II.3. Fe’l mavzusi bo`yicha o`yin- darslarini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar.
Ta`limda, jumladan , ona tili ta`limida o`quvchlarni fanga qiziqtirishning bir usuli o`yin darslari bo`lib, u darsning samaradorliginioshirishga xizmat qiladi. Biz quyida darsning mazkur turini fe`l nisbatlari yuzasidan o`tkazish bo`yicha tavsiyalarimizni bildirishga harakat qilamiz.
O`qituvchi darsni o`z maqsadini bayon qilish bilan boshladi:
-Qadrli o`quvchilar, mana bir necha soat davomida mustaqil so`z turkumlaridan bo`lgan fe’l va fe’l nisbatlari bilan tanishdingiz. Bizning bugungi mashg`ulotimiz fe’l nisbatlari yuzasidan takrorlash va umumlashtirish hamma o`tilgan soatlar davomida to`plagan bilimlarimizni sinovdan o`tkazish darsi bo`ladi. Hozir hammamiz birgalikda “Tezkor qidiruv guruhi”ni tuzamiz. Guruhning boshlig`i Men, ya’ni Komila opangiz bo`laman. Guruh tuzishimizga sabab mening qo`limda 7-sinf darsligidan Samarqand shahar ichki ishlar bo`limiga tushgan ariza bor. Arizada qo`yidagi so`zlar yozilgan:
Samarqand shahar IIBga
45- maktabning
7-sinf darsligidan
Ariza
Arizamning qisqacha mazmuni shundan iboratki, mening sahifalarimdan nechtasi sirli ravishda kuni kecha g`oyib bo`ldi. Bu sahifalarda “Fe’l nisbatlari” mavzusi mavjud edi. Men shu sahifalarni topishda 45-makdabning 7-sinf o`quvchilaridan yordam so`rayman.
7-sinf “Ona tili”darsligi.
Arizada yordam berish aynan bizdan so`ralganligi uchun Samarqand shahar IIB uni bizga yo`llabti. “Ona tili” darsligiga yordam beramiza, bolalar?
Men “Tezkor qidiruv guruhi” mizni yana 3ta guruhchalarga bo`lmoqchiman:
“Inspektorlar” guruhi.
“Kriminalistlar” guruhi.
“Guvohlar” guruhi.
Har bir guruh o`z vazifasini aniq va puxta bajarishi kerak.
Qani, “Ispektorlar” guruhi, nima ish qilishingizni bilasizmi?
-Ha, inspektorlar voqea sodir bo`lgan joyga tezda etib keladilar va jinoyat izlarini topadilar.
-Juda yaxshi, “krimanalistlar” - chi?
-Ular turli yo`llar bilan topilgan ashyoviy dalilarni sinovdan o`tkazib, “Inspektorlar”ga yordamlashadilar.
-“Guvohlar” guruhi-chi?
-Ular sodir bo`lgan voqea bo`yicha guvohlik beradilar.
-Demak, hamma o`z vazifasini yaxshi bilar ekan. Qidiruvni boshlaymiz.Shuni yaxshi bilingki, qidiruvda faol ishtirok etgan, o`zining bilimi,topqirligi, mahoratini ko`rsatgan o`quvchilar dars oxirida “Eng a’lochi o`quvchiga” nishonlari bilan taqdirlanadilar.
Hozir siz menga, ya’ni guruh rahbariga, qidirilayotgan “Fe’l nisbatlari” haqida ma’lumot berasiz. Darslikni bir chekkaga olib qo`ying, chunki hozir aytganimizdek, darsligimizda bu mavzu yo`q.
Ohangrabo tasmasidan ish boshlanishi haqida xabar beruvchi sirena ovozi eshittirilib, o`quvchilarga quyidagi savollar yozilgan kartochkalar tarqatildi:
Fe’l nima ?
Fe’llardagi shaxs va zamon haqida nima bilasiz ?
Fe’l nisbati deb nima aytiladi ?
O`zlik nisbati qanday hosil bo`ladi ?
Majhul nisbatda ish - harakatning bajaruvchisi kim ?
Birgalik nisbatdagi fe’llarda qanday qo`shimcha bo`ladi ?
Orttirma nisbat haqida nimalar bilasiz ?
Bo`lishli va bo`lishsiz fe’llarga ikkitadan misol keltiring.
Ma’lumot berish “Guvohlar” guruhidan boshlandi. “Inspektorlar” va “Kriminalistlar” guruhi “Guvohlar” guruhining javoblarini tinglab, to`ldirib bordilar.
O`qituvchi “Guvohlar” guruhi yordamida fe`l nisbatlari haqidagi ma’lumotlarni to`plab: “Biz fe’l nisbatlari haqida ma’lumot to`pladik, lekin ularning izini topganimiz yo`q. Endi to`plagan ma’lumotlarimizning to`g`riligiga to`liq ishonch hosil qilish uchun “Inspektorlar” va “Kriminalistlar” guruhi birgalikda barcha ma’lumotlarni va topilgan ashyoviy dalilarni tekshiruvdan o`tkazadi. Mana, elektrotestni tokka uladik. Nazorat chirig`i yonib, qurilmaning ishga tushganligini ma’lum qidi. Unga savol va javoblar yozilgan varaqalar joylashtiramiz. Har bir savolning
5 tadan javobi bor. Siz to`g`ri javobni topib, unga taalluqli bo`lgan 5 ta tugmachadan birini bosasiz. Javobingiz to`g`ri bo`lsa nazorat chirog`i yonidagi chiroq yonadi, marhamat.”Inspektorlar “guruhidan 3 o`quvchi, “Kriminalistlar” guruhidan 2 o`quvchi sinf taxtasi yoniga keladi.
1-topshiriq
Fe’lni toping.
piyoda
go`zal
shoshildi
kelishik
kimdir
2 -topshiriq
Hozirgi zamon fe’lini toping.
yozgan
mo`raladi
o`tirar edi
bormoqchiman
o`qiyapman
3 -topshiriq
Bo`lishsiz fe’lni toping.
o`qidik
ketmoqchiman
yashaydi
indamadi
Do'stlaringiz bilan baham: |