Islom iqtisodiyoti


 Islom iqtisodiy modeli va uning xususiyatlari



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana15.02.2022
Hajmi0,52 Mb.
#450013
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ISHLAB CHIQARISH (1) (1) (1)

2.2. Islom iqtisodiy modeli va uning xususiyatlari.
403 
«Islom iqtisodiyoti» atamasi ilk bor hindistonlik musulmon olimi Sayid Manazir 
G‘iloniyning
4
1947 yilda urdu tilida chop etilgan «Islom iqtisodiyoti» kitobida bayon 
etilgan. G‘iloniy islom dini talablariga muvofiq keluvchi mukammal iqtisodiy model 
haqida yozgan edi. Lekin jahondagi dastlabki islomiy moliya muassasalarini tashkil 
etish “Islom iqtisodiyoti” chop etilishidan o‘n besh yil o‘tgachgina, amalga oshirildi. 
”Islom iqtisodiyoti” atamasining o‘zi ilmiy doiralarda faqat 1970-yilning o‘rtalariga 
kelib ishlatila boshlandi.
Shundan beri musulmon iqtisodiy adabiyotida hanuzgacha 
“islom iqtisodiyoti” tushunchasining umumqabul qilingan yagona ravshan tavsifi 
taqdim etilmayapti. Musulmon iqtisodchilari tomonidan shakllantirilgan ta’riflar ba’zan 
bir yoqlamalik kasb etmoqda va islom iqtisodiyotining kapitalistik yoki sotsialistik 
iqtisodiyotdan qanday farqlanishini yaqqol gavdalantirib bera olmayapti. 
Xususan, mashhur saudiyalik iqtisodchi Muhammad Umar Chapraning fikricha, 
islom iqtisodiyoti – noyob resurslarni islom dini ta’limotiga muvofiq ravishda
taqsimlash vositasida inson farovonligiga erishish uchun yordam beruvchi bilimlar 
tarmog‘ini o‘zida aks ettiradi, bunda shaxs erkinligining daxlsizligi ta’minlanadi hamda 
davomiy makroiqtisodiy va ekologik nomuvofiqlikka yo‘l qo‘yilmaydi.
5
Boshqa tadqiqotchilar tomonidan taqdim etilgan tavsiflar ham u qadar yorqin
ma’no kasb etmaydi. Islom iqtisodiyoti Qur’on va sunnatga asoslangan iqtisodiy 
siyosat sifatida (Sayfuddin Tojiddin); insonlar iqtisodiy muammolarini islomiy 
qadriyatlar ta’siri ostida o‘rganuvchi ijtimoiy fan sifatida (M.A.Mannon); musulmon 
4
Sayyid Manazir Ahsan Gilanii. Islami Ma’ashiyat.- Hyderabad,1947.
5
Chapra M.U. What is Islamic Economics? – Jeddah, 2001. – P.33.


~ 24 ~ 
mutafakkirlarining o‘z davrlari iqtisodiy da’vatlariga javobi sifatida (M.N.Siddiqiy); 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega musulmon jamiyatidagi musulmonning ahloq usuli 
sifatida (S.R.X.Naqviy); rohat-farog‘atga erishish maqsadida Alloh tomonidan ishonib 
berilgan mulkni, ya’ni resurslarni boshqaruvchi musulmonning ahloqi to‘g‘risidagi 
ta’limot sifatida; moddiy resurslarga ega bo‘lish (molik bo‘lish) va boshqarish 
jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nohaqlikni bartaraf etish maqsadi ila shariat 
ko‘rsatmalari va taqiqlarini qo‘llovchi bilim sifatida ta’riflanadi. 
Islom iqtisodiyotiga bag‘ishlangan asarlarni islomga muvofiq keluvchi xo‘jalik 
tizimini tashkil etish bo‘yicha muammolarga bog‘liq qarashlardan kelib chiqib, tahlil 
etgan holda, musulmon tadqiqotchilarini uch guruhga ajratish mumkin. 
Birinchi guruh vakillari (mutaassiblar)ning fikricha, Qur’on va hadislarda 
asosiy iqtisodiy nizomlar mukammal 0tarzda shakllantirib qo‘yilgan va shuning uchun 
islom iqtisodiyoti deb ataluvchi maxsus fanni tadqiq qilishga hech qanday zaruriyat
yo‘q. Mashhur marokashlik ilohiyotchi va siyosiy arbob Allol al-Fosiy o‘z davrida: 
“Qur’on – bu eng mukammal asosiy qonun, eng yaxshi siyosiy iqtisod asaridir. 
Zamonaviy musulmonlar uchun u “Inson huquqlari deklaratsiyasi” va “Kapital” ning 
o‘rnini muvaffaqiyat ila bosa oladi” degan edi. Birinchi guruh vakillarining fikricha, 
zamonaviy moliya muassasalarining muqobili bo‘lgan maxsus islomiy tarkiblarni 
tuzishning umuman hojati yo‘q.
6
Mazkur guruhga shuningdek, islom va iqtisodiyot – bir-biriga mutlaqo bog‘liq 
bo‘lmagan ikki ashyodir deb hisoblovchi (skeptik)larni ham kiritish mumkin. Jamiyat 
hayotiga islom ta’sirini kuchaytirishning izchil tarafdorlari orasida ham ba’zan islom 
iqtisodiyotiga nisbatan ishonchsizlik bilan qarovchilarni uchratish mumkin. Mana shu 
nuqtai-nazarni Turkiya yetakchisi R.Erdo‘g‘on juda aniq bayon etdi. U Islomiy umumiy 
bozor va umuman, islom iqtisodiyotini rivojlantirishda hech qanday ma’no 
ko‘rmayapman deb bayonot berdi. Erdo‘g‘onning fikricha, iqtisodiy rivojlanishning 
asosiy tarkiblari insonparvarlik, axborot va pul-kredit siyosati hisoblanadi, iqtisod o‘z 
holicha diniy jihatlarga ega emas. 
6
Badawi Z.M. Islamic Finanse and the Role of the State // Islamic Banker. – 1999.- №45,- October. – P.16


~ 25 ~ 
Ikkinchi guruh asosan ilohiyotchi va an’anaviy fiqhshunoslardan iboratdir. 
Ular uchun islom iqtisodiyoti – Qur’on qiroat qilish ilmi, fiqh ilmi va hk.lar kabi
islomiy fanlardan bir fan hisoblanadi. Shunga muvofiq ravishda iqtisodiy muammolar 
bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchining say’-harakatlari musulmon diniy-fiqhiy fanlar
doirasidan chetga chiqmasligi lozim. Islom iqtisodiyoti butun insoniyatning maqsadi 
uchun emas, balki faqat musulmon jamoasi manfaatlari yo‘lida rivojlanishi shart, ya’ni
bu bilan uning serqirra tabiati bevosita yoki bilvosita rad etiladi.
Uchinchi guruhga kiruvchi olimlar islom iqtisodiyotini - jahon iqtisodiy 
tafakkuri yo‘nalishlaridan biri deb hisoblaydilar. Mazkur guruh doirasida islom 
iqtisodiyotini kapitalistik iqtisodiyotning muqobili sifatida ko‘rib chiqadiganlarni 
hamda islomiy iqtisodiy andozani g‘arb (burjuaziya) iqtisodiy fani talqinida o‘rganuvchi 
mo’tadil qarashlar sohiblarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Ayni ko‘rib chiqilayotgan tadqiqotda bizni mana shu uchinchi guruh 
iqtisodchilarining nuqtai-nazari qiziqtiradi, chunki aynan ular islom iqtisodiyoti 
(“iqtisodiyot” so‘ziga urg‘u bilan) deb nomlanuvchi tushunchaning qobig‘ini tashkil 
etadilar. Shuni ham e’tiborda tutish lozimki, islom iqtisodiyotiga bag‘ishlangan ko‘plab 
asarlarda so‘z asosan islomiy moliyalar xususida bo‘ladi.Buni ajablanadigan joyi yo‘q, 
chunki aynan moliya sohasida islomiy iqtisodiy andozaning xususiyatlari ko‘proq 
namoyon bo‘ladi va bu foiz asosida moliyalashtirishning muqobilini qidirish borasidagi 
uning asosiy maqsadiga muvofiq keladi. Islomiy moliyaviy tizimni shariat tomonidan 
shakllantirilgan asosiy tamoyillarni buzmagan holda, iqtisodiy faoliyat yuritishga
imkon beruvchi moliyalashtirish mexanizmlari va usullari majmui sifatida tavsiflash
mumkin. 
Iqtisodiy andozaning yer va mehnat munosabatlari, mulkchilik masalalari singari 
boshqa muhim tarkiblari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, ular qoidaga ko‘ra, e’tibordan 
chetda qolib ketadi yoki iqtisodchilar – islom iqtisodiyoti bo‘yicha mutaxassislar 
tomonidan yuzakigina esga olinadi va mulk huquqi (shuningdek, yerga nisbatan ham)
hamda biznes yuritishning ahloqiy qirralari haqida qalam tebratadigan musulmon 
fiqhshunoslari uchun ayniqsa, tadqiqot mavzusi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu masalalar


~ 26 ~ 
so‘zsiz, iqtisodchilar tomonidan eng ko‘p o‘rganishga arziydigan va tadqiqotchisini 
kutayotgan jihatlar hisoblanadi. 
Yuqorida biz qayd etib o‘tgandek, bir qator mualliflar islom iqtisodiyotini 
kapitalistik va sotsialistik (ma’muriy buyruqbozlik) iqtisodiyotlarning muqobili sifatida 
ko‘rib chiqish tarafdori hisoblanadilar
7
.Mana shunday qarashlar 1990-yillarning 
o‘rtalariga qadar ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan ma’qullangan. 
Islom ishlab chiqarish omillarini halol va harom tushunchasiga asoslanib, 
uning hayotiy ehtiyojlarini maksimal darajada oshirish uchun boylikdan va tovar ishlab 
chiqarishga qaratilgan sa'y-harakatlaridan foydalanadigan vosita deb qaraydi va bu 
tushunchadan tashqarida qo'llaniladigan har qanday vosita tovar bo'lishidan qat'i nazar. 
Shariat nuqtai nazaridan ishlab chiqarishni hisobga olmang.Kapitalistik iqtisodda 
boylikka bo'lgan asosiy huquqdan ishlab chiqarish omillari foydalanadi, biroq islom 
nazariyasida ishlab chiqarish omillari yaxshi ta'riflanmagan, emas. ularning boylikdagi 
ulushi iqtisod kapitalisti davrida qanday bo'lsa, xuddi shunday tarzda belgilanadi.
Chunki, agar shaxs dehqonchilik, konchilik va ishlab chiqarish sohalarida 
faqat qo‘ldan foydalansa, unumdorligi juda past bo‘ladi. Biroq, agar u qo'lini qandaydir 
asbob-uskunalar va jihozlar bilan almashtirsa, uning unumdorligi oshishiga ishonish 
kyerak. Islom iqtisodiyoti nuqtai nazaridan kapital ishlab chiqarish vositasi sifatida 
ta'riflanadiishlab chiqarish jarayonida to'liq iste'mol qilinmaguncha yoki butunlay 
o'zgartirilmasa, ishlab chiqarish jarayonida foydalanish mumkin emas, shuning uchun 
uni ijaraga berish yoki ijaraga berish mumkin emas. Masalan, likvid pul yoki oziq-ovqat 
mahsulotlari. Islom iqtisodiga ko'ra, kapital sanoatning tayanchiga o'xshaydi, u sanoatni 
boshqaradi va davom ettiradi. Shuning uchun Islom kapitalga katta ahamiyat bergan. 
Biroq, shariat asosida yer xususiy mulk bo'lib, dehqon agenti yoki 
tadbirkorlik firmasi bilan belgilangan qaytariladigan ijara shartnomalari yoki hosil 
bo'lishi asosida ishlab chiqarish jarayoniga hissa qo'shishi mumkin. Islom iqtisodida 
yerni ijaraga berishdan man qilish haqida maʼlum lirikalar bor, lekin shariatda qoʻllab-
7
Aziz T.M. An Islamic Perspective of Political Economy: // www.al-islam.org.


~ 27 ~ 
quvvatlanadigan fikr yoʻq va barcha fiqh mazhablarining pozitsiyasi yer ijarasi ham, 
hosil boʻlishi ham joizligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Tog'lar, vodiylar yoki 
cho'llarning egasiz yerlari kabi tekis yerlar uchun shariat yerga egalik qonunlarining 
ikkita juda muhim qismini belgilaydi. Birinchidan, har qanday shaxs "tekis yerning bir 
qismiga hayot olib kirish" orqali egalik huquqini talab qilishi mumkin. Bu melioratsiya 
qonuni bo'lib, ko'p yerlarga xususiy egalik huquqini qo'lga kiritish yo'lidir. 
404 


~ 28 ~ 
XULOSA
Islom iqtisodiyoti modelining maqsadi ma’naviy mas’ul bozor iqtisodiyoti tizimini 
405 
yaratish deyish mumkin. Uning o‘ziga xos jihatlaridan biri shaxsning va jamiyatning 
406 
maishatini emas, balki haqiqiy ehtiyojlarini qondirishdir. Islom iqtisodiyoti modeli 
407 
boyliklarning jamiyat ichida adolatli taqsimlanishiga alohida e’tibor qaratadi, busiz 
408 
ijtimoiy barkamollik (uyg‘unlik) va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash mumkin emas deb 
409 
hisoblaydi. Bu borada respublikada keng va izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 
410 
Respublikamiznnng taniqli iqtisodchilari, olimlari chet ellarda bo‘lib, ularning bozor 
411 
iqtiyoodiyoti tajribasi bilan yaqindan tanishmoqdalar.
412 
Agar islom iqtisodiyoti modeliga chuqurroq kirib borilsa yuzlab sahifalarni to‘ldirib 
413 
tashlash mumkin, ammo bu bizning maqsadimiz emas. Undan tashqari, bu sohada juda 
414 
ko‘p ilmiy ishlar qilingan bo‘lishiga qaramasdan, olimlar hamon yashovchan va 
415 
muvaffaqiyatli tizim andozasini yaratish ustida bosh qotirishmoqda. Mikroiqtisodiyot 
416 
nazariyasini yaratish masalasi undanda og‘irdek ko‘rinadi. Bularning barini amalga 
417 
oshirish uchun mavjud ilmiy-amaliy tajriba va nazariy bilimlarni jamlash, qaytako‘rib 
418 
chiqish va tahlil qilish, hamda ularni ilmiy jihatdan ishonchlidalillar yordamida 
419 
tasdiqlash lozim. 
420 
Mamlakatimizda bu boradagi tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar u qadar ko'p bo'lmagani 
421 
bois, ushbu atama aksariyatimiz uchun yangi tushuncha hisoblanadi. Ammo so'nggi 
422 
yillarda yoshlarimiz orasida allaqachon rivojlangan islom moliyasiga qiziquvchilar soni 
423 
ortib bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy 
424 
Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida “Mamlakatimizda islom moliyaviy xizmatlarini 
425 
joriy etish bo'yicha huquqiy bazani yaratish vaqti-soati keldi. Bunga Islom taraqqiyot 
426 
banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspyertlari jalb etiladi”, degan so'zlari bu 
427 
borada uzoq kutilgan o'zgarishlarga debocha bo'ldi.
8
428 
Hozirda Islom banklari nafaqat musulmon o'lkalar, balki musulmon aholisi 5 foizni 
429 
tashkil qiladigan davlatlarda ham rivojlanib bormoqda. 1975 yilda ish boshlagan Islom 
430 
hamkorlik tashkilotining ixtisoslashtirilgan yirik tuzilmasi — Islom taraqqiyot banki 
431 
8
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan olindi 2020-yil 29-dekabr


~ 29 ~ 
jahonning ko'plab davlatlarida moliyalashtirish ishlarini olib boradi. O'zbekistonning 
432 
mazkur tuzilma bilan hamkorligi 1991 yillardayoq boshlangan. O'shanda Islom 
433 
taraqqiyot banki Buxoro shahridagi bir qator tarixiy obidalar rekonstruksiyasi uchun 
434 
grantlar ajratgan. 
435 
Mazkur hamkorlik aloqalari yildan-yilga rivojlanib bordi. O'zbekiston 1996 yildan 
436 
Islom hamkorlik tashkiloti, 2003 yildan Islom taraqqiyot bankining to'laqonli a'zosiga 
437 
aylandi. Bundan uch yil oldin Islom taraqqiyot banki hamda O'zbekiston hukumati 
438 
o'rtasida 2018-2021 yillar davomida 1,3 milliard AQSH dollar miqdorida mablag' 
439 
ajratiladigan hamkorlik strategiyasi imzolandi. Mazkur strategiya asosida amalga 
440 
oshiriladigan moliyalashtirish mamlakat hayotining barcha sohalari, xususan, qishloq 
441 
xo'jaligi, uy va yo'l qurilishi, ta'lim va boshqa tarmoqlarni qamrab olishi belgilandi. 
442 
Bugun mamlakatimizda islom tashkilotlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalari 
443 
o'rnatilgan bo'lsada, islom moliya xizmati biz uchun nisbatan yangi yo'nalish 
444 
hisoblanadi. Bilasizmi, men islom moliyasini o'rganish barobarida doim bu tizimni 
445 
yurtimizda rivojlantirishni orzu qilaman. Tan olishimiz kyerak, ko'p yillar davomida 
446 
bizda bunday sharoit deyarli bo'lmagan. Shu bois, Prezidentimizning Oliy Majlisga 
447 
yo'llagan Murojaatnomasida islom moliyaviy xizmatlarini joriy qilish uchun huquqiy 
448 
bazani yaratishning vaqti kelgani borasidagi so'zlari meni nihoyatda to'lqinlantirdi. Bu, 
449 
albatta, katta ishning boshlanishi. Men kabi ko'plab yoshlar endilikda islom moliya 
450 
xizmati yo'lga qo'yilishini orziqib kutmoqda. Hozirda bir qator banklar o'z darchalarini 
451 
ochish ustida ish olib bormoqda. 
452 
Kurs ishini bajarish jarayonida Islom iqtisodiyotida ishlab chiqarish faoliyatini 
453 
o’rganar ekanman, bu jarayonda O’zbekistonga islom iqtisodiyotining ta’sirini, ishlab 
454 
chiqarish sur’atlarini oshirishga va uni halol moliyalashtirish imkoniyatlarini o’rganib 
455 
quyidagi xulosalarga kelindi:
456 
-
Islom iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqarish faoliyatini 
457 
takomillash 
458 
-
O’zbekistonda islom iqtisodiyoti rivojlantirish mexanizmini 
459 
yaxshilash 
460 


~ 30 ~ 
-
qishloq xo’jaligini modyernizatsiya qilish va jadal 
461 
rivojlantirish 
462 
-
Iqtisodiyotda islom iqtisodiyoti unsularini qo’llash va islom 
463 
taraqqiyot banki bilan hamkorligini rivojlantirish 
464 
-
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish 
465 
-
investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz 
466 
iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb 
467 
etish. 
468 
-
Ishlab chiqarish sur’atlarini oshirish uchun Islomiy 
469 
moliyalashtirishni joriy etish, bu orqali tadbirkorlikka kata 
470 
imkoniyatlar yaratish 
471 
472 
O’zbekiston rivojlanayotgan davlatlardan biri hisoblanadi.
Mamlakatning iqtisodiy 
473 
ochiqligi hamda investitsiyalar va biznes uchun jozibadorligi, barcha muammoli 
474 
masalalarni yakdillik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik asosida hal etishga intilish, 
475 
dunyoning yetakchi davlatlari va boshqa mamlakatlari bilan muvozanatli va o‘zaro 
476 
manfaatli aloqalar yuritish, siyosiy ishonch va xalqaro huquqqa rioya etilishi asosidagi 
477 
o‘zaro hamkorlikka intilish orqali yuqori davomiy o’sishga erishmoqda. 
478 
O’zbekistonning iqtisodiy o’sish surati, tanlagan modelining to’g’riligini hisobga olib, 
479 
ko’plab xorijiy olimlar tan olmoqda va unga “Osiyo bo’risi” nomi berilgan (“Osiyo 
480 
yo’lbarslar”ga hamohang tarzda). Ushbu o’sish sur’atini ekstensiv oshirish uchun 
481 
O’zbekiston islom iqtisodiyotiga katta e’tibor qaratishi, bu orqali ishlab chiqarish, 
482 
xizmatlar sohasini riojlantirishi mumkin deb hisoblayman. 
483 
484 


~ 31 ~ 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish