O‘ZBEKISTON PAXTAKORLARI VA BARCHA
MEHNATKASHLARIGA
Muhtaram do‘stlar!
Mamlakatimiz oldida turgan ezgu maqsadlarni amalga oshirish,
ko‘ptarmoqli iqtisodiyotimizning barqaror sur’atlar bilan o‘sishini
ta’minlash,
uning
eksport
salohiyatini
yuksaltirish,
el-yurtimiz
farovonligini oshirish yo‘lida qo‘lga kiritayotgan yutuq va marralarimiz
barchamizni albatta quvontiradi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizni
yanada kuchaytiradi.
Shular qatorida paxtachilik sohasida joriy yilda 3 million 350 ming
tonnadan ziyod yuksak xirmon bunyod etib, katta mehnat g‘alabasiga
erishganimiz, hech shubhasiz, hammamizga chuqur mamnuniyat yetkazadi.
Bu g‘alabaning osonlik bilan emas, o‘ta og‘ir sharoitda, mashaqqatli
mehnat va fidoyilik hisobidan qo‘lga kiritilgani uning mohiyati va
ahamiyatini, qadr-qimmatini yanada oshiradi va barchamizni ruhlantiradi.
Bu haqda gapirganda, aytish kerakki, o‘tgan yil kuzda – yangi
mavsumga tayyorgarlik paytida boshlangan yog‘ingarchilik, qorli va ayozli
kunlarning fevral oyiga qadar cho‘zilib ketgani, buning natijasida
yerlarning sho‘rini yuvish, ekishga tayyorlash bilan bog‘liq qiyinchiliklar
yuzaga kelgani, yoz oylarida esa havo haroratining keskin darajada yuqori
bo‘lgani, turli qishloq xo‘jaligi zararkunandalari va kasalliklar ko‘paygani
dehqonlarimiz uchun jiddiy tashvish va muammolar tug‘dirmasdan
qolmadi.
Bularning barchasi dala mehnatkashlaridan haqiqatan ham katta
mardlik, mustahkam iroda va qat’iyatni talab qildi va mo‘l hosil yaratish
yo‘lida butun imkoniyat, bor kuch-g‘ayratni safarbar qilishga to‘g‘ri keldi.
Mana shunday murakkab bir sharoitda erishgan yutuqlarimiz, ya’ni
mamlakatimiz bo‘yicha paxta hosildorligi o‘rtacha 26,5 sentnerni tashkil
etib, 5-yillik o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 1,6 sentnerga oshgani,
yetishtirilgan hosilning yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmasdan, g‘oyat
qisqa muddatda – 35 ish kunida yig‘ib-terib olingani, uning 90 foizi yuksak
sifat bilan yuqori sortlarga topshirilgani har qaysi dehqon, har qaysi
fermer, har qaysi mutaxassisdan haqiqiy matonat va jasorat namunasini,
uyushqoqlik va safarbarlik ko‘rsatishni talab qilganini hammamiz yaxshi
tushunamiz.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
41
Bugungi imkoniyatdan foydalanib, siz, aziz paxtakorlarimizning har
biringizni bag‘rimga bosib, o‘z zimmangizga olgan shartnoma
majburiyatlarini sharaf bilan ado etganingiz bilan chin qalbimdan
tabriklashni o‘zim uchun ham qarz, ham farz, deb bilaman.
Qadrli yurtdoshlar!
Bugun, mana shu quvonchli ayyomda paxta tayyorlash bo‘yicha
boshqalarga o‘rnak va namuna bo‘lib, mamlakatimizning ulkan xirmoniga
munosib hissa qo‘shgan viloyat va tumanlar, fermer xo‘jaliklarining
nomlarini hurmat bilan tilga olishimiz o‘rinlidir.
Bu haqda so‘z yuritganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon,
Navoiy, Buxoro, Samarqand viloyatlarining paxtakorlari birinchilardan
bo‘lib yuksak marraga yetib kelganlari, gektaridan o‘rtacha 30-35
sentnerdan hosil olishga erishganlarini alohida ta’kidlash lozim.
Amudaryo, Kegeyli, Chimboy, Paxtaobod, Shahrixon, Mingbuloq,
Oltinko‘l, Pop, Do‘stlik, Oqoltin, Bo‘ka, Buvayda, O‘zbekiston, Navbahor,
Vobkent, Narpay, Ishtixon, Sherobod, Koson, Gurlan tumanlarida
hosildorlik o‘rtacha 35-40 sentnerga yetgani ayniqsa e’tiborlidir.
Beruniy tumanidagi “Akrom”, Amudaryo tumanidagi “G‘ayrat”,
Shahrixon tumanidagi “Aziz”, Peshku tumanidagi “Fattoyev”, Navbahor
tumanidagi “Diyorbek Sulaymonov”, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Hosil”,
Oqoltin tumanidagi “Nurafshon orzu”, Dang‘ara tumanidagi “Yoqubjon
Dadamirza”, Xonqa tumanidagi “Ismoil ota” fermer xo‘jaliklarining
gektaridan 45-50 sentnerga yetkazib hosil olishga erishgani fermerlik
harakatining imkoniyatlari naqadar katta ekanini yana bir bor namoyon
etdi, desam, o‘ylaymanki, sizlar ham bu fikrga qo‘shilasiz.
Ana shunday o‘ta og‘ir, shu bilan birga, sharafli mehnat evaziga
yetishtirilgan mo‘l hosil mamlakatimizning qayta ishlash korxonalarini
yuqori sifatli xomashyo bilan ta’minlashi va undan paxta tolasi, ip-kalava,
tekstil mahsulotlari, yog‘, sovun, kunjara kabi 25 dan ziyod turdagi
mahsulot olinishini, paxta tolasini eksport qilish hisobidan keladigan
valyuta
mablag‘larini
o‘zimizga
tasavvur
qiladigan
bo‘lsak,
dehqonlarimizning qadoq qo‘llari bilan yaratilgan bu yuksak xirmonning
naqadar bebaho boylik ekanini katta minnatdorlik bilan qayd etish albatta
o‘rinli bo‘ladi.
Bu yilgi hosilning asosiy omil va mezonlari haqida gapirganda,
avvalambor, ishni to‘g‘ri tashkil etish, qishloq xo‘jaligi sohasini chuqur
isloh qilish va uni samarali boshqarishni zamonaviy darajaga ko‘tarish,
www.ziyouz.com
kutubxonasi
42
dalada ishlayotgan insonlarning mehnatini munosib qadrlash va
rag‘batlantirish bu borada eng muhim ahamiyat kasb etayotganini
ta’kidlash lozim.
Qo‘lga kiritilgan bu yutuq zamirida yana bir asosiy mezon sifatida
taraqqiy topgan davlatlar tajribasida o‘zini har tomonlama oqlagan
fermerlik harakatiga o‘tish, bu sohaning rivoji uchun barcha huquqiy,
tashkiliy va moliyaviy shart-sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha amalga
oshirgan katta-katta ishlarimiz mujassam ekanini, o‘ylaymanki, barchamiz
yaxshi tushunamiz.
Shular qatorida yana bir muhim omil borki, bu qishloq xo‘jaligi
mehnatkashlarining o‘z mehnatidan manfaatdorligi, ularning yerga,
mulkka, o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotga egalik hissiyoti tobora
kuchayib, ongu tafakkuri, dunyoqarashi yuksalib borayotgani bilan bog‘liq,
desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Hurmatli do‘stlar!
Barchamizga ayonki, xalqimizning “Sen yerni boqsang – yer seni
boqadi”, degan hikmatli gapida chuqur ma’no bor va bu haqiqatni hech
qachon unutmasligimizni istardim.
Biz bundan besh yil oldin boshlagan sug‘oriladigan yerlarning
meliorativ holatini yaxshilash dasturi doirasida o‘tgan davr mobaynida
davlat byudjetidan 800 milliard so‘m, jumladan, shu yilning o‘zida 210
milliard so‘m mablag‘ sarflanib, 1 million 200 ming gektardan ortiq ekin
maydonining meliorativ holati yaxshilangani hosildorlik darajasini
oshirishga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shilgani haqida har qancha gapirsak
arziydi, albatta.
Miqyosi va ahamiyatini tasavvur qilishning o‘zi qiyin bo‘lgan bu
ishlarimiz nafaqat tuproq unumdorligi va hosildorlikni ko‘tarish, umuman
olganda, tabiatimizni, atrof-muhitni yaxshilash, aholi salomatligini
mustahkamlashdek ustuvor vazifalarni amalga oshirishda samarali zamin
bo‘lmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Shu bilan birga, joriy mavsumda seleksiya masalasiga, har qaysi
hududning iqlim va tuproq sharoitiga mos bo‘lgan yangi navlarni tanlab
ekishga alohida e’tibor qaratilgani, g‘o‘za parvarishida zamonaviy ilm-fan
yutuqlari, ilg‘or agrotexnologiyalar, turli kasalliklarga qarshi biologik
kurash usullari keng joriy etilgani, eng muhimi, defoliatsiyaning o‘z
vaqtida va sifatli o‘tkazilgani erishilgan yutuqni ta’minlashda alohida o‘rin
tutganini qayd etish lozim.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
43
Yuqorida zikr etilgan ana shunday tadbir va islohotlarni amalga
oshirishda o‘z hissasini qo‘shgan barcha olim va agronomlar, iqtisodchilar,
turli soha mutaxassislariga minnatdorlik bildirgan holda, bu borada hali
qiladigan ishlarimiz ko‘p, desak, bu ham to‘g‘ri bo‘ladi.
Avvalo, qo‘lga kiritgan marralarimizni yanada mustahkamlash, kelgusi
yil hosili haqida, jumladan, yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish, ekin
maydonlarini sifatli shudgorlash, irrigatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish
kabi masalalar ustida o‘ylashimiz tabiiy, albatta.
Bu borada fermerlik harakatining samaradorligini yanada oshirish, uni
zamon talab qilayotgan yangi, yuksak bosqichga ko‘tarish, bu soha oldida
turgan muammolarni hal qilish eng muhim vazifalarimiz qatoriga kiradi.
Ayniqsa, fermer xo‘jaliklarining ilg‘or xorijiy agrotexnologiyalar, ilm-
fan yutuqlarini har tomonlama puxta o‘zlashtirishi, ularning moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish,
yoshlarni fermerlik ishiga keng jalb etish maqsadida oliy o‘quv yurtlari,
kasb-hunar
kollejlari
bilan
hamkorlik
aloqalarini
kuchaytirish,
fermerlarimizning kasb mahoratini, xo‘jalik yuritish, tashkilotchilik
salohiyatini oshirish bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo‘lishi
zarur.
Aziz va muhtaram yurtdoshlar!
Mana shunday shukuhli damlarda bizdan marhamatini ayamasdan, o‘z
panohida asrab kelayotgani, doimo yo‘limizni ochib berayotgani uchun
Yaratganimizga shukronalar aytamiz.
Barchangizni bugungi yuksak mehnat g‘alabasi bilan yana bir bor
tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik,
fayzu baraka tilayman.
Hech qachon kam bo‘lmang, halol mehnatingizning rohatini ko‘ring,
azizlarim, qadrdonlarim!
www.ziyouz.com
kutubxonasi
44
Do'stlaringiz bilan baham: |