6.2 Ekspluatatsion omillar
Ishlash sharoitlari. Buyumning ishonchliligiga ta’sir etuvchi ekspluatatsion
omillar guruhiga yo‘l, iqlim va transport sharoitlari, foydalanish jadalligi,
haydovchining malakasi va boshqalar kiradi.
Yo‘l sharoitlari. Yo‘l sharoitlari agregat va detallarning ishiga ta’sir etadi,
bunda texnik holat parametrlarining o‘zgarish jadalligi tezlanishi yoki sekinlanishi
mumkin. Ular transport vositasining ish tartibotini belgilaydi, bu esa ishonchlilikka
ta’sir etadi. Yo‘l sharoitlari yo‘lning texnik toifasi, yo‘l qoplamasining turi va sifati,
transport vositasi harakatiga ko‘rsatadigan qarshiligi, yo‘lning eni, burilishlarning
radiuslari, ko‘tarilishi va nishabligi bilan belgilanadi.
Shu sababli “Nizom”da transport vositalari ishlash sharoiti toifasini K
1
tuzatish
koeffitsienti orqali e’tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |