Bog'liq ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari
Iqlim-sharoitlari havoning harorati, namligi, shamol yuklamasi, quyosh
radiatsiyasi darajasi va h.k. lar bilan xarakterlanadi. Bu sharoitlar agregatlarning
issiqlik va boshqa ish tartibotlariga, demak, ularning texnik holati va ishonchliligiga
ta’sir etadi. Past va yuqori haroratlarning ta’siri ostida konstruksion po‘latlar, metall
qotishmalar, plastmassalar, rezina va boshqa materiallarning fizik-mexanik xossalari
o‘zgaradi. Moy, yonilg‘i, tormoz va amortizator suyuqliklari, elektrolit va
boshqalarning fizik-kimyoviy doimiyliklari (konstantalari) iqlim sharoitlari ta’sirida
40
o‘zgaradi. Shu sababli “Nizom”da transport vositalariga iqlim sharoitlarining ta’sirini
e’tiborga olish uchun K
3
tuzatish koeffitsienti keltirilgan.