAVOM ETTIRISH YO‘LIDA
21
Toshkent
«O‘zbekiston»
2013
www.ziyouz.com
kutubxonasi
2
TAQDIRIMSAN, BAXTIMSAN, ERKIN VA OZOD VATAN!
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma bir yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi
Aziz vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Bugun biz mamlakatimiz hayotidagi unutilmas tarixiy voqea –
O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishgan kunning yigirma bir yilligini
nishonlamoqdamiz.
Ana shu buyuk sana bilan, xalqimiz asrlar davomida intilib, orziqib
kutgan, haqiqatan ham, barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram
bo‘lmish O‘zbekistonning Mustaqillik kuni bilan siz azizlarni, sizlarning
timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklash men uchun katta
baxtdir.
Men ishonaman – asrlar, zamonlar o‘tar. Ammo barchamizga
o‘zligimizni anglash, insoniy sha’nimizni, qadr-qimmatimizni, o‘z
yurtimizga egalik qilish huquqini, tilimiz, muqaddas dinimizni,
qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni qaytarib bergan bu ulug‘ ayyom
Vatanimiz tarixida oltin sahifa bo‘lib, abadiy saqlanib qolajak.
Qadrli yurtdoshlarim!
O‘z-o‘zidan ayonki, kishilik tarixida, dunyo xaritasida davlatlar
shakllanishida yigirma bir yil juda qisqa muddatdir. Lekin O‘zbekistonimiz
shu davr mobaynida, hech shubhasiz, yuz yillarga teng bo‘lgan masofani
bosib o‘tdi.
Biz eski mustabid tuzum, uning asoratlari va mafkurasidan butunlay
voz kechib, tobelik va qaramlik davriga barham berib, kechagi nochor,
o‘zini o‘zi boqishga kuchi yetmagan o‘lkadan bugun o‘zining kuch-qudrati
va salohiyatiga tayangan, o‘z sarhadlari, xalqining tinch va osuda hayotini
himoyalashga qodir bo‘lgan, xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin
egallagan, tez va barqaror sur’atlar bilan o‘sib borayotgan mustaqil va
suveren davlatlar qatoriga ko‘tarilganimizni yaqqol namoyon etmoqdamiz.
O‘tgan davr mobaynida biz oldimizga qo‘ygan buyuk vazifa –
zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar safiga kirish, fuqarolik
jamiyati barpo etish, hayotimizni, iqtisodiyotimizni modernizatsiya va
diversifikatsiya qilish hisobidan qo‘lga kiritgan yutuq va yuksak
www.ziyouz.com
kutubxonasi
3
marralarimizning xalqaro maydonda e’tirof etilayotganini, Vatanimiz
salohiyati, moddiy, iqtisodiy va intellektual kuch-qudratimiz tobora oshib,
shahar va qishloqlarimizning qiyofasi va chehrasi o‘zgarib, ochilib
borayotganini bugun hech kim inkor etolmaydi.
Ko‘pchilikni hayratda qoldirayotgan bunday haqiqatni tasdiqlab
beradigan ko‘pgina raqam va ma’lumotlarni keltirish qiyin emas.
Shular qatorida istiqlol yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti qariyb 3,7
barobar, aholimizning real daromadlari jon boshiga 7 barobar, o‘rtacha
pensiya miqdori qariyb 9 barobar, oylik ish haqi esa 18 barobar oshgani,
odamlarimizning umr ko‘rish darajasi o‘rtacha 7-yilga uzaygani, yoqilg‘i
va g‘alla mustaqilligiga, o‘zimizni o‘zimiz go‘sht, sut va boshqa iste’mol
mollari bilan to‘liq ta’minlashga erishganimiz bularning yaqqol tasdig‘idir.
Bularning barchasi avvalo mustaqillikka erishgan birinchi kunlardan
boshlab “Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan
prinsipni hayotga tatbiq etganimizning amaliy samarasi, desak, hech
qanday xato bo‘lmaydi.
O‘tgan yillar mobaynida yurtimizda uy-joy hajmining ko‘rsatkichi
qariyb 2 barobar oshgani, oilalarning 98,5 foizi o‘zining shaxsiy uy-joyi
yoki kvartirasiga, qishloqlarda yashayotgan oilalarning 97,5 foizi shaxsiy
tomorqasiga ega bo‘lganini ayni shu maqsadda amalga oshirgan milliy
dasturlarimizning natijasi deb qabul qilamiz.
Bundan yigirma bir yil oldin har o‘nta oiladan bor-yo‘g‘i bittasi
shaxsiy mashinaga ega bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda har uchta oilaning
bittasida avtomobil mavjud ekani, har uch nafar yurtdoshimizdan biri
internet tarmog‘idan foydalanib kelayotgani xalqimizning farovonligi
tobora ortib borayotgani, uning emin-erkin yashayotganini namoyon etadi.
Shu borada yana bir misol keltirish o‘rinlidir.
Bugun barcha davlatlarni katta tashvishga solayotgan, hali-beri davom
etayotgan, jahon miqyosida eng dolzarb, eng og‘ir masala bo‘lib turgan
moliyaviy-iqtisodiy inqirozni hisobga olgan holda, O‘zbekiston oxirgi yetti
yil davomida dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida o‘rtacha 8-8,5 foiz
iqtisodiy o‘sishga erishayotgani mamlakatimiz salohiyati barqaror
rivojlanib borayotganining yaqqol dalilidir.
Barchamiz
Vatanimizni
ravnaq
toptirish
yo‘lida
erishgan
marralarimizni dastlabki qadamlar sifatida qabul qilib, bir haqiqatni chuqur
anglab olishimiz darkor.
Bugun shiddat bilan tez o‘zgarayotgan globallashuv davrining keskin
www.ziyouz.com
kutubxonasi
4
talablariga, dunyo bozorida tobora kuchayib borayotgan shafqatsiz raqobat
kurashiga bardosh bera oladigan, faqat qat’iyatlik bilan oldinga
intilayotgan, o‘zining uzoqni ko‘zlagan taraqqiyot strategiyasiga ega
bo‘lgan davlatgina rivojlanishning katta yo‘lida o‘z ezgu maqsadlariga
erishmog‘i mumkin.
Zamonning o‘zi o‘rtaga qo‘yayotgan ayni shunday o‘tkir talablarni
inobatga olgan holda, bizning oldimizda turgan eng ustuvor vazifamiz –
boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish, mamlakatimizni yangilash va
modernizatsiya
qilish,
demokratik
islohotlarni
chuqurlashtirish,
jamiyatimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish jarayonlarini yangi
bosqichga
ko‘tarish,
hayotimizning
darajasi
va
sifatini
yanada
yuksaltirishdir.
Biz uchun bebaho boylik bo‘lmish tinchlik va osoyishtalikni,
jamiyatimizdagi mehr-oqibat, fuqarolar va millatlararo totuvlik va
hamjihatlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash hamisha e’tiborimiz
markazida turishi lozimligini aslo unutmasligimiz kerak.
Bugungi notinch va murakkab zamon, yaqin va uzoq yon-atrofimizda,
mintaqamizda ko‘pdan buyon davom etayotgan nizo va qarama-qarshilik,
tobora keskinlashib borayotgan vaziyat bizning doimo ogoh, doimo
hushyor, sergak va sezgir bo‘lib yashashimizni, xavfsizligimizga tahdid
solayotgan har qanday balo-qazoning oldini olishimizni talab etmoqda.
Mustaqil taraqqiyot yo‘lida amalga oshirgan, ongu shuurimizni,
hayotimizni tubdan o‘zgartirgan ishlarimizga baho berar ekanmiz, biz
erishgan yutuq va marralarni qo‘lga kiritish oson bo‘lmaganini
ta’kidlashimiz o‘rinlidir.
Bu yo‘lda el-yurtimiz qanday murakkab va tahlikali sinov, to‘siq va
g‘ovlarni yengishda turli yovuz va zo‘ravon harakatlar oldida bosh
egmasdan, o‘z e’tiqodidan qaytmasdan kelgani, avvalo o‘zining
mehnatsevarligi, mardligi va matonati hisobidan bugungi yorug‘ kunlarga
yetib kelganimizni hech qachon unutmasligimizni istardim.
Hozirgi kunlarda ham bizning tanlagan yo‘limizga shubha tug‘dirish,
kechagi davrni ko‘rmagan, tajribasi yetarli bo‘lmagan yoshlarni yo‘ldan
ozdirishga, istiqlolimizning ma’no-mazmunini soxtalashtirishga, bizni
yana eski qolip va tobelikka qaytarishga urinadigan kuchlar va harakatlar
kam emas.
Lekin bu kuchlar bir haqiqatni anglab olishi kerak. Bugun biz kechagi
– 90-yillardagi o‘ta sodda, hech qanday siyosiy tajribaga ega bo‘lmagan
www.ziyouz.com
kutubxonasi
5
odamlar emasmiz.
Biz bugun mustaqillik yillarida katta qiyinchilik va sinovlarda
toblangan, dunyoqarashi, siyosiy va fuqarolik saviyasi, ijtimoiy faolligi
o‘sib borayotgan, o‘zbekona aytganda, biz bugun oqni qoradan ajrata
oladigan xalqmiz.
Bizning xalqimiz, avvalo, yigirma bir yil davomida voyaga yetgan,
mustaqil fikrlashga, yuksalib borayotgan ongu tafakkurga ega bo‘lgan
navqiron avlodimiz porloq kelajagimizga katta ishonch bilan qaraydi va
o‘z tanlab olgan yo‘lidan hech qachon – men takror aytaman – hech
qachon ortga qaytmaydi.
Bugun jahon hamjamiyati bilan hamqadam bo‘lib, uzoq va yaqindagi
xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro manfaatli
aloqalarni yanada mustahkamlash, chet el investitsiyalarini va eng
zamonaviy texnologiyalarni olib kelish maqsadida yurtimizda qulay iqlim
va imtiyozli sharoitlarni yanada kengaytirish, bizga xayrixoh bo‘lgan
davlatlar bilan sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish –
bularning barchasi doimo diqqatimiz markazida bo‘lishi shart.
Fursatdan foydalanib, shu muazzam maydonda jam bo‘lgan xorijiy
mamlakatlarning elchilari va xalqaro tashkilotlarning vakillariga, barcha
mehmonlarimizga bugungi tantanamizda bayram quvonchini biz bilan
baham ko‘rayotganlari uchun sizlarning nomingizdan, butun xalqimiz
nomidan minnatdorlik bildirishga ruxsat etgaysiz.
Bugungi shukuhli damlarda bizning tayanchimiz va suyanchimiz,
umidimiz bo‘lmish yoshlarimizga qarata aytmoqchiman:
Qadrli farzandlarim, hech qachon unutmang:
Siz kimning, qanday ulug‘ zotlarning avlodisiz!
Siz qanday noyob va betakror meros vorislarisiz!
O‘z kuch-g‘ayratingiz, bilim va qobiliyatingizga, buyuk Vatanimiz
qudratiga suyanib, marrani baland oling, aziz bolalarim!
Sizning erishadigan har bir g‘alabangiz – yurtimiz g‘alabasi,
O‘zbekiston g‘alabasidir!
Azizlarim, qadrdonlarim!
Barchangizni bag‘rimga bosib, Mustaqillik bayrami bilan yana bir bor
samimiy
tabriklab,
sizlarga
sihat-salomatlik,
baxt
va
omad,
xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Bugun mana shunday yorug‘ kunlarga yetkazgan, ezgu ishlarimizda
O‘zi madadkor bo‘lgan Yaratganimizga shukronalar aytamiz.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
6
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
Do'stlaringiz bilan baham: |