XULOSA VA TAKLIFLAR
Mamlakatimizning agrar sektor eksport salohiyatini rivojlan-tirishda, asosan
paxta tolasini eksport qilish bilan cheklanib qolinmoqda. Jahon bozori
kon’yunkturasi talablaridan kelib chiqib, uzumchilikda eksportga yo’naltirilgan
ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadga muvofiq. Bu birinchidan, uzum ishlab
chiqarishning keskin o’sishini ta’minlaydi, ikkinchidan mamlakat savdo balansini
mustahkamlashda va paxta tolasi eksportiga bog’liqlik darajasini pasaytirishda
makroiqtisodiy ahamiyatga ega, uchinchidan esa, uzumga bo’lgan ichki narxlarni
muayyan darajada saqlab turish vositasida dehqon va fermer xo’jaliklarini moliyaviy
jihatdan qo’llab-quvvatlaydi.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan uzum turlari bo’yicha jahon bozoridagi
raqobatbardoshligiga baho berib o’tish, eksport salohiyatini belgilash va strategik
yo’nalishlarni aniqlashda muhim omil hisoblanadi. Ho’l uzumning jahon bozoridagi
raqobatbardoshlik darajasini aniqlashda, ichki resurslar qiymatining jahon bozori
narxlariga nisbati, qayta ishlangan mahsulotlar bo’yicha mahsulot ulgurji
narxlarining jahon bozori narxlariga nisbati koeffisiyentlaridan foydalanish
maqsadga muvofiq. Mazkur hisob-kitoblarda “eksport xarajatlari” omilining
hisobga olinishi mahsulotning jahon bozoridagi raqobatbardoshlik darajasini
aniqroq baholash imkonini beradi.
Istiqbolda uzum ishlab chiqarish hajmini 3,1 martaga oshirish imkoni bor.
Bunga yer va suv resurslari cheklanganligi sharoitida, hosildorlikni keskin oshirish
va ekin maydonlarni optimallashtirish orqali erishish mumkin. Shu nuqtai nazardan,
yangi tashkil etilayotgan fermer xo’jaliklariga yuqori daromad keltiradigan ekin
turini ekish va joylashtirish huquqini berish maqsadga muvofiq.
O’zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi muhim ahamiyatga ega. Qishloq
xo’jaligi aholini oziq-ovqat, qayta ishlash sanoati tarmoqlarini esa xomashyo bilan
ta’minlaydi. Kelajakda mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish uchun qishloq
xo’jaligini rivojlantirish obyektiv zarurat hisoblanadi. Shuning uchun ham qishloq
xo’jaligini rivojlantirish mamlakat iqtisodiy siyosatining eng asosiy masalalaridan
biri bo’lib kelgan. Agrar sektorning barqaror rivojlanishida meva-sabzavotchilik
majmuasining o’rni kattadir. Uzum mahsulotlarini yetishtirish majmuasi mamlakat
YaIMini yaratishda va eksport salohiyati bo’yicha agrar sektorda paxtachilikdan
keyingi o’rinda turadi. O’zbekiston uzumchilik rivojlanishining o’ziga xos
xususiyatlaridan biri bu iqlim sharoitining qulayligidir. O’zbekiston nafaqat o’z
paxta tolasi, balki sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlari bilan ham dunyoda
mashhur bo’lib, ularning ko’plab turlari, navlari o’ziga xos ta’m xususiyatlari va
ekologik toza mahsulot sifatida tanilgan. O’zbek uzumning mazkur xususiyatlari
ularning
jahon
qishloq
xo’jaligi
mahsulotlari
bozorlarida
yuqori
raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Masalan, O’zbekistonda ishlab chiqariladigan
uzum navlarida qand tarkibi 18 foizdan 30 foizgacha, pomidorlarda quruq
moddalarning ulushi 5,5 foizdan ko’proqni tashkil etadi Bu esa Yevropadagi xuddi
shunday mahsulotlar ko’rsatkichlardan sezilarli darajada yuqori va haridorlar uchun
jozibali hisoblanadi. Shuningdek, quyidagilar ham O’zbekiston meva-
28
sabzavotchilik majmuasi raqobat afzalliklariga kiradi: - ho’l uzum va poliz
mahsulotlari, shuningdek, qayta ishlangan uzumni ishlab chiqarish va jahon
bozorida sotish imkoniyatini beruvchi tabiiy-iqlim sharoitlari; - uzumsifat darajasi,
xususan, ekologik tozaligini ta’minlovchi yer resurslarining mavjudligi;- malakasi
va intizomi nisbatan yuqori bo’lgani holda ishchi kuchining arzonligi, bundan
tashqari, O’zbekiston Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalar orasida uzum
yetishtirish hamda ulardan qayta ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish, eksport
qilishda yetakchi davlat hisoblanadi. Bu esa, mazkur mintaqada raqobat afzalligini
vujudga keltiradi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishini bajarish davomida uzumchilikda maxsulot
ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirishni atroflicha o’rganib chiqish asosida
quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Ishtixon tumanida 2018 yilda 5780 ga tokzorlar mavjud bo’lib, 2016 yilga
nisbatan 738,0 gektarga yoki 14,6 %ga oshgan, hosildorlikning 60,5 s/ga. ga
kamayishi yalpi hosilning 22880,0 tonnaga yoki 27,7 %ga kamayishiga sabab
bo’lgan. Tuman fermer xo’jaliklarida 2018 yilda uzumchilikda 59654,0 tonna hosil
olinib, jami daromad 149135,0 mln so’mni, foyda esa 36388,9 mln so’mni tashkil
etgan. Tumanda 1 ga tokzor hisobiga olingan daromad 2018 yilda 25801,9 ming
so’m bo’lgan va 2016 yilga nisbatan 10251,1 ming so’mga yoki 65,9 %ga oshgan.
1 ga uzumzor hisobiga olingan foyda miqdori esa 2018 yilda 6295,7 ming so’m
bo’lgan va 2016 yilga nisbatan 2274,2 ming so’mga yoki 56,6%ga oshgan. Foyda
miqdorining xarajatlarga nisbatan ko’roq oshishi rentabellik darajasiga ta’sir etib,
2016 yilda 34,9%ni va 2018 yilda 32,3%ni tashkil etgani holda, o’rganilgan davrda
2,6 punktga kamaygan. Bu raqamlar baribir uzumchilkda boshqa sohalarga nisbatan
rentabellik darajasi bir muncha yuqoriroq ekanligini ko’rsatadi.
2. Tumanda uzum sotishdan olinga foyda 2018 yilda 36388,9 mln so’mni
tashkil etgan va 2016 yilga nisbatan 16112,8 mln so’mga ko’paygan va bu o’zgarish
sotilgan mahsulot miqdorining 22880,0 tonnaga oshishi hisobiga 5620,9 mln so’mga
kamaygan, 1 tonna mahsulot sotish bahosining 1550 ming so’mga oshishi hisobiga
92463,7 mln so’mga oshgan va 1 tonna mahsulot tannarxining 1185,7 ming so’mga
oshishi hisobiga 70730,0 mln so’mga oshgan. Uzum sotish rentabelligi 2016-2018
yillarda 34,9%dan 32,3%ga qadar yoki 2,6 punkt kamayganligi aniqlandi.
Samaradorlikning pasayishi uni yetishtiruvchilar moddiy manfaatlari va turmush
farofonligiga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Ishtixon tumanida 2018 yilda jami 59654,0
tonna uzum yetishtirilgan bo’lib, 2016 yilga nisbatan 22880,0 tonnaga ishlab
chiqarish kamaygan. Ishlab chiqarishning kamayishiga ta’sir etuvchi omillardan biri
2016 yilda uzum ishlab chiqarish eng ko’p miqdorga yetganida, sotish baholarining
tushib ketganligi, uzum yetishtirishga qiziqishning ham pasayishiga olib keldi.
Ishlab chiqruvchilar tomonidan har yili yerdan foydalanganlik uchun 7500 tonna
atrofida davlatga uzum sotilsa, bu o’rganilgan davrda 8,5-12,7% ulushga ega
bo’lganligini ko’rsatdi. Uzumning asosiy qismi 57,4-67,5%i bozorlarda sotilgan. Bu
34241,4-59011,3 tonna oralig’idagi mahsulot miqdori. Eksport ulushi juda kam 0,5-
1,6% yoki 412,7-954,5 tonna, ammo uning asta-sekin ko’payib borayotganligi
kuzatildi.
29
3. Tumanda uzum ekspoti salohiyati juda yuqori, aholi iste’moli, qayta ishlash
(uning ham taxminan 50%ini eksport qilish mumkin), hozirgi eksport miqdoridan
tashqari 2016 yilda 70737,5 tonna, 2016 yilda 75892,4 tonna, 2018 yilda 45948,2
tonna uzum eksport qilish salohiyati mavjud. Uzumni o’rtacha 1,0 AQSh dolllaridan
ekaportga yo’naltirsak, tuman bo’yicha 45,9-70,7 ming AQSh dollari yoki 367,4-
565,7 mlrd so’m miqdorida daromad olish mumkin, Bu ko’rsatkich tumanda hozirda
uzumchilikdan olinayotgan daromadga nisbatan 218,3-487,3 mlrd so’mga ko’proq
bo’lishi mumkin. 2 AQSh dollaridan sotish imkoni tug’ilsa, tuman bo’yicha 91,9-
141,5 mln AQSh dollari yoki 734,9-1131,4 mlrd so’m daromad qilish mumkin.
4. AQSh ichki bozorida 1995-2017 yillar oralig’ida uzum bahosi – o’rtacha
2,61 USD/kg ni, Xitoy so’nggi 6 yilda uzum importini 30% oshirgani va Hindiston
uzumni – 7,5 USD/kg dan import qilgani hamda Rossiyada uzumga talabning oshib
borayotganligi jahon mamlakatlarida 24,1 mln tonna uzum ishlab chiqarilib, talab
24,9 mln tonna miqdorida bo’lib turganida, nafaqat Ishtixon tumani, balki
O’zbekistonning qurg’oqchil, kamhosilli barcha yerlarida uzum ishlab chiqarish va
eksport qilish salohiyati kata ekanligini ko’rsatadi.
Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib, quyidagi takliflarni bermoqchimiz:
1. Tumanda uzum ishlab chiqarish bo’yicha katta salohiyat mavjud va
kelgusida tumanning qurg’oqchil va lalmi hududlarida jami 12500 ga yer maydonida
qo’shimcha tokzorlar tashkil etsih imkonidan foydalanish kerak.
2. Uzumni sotish va eksport qilish bo’yicha mahsulot yetishtiruvchilarning
bilim va ko’nikmalarini bozor konyukturasining bugungi xolatiga moslashtirish,
ularga zamonaviy marketing usullarni o’rgatish, istemolchilarni qidirib topish
maqsadida joylarda turli yo’nalishlarda maslahatlar beruvchi konsalting xizmatlarini
ko’rsatuvchi tuzulmalarni tashkil etish;
3. Qishloq xo’jaligi xususan uzum mahsulotlarini fermer xo’jaliklari va
ularning kooprativlari orqali bevosita eksport qilishini rag’batlantirish borasidagi
huquqiy me’yoriy asoslarni takomillashtirib borish;
4. Qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlarning bozorini talab va taklif
o’zgarishiga mos ravishda tartibga solish tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |