Ишланма мавзу


O’z joniga qasd qilish og’ir gunoh



Download 85,83 Kb.
bet4/6
Sana23.04.2022
Hajmi85,83 Kb.
#575901
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Farzand tarbiyasida ota onaning ro‘li ishlanma

O’z joniga qasd qilish og’ir gunoh.
Inson o’ziga berilgan barcha ilohiy ne’matlarga doimo shukr qilib, hayotda duch keladigan har qanday sinov, qiyinchilik, muvaffaqiyatsizlik, musibatlarga sabr qilishi va Alloh taoloning rahmatidan umidvor bo’lib yashashi lozim. Turli shaytoniy vasvasa, tushkunlik va umidsizlikka berilmay, Inson degan ulug’ nomga muvofiq ish tutishi kerak.

  • SHunga qaramay, keyingi vaqtda jamiyatimizda ayrim kishilar bilib-bilmay, ayniqsa, xotin-qizlar o’zlarining jonlariga qasd qilib, Alloh taolo ato qilgan hayot nurini bevaqt o’chirishga, ikki dunyoda abadiy la’natga va do’zax azobiga duchor bo’lishdek og’ir gunoh qilishga o’tmoqdalar. Dinimiz ta’limotida inson o’z joniga qasd qilishi qattiq qoralanadi, ushbu ishni qilgan osiy banda jahannam o’ti bilan azoblanishi ta’kidlanadi. Alloh taolo aytadi: “...o’z qo’llaringiz bilan o’zlaringizni halokatga tashlamangiz! (Barcha ishlarni) chiroyli qilingiz. Albatta, Alloh chiroyli (ish) qiluvchilarni yaxshi ko’radi” (Baqara surasi, 195 oyat).

  • Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’z hadisi shariflarida shunday marhamat qiladilar: “Kim tog’ tepasidan tashlab, o’zini-o’zi o’ldirsa, o’lgandan so’ng jahannamda ham shu xil azobga giriftor bo’ladi. Agar zahar ichib o’zini-o’zi o’ldirsa, jahannamda ham abadiy shu azobga mubtalo bo’ladi. Kim o’zini temir parchasi bilan o’ldirsa, o’sha kimsa temir parchasi qorniga suqilgan holda jahannam o’tida abadiy qoladi”. Payg’ambar alayhissalom yana bir hadislarida: “O’zini suvga tashlab yoki osib yoki kuydirib o’ldirgan kishilarning hukmi ham yuqorida zikr qilinganlar hukmi bilan barobardir”, - deb marhamat qilganlar.

  • Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilib, Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisi shariflarini keltiradilar: “Kim o’zini-o’zi bo’g’ib o’ldirsa, do’zaxda ham shu xil azobga qoladi va kim o’zini olov bilan o’ldirsa do’zax olovida ham xuddi shunday azobga qoladi”. YAna Imom Buxoriy rivoyat qilishlaricha, Hazrati Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Alloh taolo hadisi qudsiyda marhamat qiladi: “Bandam o’zini-o’zi o’ldirib, mening unga bergan umrimga shukr qilmay, shoshildi. SHuning uchun unga jannatni abadiy harom qildim”. Ushbu hadisi qudsiy mazmuniga ko’ra, o’zini-o’zi o’ldirgan banda jannatdan abadiy mahrum qilinar ekan. SHu munosabat bilan afsus ila zikr qilib o’tish lozimki, ayrim viloyatlarda turli yo’llar ila o’z joniga qasd qilish voqealari ro’y berib turibdi. Ayniqsa, bu hodisa aѐllar va ѐshlar o’rtasida ko’proq ro’y beraѐtgani ma’lum bo’lmoqda.

  • Bu mudhish holatlar Alloh taoloning qazoyi qadariga tug’yon qilishdan iboratdir. O’zini-o’zi o’ldirish Alloh taolo huzurida eng og’ir gunohlardan bo’lib, shu yo’l bilan o’lganlar, yuqorida aytilganidek, oxiratda ham og’ir azobga qolishadi hamda xeshu-aqrabolarini va ota-onalarini ham og’ir kulfatga solib qo’yishadi. Islom shariatida o’zini-o’zi o’ldiruvchilar haqida maxsus fatvolar berilgan. SHular jumlasidan fiqh kitoblarida o’z joniga qasd qilib o’zini-o’zi o’ldirgan shaxslarga ayrim ulamo va fuqaholar janoza namozi o’qimaslik to’g’risida fatvo ham berganlar.

  • Sayyid Sobiqning “Fiqhus sunna” nomli kitobida esa jumladan, shunday deyiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu mudhish fe’ldan zajr qilmoq, ya’ni ummatlarini qat’iyan qaytarmoq uchun o’zini-o’zi o’ldirgan shaxslarga janoza o’qimadilar”.

  • Alloh taologa shukrki, biz – musulmonlar inson uchun hamma hayot sharoitlari to’liq muhayo qilingan farovon jamiyatda yashamoqdamiz. Birov-birovning haq-huquqini kamsita olmaydi. Bunday adolatli jamiyatda yashash ayni saodatdir. Binobarin, bizning Vatanimizda o’zini-o’zi o’ldirishga hech qanday sabab yo’q.

  • Har bir inson, xoh erkak va xoh ayol bo’lsin, ushbu haqiqatni yaxshi tushunib olishi va shundayin to’kin, tinch va farovon zamonda hamda adolat ustuvor bir jamiyatda yashayotgani uchun Alloh taologa shukr qilishi lozim. Har qanday ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni sabru qanoat va husni tadbir bilan hal qilsa bo’ladi. Ammo besabrlik ila noshukrlik qilinsa, oqibati xayrli bo’lmaydi. Alloh taolo omonat qilib bergan hayot ne’matini va umrimiz yillarini chiroyli solih amallar qilishga, savobli ishlarni bajarish bilan o’tkazishga, kundalik hayotiy qiyinchilik va muammolarni aql-zakovat bilan hal etishga harakat qilish va Alloh taoloning rahmatidan doimo umidvorlik bilan yashashga intilish haqiqiy imonli insonning barkamol fazilati bo’lib hisoblanadi.

  • Dunyoning ayrim yerlarida, xususan YAqin SHarq davlatlari va Afg’onistonda ro’y berayotgan qo’poruvchilik, diniy ekstremistik tashkilotlar tomonidan uyushtirilayotgan terrorchilik harakatlari o’zini-o’zi portlatish orqali nafaqat o’zining joniga, balki boshqa begunoh odamlarning ham umriga zomin bo’lmoqdalar. Bu holat aziz va mukarram bo’lgan begunoh inson hayotiga tajovuz qilish bo’lib, ulkan gunoh ekanligini quyidagi oyati karima ravshan bayon qiladi Alloh taolo aytadi: “...Alloh taqiqlagan jonni nohaq qatl qilmangiz!...”. (Anom surasi, 151-oyat). Alloh taolo bu oyati karimada begunoh insonlarning qonini nohaq to’kish katta gunoh ekanligini ta’kidlab, bunday qabih ish insoniyatga qilingan tajovuz deb ta’kidlaydi. Ba’zi bir kimsalar o’zini portlatish bilan go’yo “shahidlik” maqomiga sazovor bo’lmoqchi bo’ladilar, ammo ular o’zlarining bu g’ayriinsoniy harakatlari bilan qanchadan-qancha begunoh insonlarning qoni to’kilishiga, mayib-majruh bo’lishlariga sabab bo’ladilar. Islom ta’limoti bunday holatni keskin qoralaydi va begunoh bir insonga qilingan tajovuz deb biladi. Bunday qabih ishni qilgan kimsa bu dunyoda ham, qiyomatda ham azobu uqubatda qoladi, deb ta’kidlaydi. Alloh taolo bu haqda shunday deydi: “Ana o’sha (ilk qotillik) tufayli Isroil avlodiga shunday hukmni bitib qo’ydik: «Biror jonni o’ldirmagan yoki yerda (buzg’unchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarini qilmagan insonni o’ldirgan odam xuddi hamma odamlarni o’ldirgan kabidir. Unga hayot baxsh etgan (o’limdan qutqarib qolgan) odam esa barcha odamlarni tiriltirgan kabidir». Ularga rasullarimiz (ilohiy) hujjatlarni keltirganlar. So’ngra ularning ko’pchiligi o’shandan keyin (ham) yerda isrof qiluvchilardir” (Moida, 32-oyat).

  • Jahondagi nufuzli islom muassasalari va ulamolari o’zini turli portlovchi vosita bilan portlatish orqali begunoh odamlarning o’limiga sabab bo’lish shar’an harom amal ekanligini ta’kidlaganlar. Bu ishni Islomga hech bir aloqasi yo’q. Bu gunoh ishni amalga oshirganlar kim bo’lishidan qat’iy nazar Alloh taoloning azobiga uchraydi, deb alohida qayd etganlar.

  • Misr Fatvo Boshqarmasi ulamolari ta’kidlaydiki, o’zini-o’zi portlatish ѐki shunga o’xshash yo’llar bilan o’zini-o’zi o’ldirish Janobi Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning: “Bir kishi dunyoda o’zini bir narsa bilan o’ldirsa, qiyomat kuni shu narsa bilan azoblanadi”, degan hadislari mazmuni ostiga kiradi deb fatvo berishdi. O’zini- o’zi portlatib o’ldirish musulmon ѐki boshqa begunoh kishilarning qonini to’kish hisoblanadi.

  • Mazkur dalillar va fatvolarga asoslangan O’zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi “O’zini-o’zi turli yo’llar bilan qasddan o’ldirishning og’ir gunohligi haqida” fatvo beradi va begunoh inson qoni to’kilishiga olib keluvchi bunday jirkanch harakatni qat’iy qoralaydi.

  • Qur’oni karim va Payg’ambarimiz hadislariga amal qilgan holda va mazkur dalillar asosida O’zbekiston musulmonlari idorasi yurtimizdagi barcha musulmonlarga murojaat qilib, o’zini-o’zi o’ldirish kabi noshar’iy holatlarga qarshi keskin choralar ko’rishga chaqiradi. Insonlar shunday holatlarga duch kelgan taqdirda uni bartaraf etishning chora-tadbirlarini ko’rish barcha imom-xatiblarning eng muhim vazifasi va ham diniy, ham insoniy burchlaridir, deb hisoblaydi. Barcha imom-xatiblar inson o’zini-o’zi o’ldirishni ѐki o’ziga o’t qo’yishi katta gunoh ekanligini musulmonlarga oyat va hadislar bilan isbotlab tushuntirishlari lozim. Bunday noshar’iy ishlar Alloh taoloning bandalariga bergan haѐt ne’matiga noshukrlik ekanini batafsil anglatib borishlari zarurdir.SHu bilan imom-xatiblardan o’zini-o’zi o’ldirganlarga janoza namozi o’qishdan bosh tortishlari talab etiladi. Bundan tashqari, ularning shunday o’limga bog’liq ma’raka va xudoyilariga bormasliklari hamda o’z joniga qasd qilib o’lganlarning ruhlariga Qur’oni Karim oyatlaridan o’qimasliklari shar’an joizdir. Imom-xatiblar shu yo’l bilan o’zini-o’zi o’ldirgan shaxslarning gunohi qanchalik og’ir ekanini xalqqa oshkor qilgan va musulmonlarni bu mudhish fe’ldan asragan bo’lishadi.

Alloh taolo har bir bandasiga ato etgan ne’matlariga shukr qilishga va sinov uchun yetgan musibatlarga sabr qilishni nasib aylasin!
O’zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi raisi, muftiy Usmonxon ALIMOV

Hurmatli ota-onalar! Maktab ma’muriyati va ota-onalar bilan aloqa


daftari hozirgi kunda juda muhim hisoblanadi, chunkio‘smirlar orasida uchrayotgan noxush holatlarni oldini olish , huqugbuzarlikka moyilligi bor bolalarni aniqlab ular bilan ishlash , bolalarimiz bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazayotganlarini bilish maqsadida tashki lqilingan. Aziz ota-onalar farzandingizdagi ozgina o‘zgarishga ham befarq bo‘lmang.

Download 85,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish