Transport sharoitlari harakat tezligi, yuk bilan yurish masofasi, yo‘ldan
foydalanish koeffitsienti, yuk ko‘tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti,
tirkamalardan foydalanish koeffitsienti, tashilayotgan yukning turi va boshqalar bilan
baholanadi. Transport sharoitini e’tiborga olish uchun “Nizom”da K
2
koeffitsienti
keltirilgan.
Transport vositasidan foydalanish jadalligi avtotransport korxonalari turi va
ishlab chiqarish vazifalari, yo‘l va iqlim sharoitlari, o‘rtacha va maksimal harakat
tezligi, dvigatel quvvatidan foydalanish darajasi, transport vositasining bir kunlik,
mavsumiy va yil davomida yurgan yo‘liga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |