Ишланма мавзу



Download 85,83 Kb.
bet1/6
Sana23.04.2022
Hajmi85,83 Kb.
#575901
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Farzand tarbiyasida ota onaning ro‘li ishlanma





1-Республика психологлар конференцияси учун тақдим этилган
ИШЛАНМА
МАВЗУ: Фарзанд тарбиясида ота онанинг роли


МУАЛЛИФ: Розиқова Нилуфар, Навоий вилояти Қизилтепа тумани,
28
-мактаб амалиётчи психологи.


O‘quvchi uchun so’rovnoma.

O‘quvchinigismifamilyasi :–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
Tug‘ilganyili ,oyi, kuni:–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
Yashashmanzili :–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
Maktabingiz sizga yoqadimi? :––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
Imkoni bo’lganiga , hududdagi qaysi maktabda ta’lim olardingiz?:–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
Sizni nima ko’proq quvontiradi? ––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
Nima bo’lmaganda yaxshi bo’lar edi:––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
Hayotda kimga havas qilasiz? ––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
Mo’jizaga ishonasizmi? ––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
Nima deb o’ylaysiz? - Inson taqdirini o’zi yaratadimi yoki Alloh taoloning aytgani bo’ladimi? ––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
Ota-onangiz sizning kelajagingiz uchunqandayimkoniyatlaryaratibbergan? Qanday bo’lgamida yana ham yaxshi bo’lar edi? –––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

1-suhbat:
Ota-onalar uchun savol-javob.

1.Oilangizda bolalar bilan o`zaro tushunish bor deb hisoblaysizmi? ––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––


2.Bolalar siz bilan “qalbdan gaplashadimi?”, “shaxsiy ishlari” bo`yicha maslahatlashadimi?--–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
3.Ular sizning ishingiz bilan qiziqishadimi?-––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
4.Siz bolalaringizning o`rtoqlarini bilasizmi? –––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––5.Farzandingizning o`rtoqlari siznikida bo`lib turishadimi? ––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
6.Bolalar siz bilan birga xo`jalik ishlarida ishtirok qiladimi? ––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
7.Siz ularni qanday o‘qishini tekshirib turasizmi? ––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
8.Sizni ular bilan birgalikda band bo`ladigan umumiy mashg‘ulotingiz bormi? –––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
9.Bolalar,oila bayramlariga tayyorgarlikda birgalikda ishtirok qiladilarmi? –––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––10.Bolalar bayramlarida ular siz bilan birgalikda bo`lishni xohlaydilarmi yokI aksincha kattalarni ishtirokisiz bo`lishni istaydilarmi? ––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
11.Siz bolalar bilan o`qilgan kitobni muhokama qilasizmi? ––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
12.Televizordagi filmlarnichi? –––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––
13..Bolalar bilan birga sayllarga bo`lasizmi? ––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

”Farzand tarbiyasi bo’yicha maslahatlar”


(Psixolog maslahati)
Insonlar qadimdan farzandlari ko’pligi, ularning yordamlari va og’irlarini yengil qilishlari bilan faxrlanib kelganlar.
Farzandlarning atrofidagi insonlar uyda bo’lsin, xoh ko’chada xoh maktabda unga namuna vazifasini bajaradilar.
Ota-ona bolaning vaqtini to’la qamrab oladigan zarur va manfaatli mashg’ulotlarni tayyorlashi kerak va ana o’sha mashg’ulotlar bolaning ongini rivojlantiruvchi bo’lishi shart.
Bolaning tarbiyasida jamiyat nasihat qiluvchi, to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi va taraqqiy ettiruvchi vazifasini egallab kelgan.
Bugun kim bilan o’tirib gaplashsangiz darrov farzandiga buzg’unchi g’oyalarni ta’sir etishidan shikoyat qiladi. Aksariyat xonadonlarda esa farzand global muammoga aylangan.
Internet orqali yoshlarga qilinayotgan hujumlardan saqlanish va ehtiyot choralari izlanmoqda. Lekin bildirilayotgan aksar choralar faqat nazariy, amalda qo’llab bo’lmaydigan ko’rsatmalardan iborat. SHuning uchun farzand tarbiyasi bugun ko’pgina xonadonlarda dolzarb muammoga aylangan.
Jumladan quyidagilar bugun ko’pchilik qaytaradigan iboralardir;
- Farzandim meni tushunmaydi...
- Farzandim menga isyon qiladi...
- Menga itoat qilmaydi...
- Farzandim to’g’ri yo’lda emas, bezorilarga qo’shilib qolgan. Menga itoat qilmaydi...
- Bir ish buyursam qilmaydi, darslariga e’tibor bermaydi...
- Bekorchi narsalarga bog’lanib qolgan...
- Namozni mensimaydi, nasihatimga qulog’ solmaydi...
- CHiroyli, oxirgi “moda”dagi liboslarni kiyishni va qizlar bilan yurishni yaxshi ko’radi...
- Mashinada izg’ib yurishni yaxshi ko’radi..
- Kunduzi uxlab tunda bema’ni kinolar ko’rib chiqadi...
- Aka ukalariga nisbatan qo’pol, tez jahli chiqadi...
- Oiladagilar bilan birga o’tirmaydi, mehmonga xizmat qilmaydi...
- Ko’p yolg’on gapiradi, o’zini uyda begona his qiladi...
- Uyda o’tirmaydi, o’zining istaklarini Ota-onasiga nisbatan majburiyat deb biladi...
- Xohish istaklarini, ichidagi dardini oshkor aytmaydi, hayotda maqsadsiz yashaydi...
- O’ziga, kuch quvvatiga ishonchi yo’q...
- Birdaniga shon shuhratga erishishni orzu qiladi...
SHuncha muammoning ko’rinishi bo’lgandan keyin shubhasiz uning yechimi ham bor. Quyida ularning ba’zilarini sanab o’tamiz.
TA’SIR QILUVCHI SABABLAR: Ko’p Ota-onalar birlamchi sabab va yechim bilan qanoatlanishga odatlanib qolganlar. Ammo masalaning mohiyatini izlashni, uni paydo qilayotgan sababini o’rganib uni bartaraf etish yo’llarini bir marta bo’lsa ham o’ylab ko’rmaganlar. Ushbu muammo sabablari quyidagicha:
Ichki asosiy sabablar:
1. Ota-onalarni pedagogik - psixologik bilimlarining yetishmasligi;
2. Diniy tarbiyani bilmaslik;
3. Bolaning ilk davrida tarbiyalash usullarining noto‘g‘riligi yoki uni bilmaslik
4. Moddiy ta’minotni haddan oshirib yuborishlik, yoki umuman ta’minlamaslik
5. Bolaning ta’lim olishdan maqsadi yo’qligi, yoki darslarni o’zlashtira olmasligi Bolaning maktabga ota-onasi majburlashi bilan borib, nimaga borayotganini farqiga bormasligi
5. Ehtiyojlar me’yorsiz qondirilishi.
6. Murabbiydan qo’rqish.
7. Ota-onadan mehr ko’rmay boshqalardan shirin va iliq so’zlar eshitishi
8. Ota-ona farzandi oldida janjallashishi
9. Farzandlarni yaxshi ko‘rishda ayirmachilik
10. Biror ish yo ehtiyojlarni faqat chaqqon bolaga yuklab boshqalariga e’tibor bermaslik
11. Bolaning xotirjamligi va rohatini yo’qotuvchi tinchlikni yo’qligi va g’azab, mojarolar
12. Otaning uzoq vaqt uyda bo’lmasligi.
13. Kichik yo arzimas xatoni bo’rttirib ko‘rsatish.
14. Oilada aniq va ravshan qonun qoidalarni yo’qligi.
17. Bolaning xatosini uning yoshiga, saviyasiga, tuyg’usiga, fikrlashiga qarab tushuntira olmaslik. (Ota farzandini atrofdagi tengdoshlariga yoki qo’shni bolalarga solishtirish tarbiyadagi xato hisoblanadi chunki har bir bola o’z shaxsiyatiga va tabiatiga egadir).
Tashqi ta’sirlar:
1. Ustoz o’zi o’rgatayotgan fanning maqsad mohiyatini bilmasligi. Bilimni faqat imtihon yoki shunchaki yetkazish maqsadida berishi natijasida ta’lim dargohlari ustoz YAhyo ibn Ibrohim aytganidek: bir birining ustidan kuladigan falajlarning to’planadigan maskaniga aylanib qolishi
2. Ko’cha ko’yda o’rnak bo’ladigan shaxsning yo’qligi
3. Tarbiya usullariga notog‘ri yondashish
4. SHahvatni qo’zg’atuvchi omillarni ko’pligi
5. Noqobil do‘stlarning ta’siri
6. Salbiy ta’sirlarning ko’pligi..
7. Ta’lim va tarbiya muassasalarida tarbiyaga berilgan vaqtning ozligi.
Bugun biz boshimizni tuproqqa tiqib olmasligimiz va ko’zimizni chalkash ma’lumotlar bilan to’la bo’lgan voqealikdan yumib olmasligimiz darkor. Va albatta yashab turgan jamiyatimizdagi masjid, madrasa, ko’cha, uy bular barchasi yagona yo’llantiruvchi tarbiya omillari bo’lganligini, ammo hozirda esa farzandingiz butun dunyo tomondan va har bir yuzlangan tarafidan yo’naltirilishini farqiga bormog’imiz darkor.
Muolaja o’z xususiyatlariga ko’ra zotiy (uy ichi) va hamda taovuniy (o’zaro yordam) larga bo’linadi.
Ichki zotiy davo:
1. Ota-ona salohiyati; Alloh Taolo shunday marhamat qiladi: “Ular (ikki yetim bola) otalari solih kishi edi“ Kahf 82.
Alloh Taolo aytadi: “(Birovning o’limiga hozir bo’lgan) kishilarning o’zlari ojiz-notavon farzandlarini qoldirib vafot qilib ketsalar, ulardan xavotir olganlari kabi (o’zgalarning yetimlari haqidan ham) qo’rqsinlar. Bas, Allohdan qo’rqib (o’lim oldidagi kishiga) haq so’zni aytsinlar!” Niso 9.
2. Ibrohim alayhissalom va Imronni xotini kabi Qur’onda kelganidek o’z zurriyotlari haqqiga duo qilish.
3. Biz o’zimiz hamisha go’zal axloqda bo’lishimiz, bizni rahnamo bo’lishimizga kifoya qiladi. Hech qachon so’zimiz amalimizga zid bo’lib qolmasin. (va’dalarga xilof qilmaslik, boshqalarni hurmat qilish, yaqinlarni ziyorat qilish, hodisalar, shaxslar, holatlarni to’g’ri baholay olishimiz, saxiylik qilishimiz va boshqalarni o’zimizdan ustun qo’ya olishimiz, kamsitish ,ta’na qilish, ko’nglini og’ritishlardan uzoq bo’lishimiz.)
4. Umar bin Abdul Aziz roziyallohu anhuning qissalari: Umar bin AbdulAziz roziyallohu anhu voliy bo’lganlaridan keyin juda ham taqvodorlikda adolat bilan ish olib borganlar. SHu jumladan insonlar haqida ham juda ehtiyotkorlik bilan ish qilardilar. Kunlardan birida odamlarga olma tarqatayotgan bir paytlarida yonlarida birga bo’lgan jajji o’g’ilchalari ham olmadan birini olib og’ziga solgan hamon og’zidan sug’urib oldilar bola qattiq ranjib onasi oldiga yig’lab boradi. Ona bolani boshqa olma sotib olib berib ko’ndiradi. Kechqurun uyga qaytganlarida xotinlari nima bo’lganini so’raydi shunda aslini olsa men go’yo uni qo’lidan olmani tortib olganimda yuragimni sug’urib olgandey bo’ldim. Ammo men bitta olma sababli odamlarga nisbatan ko’nglim g’ash kirishini istamayman dedilar. SHubha yo’qki Alloh Taolo go’zal amal qilganlarni savobini zoye qilmas.
5. Birov bilan bo’ladigan ta’sirli suhbat jarayoni (o’zaro bir birlari bilan hamsuhbat bo’lgan) da o’zini qanday tutish fanini dars va tadqiqotini o’rgatish.
6. Bolani ijobiy taraflariga ko’proq ahamiyat qaratib uni oshkor qilib rivojlantirish hamda o’stirish. (Ibn Sayid)
7. Farzandlar bilan birgalikda bo’ladigan ochiq va oshkora suhbatlarni tashkil etish.
8. Xuddi Abdulloh bin Zubayr roziyallohu anhuni otalari bay’at berishga jo’natganda ko’chada Umar roziyallohu anhuni ko’rib o’rtoqlari kabi qochmagandek bolalarda o’ziga ishonish ruhini o’stirish.
9. Uyda xonadon a’zolari orasida (farzandlarda Ota-onalariga nisbatan) muhabbatni paydo qilish. Buning uchun farzandlar bilan birga o’tirishga ko’proq vaqt ajratib, ularga qalbni keng tutish lozim. Savol: Nima uchun farzand do’stlarini otasidan ham ortiq ko’rib ularga ko’p talpinadi?
10. Farzandi o’tqizayotgan (davrni) bosqichni bilmoqlik.
Masalan; 2 dan 5 yoshgacha kashfiyot, tadqiqot yoshi.
Keyingi o’sish davri esa; qo’zg’alish, qo’rqitmoq, hayajon, g’azab, qarama qarshilik, anoniyat yoshidir.
11. Voqealik (me’yori ,tarozusi) bilan ehtiyoj orasida tanosib mavjud bo’lishi.
12. Keskinlik va tangliklarni bartaraf qilishni qo’yib, bolaga solih do’stlarni topishiga yordam berish va kerak bo’lsa buning uchun mollarni sarflash.
13. Hazrati Aliy roziyallohu anhuni aytgan so’zlarini o’ziga lozim tutish. “Farzand bilan 7 yoshgacha o’ynab unga fikrini qabul qilinganini yoki ustun ekanini bildirib qo’yish uslubida ijobiy samaralar ko’pdir, jumladan: oradagi parda to’siqlarni yo’q qiladi va otalar bilan farzandlar orasidagi uzilishni bog’laydi, ularni yomon do’st bilan do’stlashishdan va ulardan yomon ma’lumotlarni olishdan va shunga o’xshash halokat yo’llaridan saqlab uzoqlashtiradi.
Ota-ona bilan farzandni orasidagi do’stlik bolada pandu nasihatni qabul qilish qobiliyatini hamda psixologik iste’dodini oshiradi.
Ota bilan farzand orasidagi do’stlashish otaga bolani nechog’lik aqliy hamda ruhiy o’sish darajasini qolaversa boladagi haqqoniy kuch qudratni ochiq namoyon qilib beradi.
14. Farzand o’zini oilasiga qanchalik nisbat berishi muhimdir.Farzand o’z oilasiga nechog’lik mansub ekanligini va ana o’sha oilaning fardi ekanligini boshqaradigan hissiyotga muhtojdir. Mana shu hissiyot bilan farzand o’zida ijtimoiy shakllanishni hosil qiladi va bola kelajakda oilani saodatiga aylanadi.
Quyidagilar buning omillaridir:
Uy ishlari va uy ishlarini idoralashda bolani oilasi bilan sherik bo’lishi.
Oilani jipsligi hamda oilaviy muammolarni yashirish.
Bolani gapirtirishga shijoatlantirish bilan birga ularga yig’ilib quloq solish.
Ularga mas’uliyat yuklash va ba’zi farzandlarga oilani ba’zi yumushlarini buyurish.
15. Ulovlarni xoslamasdan hammaniki deb e’tibor qilish hamda o’ziga xos mashina ajratmaslik. Bu bilan o’zini otasiga nisbatan g’arib sanashi hamda mashinaga yomon narsalarni qo’yishi va yo sigaret chekishini oldi olinadi.
16. Mashinalar turi ham do’stlarning turiga o’xshaydi. Ulardan ba’zisi (vazmin og’ir) bosiq bo’lsa, ba’zisi tez shoshqaloq bo’ladi.
17. Unga maktabda, oilada chuqurlardan ehtiyot bo’l demaysiz, balki odamlarga to’g’ri yo’lni ko’rsatib ber deysiz.
18. Tarbiyani qissa aytib berish, so’zlash, bir narsadan mahrum qilish, qaytarish, o’z holiga tashlab qo’yish yo’llari bilan olib boradi.
19. Buyuradigan ishlarini uning e’tiboriga, vaqtiga, kayfiyatiga moslab buyuradi.
20. Ortiqcha ish buyurmaydi, chunki u (agar bor bo’lsa) mavjud hissiy zaxiralarini tugatib bitkazadi.
21. Bolada yoshligidan kitobxonlik iste’dodini rivojlantirish.
22. Sayrga, dam olishlarga chiqqanda yo’lda biror bir yumushni unga buyurish.
23. Farzandlar orasidagi farqlarga e’tibor qilish: jumladan bolada yoshini, kichkinaligini, oqilli bo’lib qolganini, o’sish davriga yetganini, balog’atga yetganini e’tibor qilish.
Psixologik ya’ni, ruhiy jihatdan esa quyidagilarga rioya qiladi: kasalligi sog’ligi, ziyrakligi anqovligi, tez qabul qiluvchiligi qaysarligi, ustamon (olg’ir) ligi, tez ta’sirlanadigan bo’lishi hamda dunyoqarashiga rioya qiladi.
24. Ko’pchilik bo’lib birgalikda oilani maqsad va muhimmotini tuzadilar va uni uyni peshtoqiga osib qo’yish.
25. YOshligidan bir biriga qalbida gina adovat tashimasligi uchun farzandlar orasida tengdosh va qarindoshlari orasida gij-gijlamaslik hamda ularni orasida nizo chiqishiga yo’l qo’ymaslik.
Imomi Muhammad Munavvar tarjimasi
Psixolog maslahati : “Bola tarbiyasida ota-onaning roli.

Bola tarbiyasi bilan astoyidil shug’ullangan oilalarning bolalari maktabda o’z imkoniyatlarini mashg’ulot jarayonida qiynalmasdan ko’rsata oladilar. Bola tarbiyasida ota-onaning roli muhim hisoblanadi. Tarbiya ishi qanchalik erta boshlansa, hosil ham shuncha erta ko’zga tashlanadi. Oilada farzand tarbiyasida qo’yilgan har bir xato va kamchilik insonning kelajagiga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi, to’g’ri tarbiya kelajak poydevori. Bola tarbiyasi yomon niyat bilan emas balki sabr toqat, matonat, mehribonlik, chidamlilik, sezgirlik bilan bo’lishi kerak.


Bolani hech qachon biror narsani noto’g’ri bajarding deb koyimaslik, o’z sevimli mashg’ulot yoki o’yin turini tanlashiga va o’z fikrini bayon etishiga imkon berish uni haddan tashqari maqtamaslik, bolada har doim va hamma sohada birinchi bo’lishini, maktabda esa a’lochi bo’lishi kerakligini talab qilmang chunki maktabda a’lo baholarga o’qish har doim ham iqtidorli bo’lishga bog’liq emasligi isbotlangan. Bolaning har bir savoliga imkon qadar rost va sabr bilan javob berish, bolani faqatgina tengdoshlari bilangina emas balki kattalar bilan ham erkin va bemalol muloqot qilishga o’rgatish, bolaga har doim rost gapirish lozim agarda u foydasiz bo’lsa ham, bolangiz xato qilishga haqli ekanligini tan olishingiz, kuch bilan bolaga ta’sir o’tkazmang. Hech bo’lmaganda ba’zi- ba’zida bolaning o’rniga o’zingizni qo’yib ko’ring, ana shundagina qanday munosabatda bo’lishingizni anglab yetasiz.
Asosan o’smirlik davrida «Men»tushunchasi kuchli rivojlanadi ya’ni «men zo’rman», «men xamma narsani bilaman», «men xammadan kuchliman» va xokozolar uning xulqining buzulishlariga sababchi bo’ladi. Bunday vaqtda o’quvchi yoshlarimizni xuddi nihol kabi qaysi tomonga qaratib tarbiyalasak u shu tomonga qarab o’sa boshlaydi.
To’g’ri tarbiya, oilaviy muhit, tog’ri tanlangan do’st, vaqtdan unumli foydalanish bu insonni ulug’likka chorlaydi va hayotida hech ham adashmaydi.


Download 85,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish