13-ma’ruza tebranish podshipniklari klassifikattsiyasi reja



Download 1,39 Mb.
Sana09.03.2022
Hajmi1,39 Mb.
#487034

13-MA’RUZA

TEBRANISH PODSHIPNIKLARI KLASSIFIKATTSIYASI




REJA:
1. Umumiy ma'lumotlar.
2. Sirpanish podshipnik (SP)-larni ishlash sharoiti va qo‘llanialadigan materiallar.
3. SP -larda ishqalanish.
4. Suyuqlikda ishqalanish shartlari va hisobi.
5. Nim quruq va nim suyuq ishqalanish sharoitida ishlaydigan SP shartli hisobi.



Podshipniklar aylanadigan o‘qlar hamda vallarning sapfalar-iga o‘rnatilib tayanch vazifasini o‘taydigan mashinaning asosiy qismlaridan biridir. Mashinaning ishlash qobiliyati va chidamliligi podshipnik-larning sifatiga ko‘p jixatdan bog‘liq. To‘g‘ri tanlangan, hisoblangan va aniq o‘rnatilgan podshipniklar berilgan yuklanish-larni qabul qilishi va ishqalanishga sarflanadigan quvvatni iloji boricha kamaytirishi zarur.
Val yoki o‘qning sapfalari aylanib podshipniklarda ishqalanadi Va bu ishqalanishning turiga ko‘ra, podshipniklar sirpanish bilan dumalash podshipniklariga bo‘linadi.
Umuman podshipniklar yuklanishni qabul qilishiga ko‘ra: radial -radial yuklanishni, tirak -o‘q bo‘ylab yo‘nalgan yuklanishni va radial-tirak -bir vaqtda radial va o‘q bo‘ylab yo‘nalgan yuklanishni qabul qiladigan turlariga bo‘linadi.
Sirpanish podshipniklarining hozirgi zamon mashinasozligida ishlatilishi kamaygan, (ular o‘rniga qator afzalliklari bo‘lgan dumalash podshipniklari ishlatilmoqda). Shunday bo‘lsada, sirpanish podshipniklaridan quyidagi xollarda foydalaniladi:
a) tez aylanuvchi vallarda;
b) val va o‘qlarni joylashtirishda katta aniqlik talab qilinsa;
c) diametri katta bo‘lgan vallarda;
d) vallarni sapfalariga dumalash podshipniklarni o‘rnatib bo‘lmasa (masalan: tirsakli val);
e) zarbli kuchlar ta'sir qiladigan va katta tebranish bo‘lganda.


SIRPANISH PODSHIPNIKLARI
Bunday podshipniklarda tsapfa sirti podshipnikning ichki sirti bo‘ylab sirpanadi va natijada sirpanish ishqalanishi ro‘y beradi. Bu hodisa o‘z navbatida eyilishini intensivlashtiradi va tayanchda yuqori temperatura chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu xodisalarni bartaraf qilish uchun podshipnikni antifriktsion materiallardan tayyorlanadi va o‘rnatiladi. Sirpanish podshipniklarining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
• ular yuqori chidamlilikka ega;
• vallarni etarli darajada aniq o‘rnatish imkonini beradi;
• ajraladigan qilib tayyorlanganligi uchun uni valning ixtiyoriy joyiga o‘rnatish mumkin;
• geometrik o‘lchamlari kichik;
• zarb bilan berilgan kuchlarga chidamli;
• shovqinsiz;
• agressiv muhitda ishlashga layoqatli. Sirpanish podshipniklarining kamchilliklari:
• ishqalanish kuchining kattaligi;
• ishlash jarayonida uni tinimsiz ravishda kuzatib turish kerakligi;
• moylash uchun ko‘p moylovchi material sarflanishi va x.k.
2Podshipniklar sapfalarga o‘rnatish shakliga ko‘ra silindrsimon, konussimon hamda, sharsimon bo‘lishi mumkin. Konussimon podshipniklar valning markaziy holati aniqligini sozlab turish va podshipniklar yeyilishi natijasida hosil bo‘lgan tirqishni kamaytirish uchun ishlatiladi. Bunda valga konussimon vtulka o‘rnatilib, uning xolati gayka bilan rastlanadi. Sharsimon podshipniklar vallar o‘z o‘qlariga nisbatan muvozanatni yo‘qotgan xollarda ishlatiladi. Ular o‘zini-o‘zi rostlash xususiyatiga ega bo‘lib, asosan, sharnir sifatida sterjenli mexanizmlarda qo‘llaniladi. SP tuzilishiga ko‘ra ajraladigan (korpusli) (32.1-rasm, a) va ajralmaydigan (korpussiz) (32.2 b -rasm) bo‘ladi. Ajraladigan podshipnik (32.2-rasm, a) 1-korpus va 2-qopqoqdan iborat bo‘lib, o‘zaro rezbali birikma yordamida mahkamlanadi.



32.2-rasm.Sirpanish podshipniklar.


SP-ning korpus va qopqoqqa qo‘yiladigan eng muhim ichki qismi -ikki pallali- 3, 4 ichqo‘yma (vkladish)lardir. Podshipnik qopqog‘i-dagi 5 -teshikcha orqali moylanib, moyni yaxshi taqsimlash uchun ichqo‘y-mada 6 -ariqchalar mo‘ljallangan. Ajralmaydigan podshipniklar tuzilishi ko‘ra nisbatan sodda va arzondir, lekin yig‘ish qiyinroq. Bunda u umumiy korpus- 1 ga o‘rnatirib asosiy elementi 2 - vtulkadir (32.1 -rasm, b). Ichqo‘ymalarning qalinligi- δ quyidagicha aniqlanadi:
δ = ( 0,035…0,05 )d + 2,5 , bu yerda d -sapfaning diametri.
Sapfa podshipnikda aylanganda ishqalanib qiziydi. Podshipnikning normal ishlashi uchun, hosil bo‘layotgan issiqlik miqdori mavjud imkoniyatlar ( korpus, val, moy) vositasida chiqarilayotgan issiqlik miqdoridan ortiq bo‘lmasligi kerak. Aks holda, podshipnikning qizi-shi ruxsat etilgan darajadan ortadi, moyning qovushqoqligi kamayib yeyilish jarayoni hosil bo‘lishi mumkin. Yeyilish miqdori oshib ketsa, podshipnik va sapfa orasida tirqish kattalashadi, podshipnikning ishlashi yomonla-shib, tebranish hosil bo‘ladi, tovush chiqa boshlaydi va natijada podshipnik ishga yaroqsiz xolga keladi.
Podshipnik ichqo‘ymasi va vtulkalarning materiallari val sirtiga moslashuvchan, ishqalanish koeffitsiyenti kichik, issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan, yeyilishga chidamli va o‘zida moyni saqlay olish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Bunda ichqo‘yma va vtulkani yeyilishga chidamliligi val sapfasining chidamliligidan kam bo‘lishi kerak . Chunki, valning tuzilishi va massasi og‘ir bo‘lgani uchun tannarxi qimmat, almashtirish esa qiyin. Vallar, asosan, po‘lat materiallardan tayyorlanadi, uning ishchi yuzasiga termik ishlov berilib, so‘ngra uglerod yoki azot bilan to‘yinti-rilib, qattiqligi HRC 55...60 ga yetkaziladi. Podshipnik ichqo‘ymasi va vtulkalar quyidagi antifriksion materiallardan tayyorlanadi: -bronzalar (keng miqyosida o‘ta katta va katta seriyada ishlab chiqariladigan mashinalarida); - jezlar (bronzaga nisbatan kam yuklanganda); - cho‘yanlar (sekin yurar va o‘rtamiyona yuklangan podshipniklarda); - babbitlar (sirpanish podshipniklari uchun eng yaxshi materialdir. Babbitlarning tannarxi nisbatan qimmat bo‘lgani uchun, podship-niklarning o‘lchamlariga qarab ichqo‘ymaning ishchi yuzalariga 1...10 mm qalinlikda quyiladi. Bu holda ichqo‘ymaning o‘zi esa xohlangan materialdan tayyorlash mumkin); -metallokeramika (yuqori issiqlik darajasida presslangan bronza, grafit, mis, qo‘rg‘oshin poroshoklar) (g‘ovaklilik xususiyatiga ega bo‘lib moyni o‘zidan yaxshi o‘tkazadi va uzoq vaqt saqlab tura oladi);
- plastmassalar (kapron, tekstolit) (suvli moylanishda ishlashi mumkin bo‘lib. gidrotrubinalarda va kimyo mashinasozlik nasoslari-da ishlatiladi). 3. SP ishlash kobiliyati, asosan yeyilish surati bilan belgilana-di va ularni sirtidagi suyuqlikning qalinligiga ko‘ra quyidagi muxitda ishlaydilar: -quruqlikda ishqalanish- moylanmaydigan sirtlar orasidagi ishqalanishdir. -cuyuqlikda ishqalanish, bunda ishqalanayotgan sirtlar o‘zaro qovushqoq moy qatlami bilan ajralgan xolda bo‘ladi; -nim quruqlikda yoki nim suyuqlikda ishqalanish, bunday ishqalanish, asosan ikki sirtni ajratib turadigan moy qatlami yetarli dara-jada bo‘lmasa xosil bo‘ladi. Agar podshipnik quruq ishqalanishga yaqin bo‘lsa nim quruqlik ishqalanish, agar suyuq ishqalanishga yaqin bo‘lsa nam suyuqlikda ishqalanish deyiladi.
DUMALASH PODSHIPNIKLARI. DUMALASH PODSHIPNIKLAR BO‘YICHA UMUMIY TUSHUNCHALAR.
Dumalash podshipniklarida ishqalanish kuchlarini kamaytirish maqsadida tashqi halqa 1 bilan ichki halqa 2 (shoulders, 33.1-rasm) orasiga dumalovchi element joylashtirilgan. Dumalovchi element sharik yoki rolik ko‘rinishga ega. Podshipnikning ichki xalqasi valga o‘rnatiladi, tashqisi esa mashina tanasiga (33.1-rasm). Shunday qilib mashina tanasi va valning tsapfasi dumalovchi element orqali ikkiga ajratilgan. Bu ular o‘rtasidagi ishqalanish kuchini bir necha marotaba kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Bu o‘z navbatida mashinalarni foydali ish koeffitsientini oshiradi. SHuning uchun xozirgi vaqtda vallarning tayanchlari sifatida asosan, dumalash podshipniklari ishlatiladi. Dumalash podshipniklarining tuzilmasi ularni standartlashtirilgan maxsulot sifatida ko‘plab ishlab chiqarishga imkon beradi. Bu esa mahsulot tannarxini kamaytiradi.



Dumalash podshipniklarining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
• ishqalanish kuchlari kichik;
• FIK yuqori (0,995);
• qo‘zg‘alish momenti kichik;
• sarflanadigan moy miqdori kam;
• uzunlik o‘lchamlari sirpanish podshipniklariga nisbatan kichik;
• rangli metallarni ishlatishni talab qilmaydi;
• tannarxi arzon;
• yuqori darajada o‘zaro almashtirish imkoniyati bor;
• ishlatish oson. Dumalash podshipniklarining kamchilliklari:
• katta nosozliklarda ishlaganda o‘zidan shovqin chiqaradi;
• dinamik kuchlarga bardoshligi past;
• yuqori chastotali vallarda ishlay olmaydi;
• agressiv muhitda ishlay olmaydi.
Bunday podshipniklar mashinasozlikning ko‘plab jabhalarida keng qo‘llaniladi. Uni maxsus korxonalarda sirtqi diametri 1 dan to 2600 gacha, massasi esa 0,5 dan to 3500 gacha oraliqda ishlab chiqariladi. Podshipniklar dumalovchi detallarning tuzilishiga qarab, sharikli va rolikli bo‘ladi. Rolikli podshipniklar roliklarning shakliga qarab tsilindr-rolikli (33.2-rasm, a), konussimon-rolikli (33.2-rasm, b); bochkasimon rolikli (33.2-rasm, d); ignasimon rolikli (33.2- rasm, e); (33.2-rasm, f) o‘ramli podshipniklarga bo‘linadi. Dumalash podshipniklarining dumalovchi elementlari, halqalari yuqori sifatli xromlangan , po‘latlardan tayyorlanadi. Bunday po‘latlar toblanganda qattiqlikka ega bo‘ladi.

Podshipniklar qabul qila oladigan kuchlarning yo‘nalishiga qarab, quyidagicha turlarga bo‘linadi:
• sharikli-radial podshipniklar (33.3- rasm, 1) – val o‘qiga tik bo‘lgan kuchlarni qabul qilishga mo‘ljallangan;
• sharikli radial-sferik podshipniklar (33.3- rasm, 2) – bir vaqtning o‘zida ham radial, ham o‘q bo‘ylab yo‘nalgan kuchlarni qabul qilishga mo‘ljallangan;
• sharnirli-radial-tirakli podshipniklar (33.3- rasm, 3) – bir vaqtning o‘zida ham radial ham val o‘qi bo‘ylab yo‘naltagn kuchlarni qabul qilishga mo‘ljallangan;
• tsilindrik-rolikli podshipniklar (33.3- rasm, 4) – val o‘qiga tik bo‘lgan katta radial kuchlarni qabul qilishga mo‘ljallangan;
• konussimon-rolikli podshipniklar (33.3- rasm, 5) – bir vaqtning o‘zida katta radial va o‘q bo‘ylab yo‘nalgan kuchlarni mo‘ljallangan. Bunday podshipniklar bir juft bo‘lib valga o‘rnatiladi va ular o‘q bo‘ylab hosil bo‘lgan bo‘shliqni muntazam ravishda nazorat qilib turishni taqazo qiladi;
• rolikli-sferik podshipniklar (33.3- rasm, 6).
• ignasimon-rolikli radial podshipniklar (33.3- rasm, 7) – radial kuchlarni qabul qilishga mo‘ljallangan bo‘lib tashqi o‘lchamlari kichik qilib tayyorlanadi;
• sharikli-tirak podshipniklar (33.3- rasm, 8) – faqat o‘q bo‘ylab yo‘nalgan kuchlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan.

Podshipniklarning shartli belgilanishi. Dumalash podshipniklarining raqam harflardan iborat shartli belgisi mavjud. Bu belgining o‘ng tomonidagi birinchi ikki raqam podshipnikning ichki diametrini ko‘rsatadi. Ichki diametri 20 dan 495 gacha bo‘lgan podshipniklar uchun bu raqamlar ichki diametrning 5 ga bo‘linganiga teng qilib olingan, ya’ni bunday podshipniklar ichki diametrining haqiqiy qiymatini topish uchun keltirilgan ikki raqamini 5 ga ko‘paytirish kerak.



Dumalash podshipniklarning hisobi. Dumalash podshipniklarini hisoblash podshipnikning detallari sirtlarini uvalanishga chidamliligini hamda plastik deformatsiya (ezilish) jihatidan olganda statik yuk ko‘tara olish qobiliyatini aniqlashga asoslanadi. Mashinalarni loyihalashda podshipniklar hisoblanmasdan maxsus jadvallardan tanlanadi. Bunda valning aylanish chastotasi dan katta bo‘lmagan holatda podshipniklar statik yuk ko‘taruvchanlik bo‘yicha, qolgan hollarda esa dinamik yuk ko‘taruvchanlik bo‘yicha tanlanadi. Birinchi usulda podshipniklarga ta’sir etuvchi kuchlarning ekvivalent qiymati topilib podshipniklar uchun belgilangan standart jadvallarda keltirilgan ekvivalent yuk ko‘taruvchanlikning ruxsat etilgan qiymati bilan taqqoslanadi, o‘q bo‘ylab yo‘nalgan kuch, radial va o‘q bo‘ylab yo‘nalgan kuchlar koeffitsienti bo‘ladi. Bu koeffitsientlarning qiymatlari maxsus kataloglarda keltirilgan.
Podshipniklarni hisoblashning ikkinchi usuli. Bu erda dinamik yuk ko‘taruvchanlik qiymati bo‘yicha maxsus jadvaldan podshipnik tanlanadi. Bu hisoblash asosan bo‘lganda bajariladi va podshipnik uchun quyidagicha yoziladi: (33.2) bu erda podshipnik dinamik yuk ko‘taruvchanligining hisobiy qiymati, ; dinamik yuk ko‘taruvchanlikning jadval dagi qiymati; ; ildiz ko‘rsatkichi (sharikli podshipniklar uchun , rolikli podshipniklar uchun ), soat hisobida ifodalangan xizmat muddati; ekvivalent dinamik kuch, . Ekvivalent dinamik kuchning qiymati quyidagicha hisoblanadi. (33.3) bu erda radial kuch koeffitsienti; o‘q bo‘ylab yo‘nalgan kuch koeffitsienti; halqalarning aylanish koeffitsienti bo‘lib, ichki halqa aylansa , tashqi halqa aylansa ; radial kuch; o‘q bo‘ylab yo‘nalgan kuch; xavfsizlik koeffitsienti; temperatura koeffitsienti (temperatura bo‘lganda ).
Podshipniklarda o‘q bo‘ylab yo‘nalgan kuch ning ahamiyati kattadir. SHuning uchun qo‘shimcha koeffitsient kiritilib ning har xil qiymatida va larni tanlash tavsiya etiladi. , va ning qiymatlari orasidagi bog‘lanish maxsus jadvallar [9] da keltirilgan.

Nazorat savollari:


1. Sirpanish podshipniklar qaysi hollarda qo‘llanadi;
2. Sirpanish podshipniklarning afzalliklari va kamchiliklari;
3. Sirpanish podshipniklarda qanday materiallar qo‘llanadi;
4. Sirpanish turlarini aytib bering.
5. Dumalah podshipniklarning afzalliklari va kamchiliklari;
6. Dumalah podshipniklarning klassifikasiyasi;
7. Dumalah podshipniklar qanday tanlanadi;
8. Qanday dumalah podshipnik faqat radial kuchka mo‘ljallangan;
9. Qanday dumalah podshipnik faqat o‘q bo‘ylama kuchka mo‘ljallangan;
10. Qanday dumalah podshipnik radial va o‘q bo‘ylama kuchlarga mo‘ljallangan;
11. Dumalah podshipniklarning qanday hioblanadi.
Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish