Gorasio
Bajonu dil, Shahzoda, bajo etamiz.
Hamlet
Bu hodisa haqida g'ing etilmasin
Gorasio va Marsell
Gapirmaymiz, Shahzoda.
__________________
1Patrik — Hamletning otasini o'ldirgan Klavdiy (hamletning amaknsi) qirolni ilon chaqib o'ldirgan deb rasmiy ovoza tarqatgan. Dnniy aqidalarga ko'ra, avliyo Patrik irlandiya tuprog'idan ilonlarni qo'vib chiqargan. Hamlet'>Hamlet, Patrikni tilga olishi bilan ilonni — qirol Klavdiyni yo'q Qilishga ahd etgan bo'ladi.
Hamlet
Qasamyod qiling!
Gorasio
Vijdonimga qasamyod...
Marsell
Men ham qasamyod.
Hamlet
Mana qilich, shunga ham qasam ichingiz.
Marsell
Bir martaba qasamyod qildik-ku!
Hamlet
Yo'q, yo'q.
Mening qilichimga ham qasamyod qiling.
Arvoh
(Sahna tagidan)
Qasamyod qiling!
Hamlet
Aha, sen ham, oqsoqol, so'zimga sherik?
U nimalar so'zladi, eshitdingiz-ku!
Qasamyod qiling!
Gorasio
Nima deb qilaylik qasam?
Hamlet
“Ko'rganimni hech kimga aytmayman!” deya —
Qasam iching qilichga qo'llarni bosib.
Arvoh
(Sahna tagidan)
Qasamyod qiling!
Hamlet
Bu yerda va har yerda1 Bu yoqqa o'ting,
Qo'lni bosing qilichim dastasiga siz,
“Ko'rganimni hech kimga aytmayman!” deya
Qasam qiling, qilichga qo'llarni bosib.
Arvoh
(Sahna tagidan)
Qasamyod qiling!
Hamlet
Ha, keksa ko'rkalamush! Ishishg tez ekan,
Qavlab etdingg utaylik boshqa bir joyga.
_________________
1Bu — lotincha bir ta'birdir: “Hie et ubugue”.
Gorasio
Kun ham, tun ham, guvoh bo'l bu g'aroyibga!
Hamlet
G'aroyibot deb o'ylang shu hodisani
Gorasio, dunyoda ko'p hollar borkim,
Kirmagandur tushda ham falsafangizga
Endi qarang, keraksa sizlarga najot,
Yana bir bor qasamyod qilingki, mendan —
Nima sodir bo'lsa ham yoki men o'zim
Ayyorlikka qo'ysam ham o'zimni ba'zan —
Siz mening shu holimni qilib tomosha
Mana shunday yo munday qo'l qovushtirib
Mana munday boshingiz chayqab demaysiz:
“Qaydam, bizmas…” “Xohlasa aytar edik-ku”.
“Koshki xohishmand bo'lsam...”, “Aytar edik-ku”
Mana talab: men haqda nima sezsangiz
Bu to'g'rida hech kimga qilmang ishora.
Mana shunga qasamyod qiling, Xudovand
Bo'lgay sizga madadkor,
Arvoh
(Sahna tagidan)
Qasamyod qiling!
Hamlet
Orom topgin, fitnakor, bezovta arvoh!
Afandilar men sizga ixlosmand, tobe,
Bu do'stlikning dalilin Hamletday faqir,
Haqirona bechora, — vaqti kelganda —
Sizga ko'rsata olur, Xudo yor bo'lsa.
Endi birga yuringiz,— yana eslatay.
Labingizga bosingiz jimlik barmog'in,
Zamonlarni ulagan iplar uzildi.
Shu uzilgan iplarni nechun boglaying
Birga yuringiz.
Ketadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |