Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Mahsulot tannarxini hosil qilishdagi xarateriga qarab



Download 0,95 Mb.
bet74/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

Mahsulot tannarxini hosil qilishdagi xarateriga qarab xarajatlar unumli xarajatlarga va unumsiz xarajatlarga bo‘linadi.

Sodir bo‘lish joyiga qarab ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. Tsex xarajatlari

  2. Bo‘linma xarajatlari

  3. Uchastka xarajatlari

  4. Brigada xarajatlari

Taqvim davriga tegishligiga qarab ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. Joriy davr xarajatlari,

  2. Kelgusi davr xarajatlari,

  3. Zahiralar.

Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot turlari, buyurtmalar, sexlar va ishlab chiqarish bo‘linmalari hamda kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha guruhlanadi. Xarajatlarni bunday umumlashtirish ishlab chiqarish xarajatlarining yig‘ma hisobi deb ataladi. Mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlashda yig‘ma hisobni korxonadagi ishlab chiqarishning xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil qilish muhim ahamiyatga ega.

Ishlab chiqarish xarajatlarini joriy hisobini olib borish uchun quyidagi sintetik schyotlardan foydalaniladi: “Asosiy ishlab chiqarish”, “Yordamchi ishlab chiqarish”, “Boshqa ishlab chiqarishlar”, “Umumishlab chiqarish sarflari”.

“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti kalkulyatsion schyot bo‘lib, uning debet tomonida ishlab chiqarish maqsadlari uchun sarflangan xarajatlar haqiqiy baholarda, kredit tomonida esa ishlab chiqarishdan chiqarib yuborilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish haqiqiy tannarxlari aks ettiriladi. Hisobod oy davomida to‘g‘ri xarajatlar, ularni ishlab chiqarishga berish haqidagi dastlabki hujjatlarga asosan “Asosiy ishlab chiqarish” schyotining debetida quyidagi buxgalteriya pravodkalari asosida yozib boriladi:

Dt – “Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib schyotlar”

Kt - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”.

Kt – “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar”.

Kt – “Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar”.

Sanoat ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlarda elektr energiyasi, par, issiq va sovuq suv yetkazib beradigan yordamchi sexlar tashkil qilinadi. Bu sexlar yordamchi ishlab chiqarish bo‘lib korxonaning asosiy faoliyatini elektr energiyasi, issiq va sovuq suv bilan ta’minlab turadi. Yordamchi ishlab chiqarish asosiy ishlab chiqarishni bir me’yorlarda ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari oy davomida “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotida hisobga olinadi. Uning debet tomonida sarflangan xarajatlar haqiqiy baholarda quyidagi buxgalteriya pravodkalari bilan rasmiylashtiriladi:

Dt – 2310 - “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti

Kt – 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”.

Kt – 6700 - “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar”.

Kt – 6510 - “Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar”.

Kt – 2300 - “Yordamchi ishlab chiqarish”.

Kt – 0200 - “Asosiy vositalarni eskirishi hisobga olinadigan schyotlar”

Kt - “Umumishlab chiqarish xarajatlari”.

Yordamchi ishlab chiqarish schyotihing kredit tomonida yordamchi ishlab chiqarish tsexlarida bajarilgan ishlarning, xizmatlarning yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxlari aks ettiriladi. Oyning oxirida yordamchi ishlab chiqarish xo‘jaligi tomonidan bajarilgan ishlar, xizmatlar yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlar tayyor mahsulotlar tannarxiga qo‘shib yuboriladi. Buning uchun yordamchi ishlab chiqarish xo‘jaligi xizmatlarini taqsimlash hisobi tuziladi. Shu hisobga binoan:

Dt – 2000 - “Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib boruvchi schyotlar” - alohida mahsulot turlari bo‘yicha

Kt – 2300 - “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti pravodkasi tuziladi.

Ishlab chiqarishga xizmat qilish va boshqarish xarajatlarini hisobga olish uchun “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyotidan foydalaniladi. Bu schyot mazmun jihatidan tranzit schyot bo‘lib, hisobot davri davomida sarflarni vaqtincha hisobga olish uchun ishlatiladi va hisobot davrining oxiriga “Moliyaviy natijalar” hisobotida aks ettiriladigan qoldig‘i bo‘lmaydi. Umumishlab chiqarish sarflari quyidagi pravodkalar bilan rasmiylashtiriladi:

Dt - 2500 - “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyoti

Kt - 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”.

Kt - 6710 - “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar”.

Kt - 6510 - “Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar”.

Kt - 3100 - “Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”

Kt - 0200 - “Asosiy vositalarni eskirishi hisobga olinadigan schyotlar”

Hisobot oyi tugagandan keyin umumishlab chiqarish sarflari tayyor mahsulotlar tannarxiga qo‘shiladi. Buning uchun umumishlab chiqarish sarflarini tayyor mahsulotlarning alohida turlari orasida taqsimlash hisobi tuziladi. Shu hisobga binoan:

Dt - 2000 - “Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib boruvchi schyotlar”

Kt - 2510 - “Umum ishlab chiqarish xarajatlari” schyoti pravodkasi tuziladi.

Xarajatlar to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq xo‘jalik subyektlarini boshqarish va xizmat ko‘rsatish xarajatlari “Davr xarajatlari” schyotida yuritiladi. Nizomga muvofiq bu xarajatlar hisobot davri oxirida moliyaviy natijalar hisobidan qoplanadi.

Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 10, 10-1 jurnal orderlarida hamda 10, 12, 15 qaydnomalarda yuritiladi.

10 jurnal orderning eni bo‘yicha kreditlanuvchi schyotlar, “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”, “Xizmat qiluvchi xo‘jaliklar”, “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar”. va boshqa schyotlar, bo‘yida esa, debetlanuvchi schyotlar “Asosiy ishlab chiqarish”, “O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarr”, “Yordamchi ishlab chiqarish”, “Umumishlab chiqarish xarajatlari”, “Ishlab chiqarishda yaroqsizlik”, “Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar” schyotlari yoziladi. Ishlab chiqarish xarajatlari bilan aloqador bo‘lmagan operatsiyalar 10/1 - jurnal orderida yozib boriladi. Hisobot oyi tamom bo‘lgandan so‘ng 10/1-jurnal orderining yakuniy summalari va sex xarajatlarining analitik hisobi yurtiladigan 12 vedomostdan, kelgusi davr xarajatlari hamda kelajakdagi xarajatlar va to‘lovlar rezervi hisobidan qilinadigan xarajatlarning hisobini yuritish uchun xizmat qiladigan 15-yordamchi vedomostdan foydalaniladi 10-jurnal orderiga ko‘chiriladi. 10 jurnal orderning jami summalari esa bosh kitobga o‘tkaziladi. 10-jurnal order ishlab chiqarish xarajatlarining elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni olish imkonini beradi.

Ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi ishlab chiqarishdagi xarajatlar schyotlari o‘rtasida sodir bo‘lgan o‘zaro sarflarni umumiy chiqarish xususiyatiga va kalkulyatsiya qilish usuliga bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarilayotgan buyumlarning bir turdagi guruhlari, mahsulotning ayrim turlari, ayrim buyurtmalar va ishlab chiqarishning ayrim bo‘linmalari bo‘yicha hisob qilinishi mumkin. Mahsulot ayrim turlarining ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlari ba’zi korxonalarda alohida kartochkalarda yuritiladi. Ayrim korxonalar va tsexlar bunday xarajatlarni maxsus daftarlarda yuritishlari mumkin. Bu registrlarning asosiy ko‘rsatkichlari xo‘jalik operatsiyasining qisqacha mazmuni, sanasi, xarajatlarning kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha summalari va ishlab chiqargan mahsulot miqdorida iborat.

Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini aniqlash xo‘jalik subyektlaridagi buxgalteriya hisobining eng asosiy qismlaridan biridir. Subyektlarda mahsulot tannarxi korxona ishini belgilab beruvchi muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Tannarx deb mahsulotni tayyorlash uchun sarflangan ishlab chiqarish vositalari sarflarini, ishchilarning mehnat haqi yoki boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilgan xizmat haqini to‘lash hamda mahsulotni sotish xarajatlari yig‘indisiga aytiladi.

Mahsulot tannarxida ishlab chiqarish maqsadlari uchun sarflagan moddiy xarajatlar, asosiy vositalarning amartizatsiya ajratmalari, ish haqi hamda ijtimoiy sug’urta ajratmalar o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun tannarx mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan barcha xarajatlar qiymatining pul shaklidagi ko‘rinishi bo‘lib, xo‘jalik subyektlariga mahsulot ishlab chiqarish necha pulga tushganligini ko‘rsatadi.

Ishlab chiqarish jarayoni buxgalteriya hisobining asosiy vazifalaridan biri ishlab chiqarishga sarflanayotgan xarajatlarni sodir bo‘lishini nazorat qilib turish va ularni hisobda to‘liq aks ettirish bo‘lib hisoblanadi. Buning uchun ishlab chiqarish sarflarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishni yaxshi yo’lga qo‘yish lozim. Chunki, ishlab chiqarish maqsadlari uchun sarflangan xarajatlarni turlari bo‘yicha aniq bilmasdan turib, korxonaning faoliyatiga samarali rahbarlik qilish, uning iqtisodiy faoliyatini yo’lga qo‘yish, mahsulot tannarxini pasaytirish va foyda miqdorini oshirish mumkin emas. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini aniqlash uchun buxgalteriya hisobida tegishli schyotlar ajratilgan. Bu schyotlardan foydalanish ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turlariga, ishlab chiqarishning texnologiyasiga hamda uning tashkiliy va boshqa shu kabi xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.



Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish